Qilib qoʻyding oʻzinga mashgʻul,Muhabbating shunchalar zoʻra..?Azobinga chidamoq maqul,Sendan kechib ketgandan koʻra.Sogʻinchlaring koʻzim qilar nam,Oʻzgasini quchar boʻlsam ham.Oʻzing bilan oʻtay malikam,Sendan kechib ketgandan koʻra.Hayotimni etgandeksan hal,Yiqilaman kechganim mahal.Bagʻringda jon berganim afzal,Sendan kechib ketgandan koʻra.Tugamaydi savollar jangi,Tugʻiladi yangidan yangi.Oʻchib ketsin dunyoning rangi,Sendan kechib ketgandan koʻra.Boʻlsa hamki togʻdayin magʻrur,Chidab bermas yurak qurmagʻur.Zahring ichib oʻtay bir umur,Sendan kechib ketgandan koʻra.Istab sevgan men boʻldim netay,Savdoyi ishq nima ham etay.Boshim olib oʻzimdan ketay,Sendan kechib ketgandan koʻra.
Dildagi satrlar... ♡
:A K M A L
SENDAN KECHIB KETGANDAN KOʻRA..
Qilib qoʻyding oʻzinga mashgʻul,
Muhabbating shunchalar zoʻra..?
Azobinga chidamoq maqul,
Sendan kechib ketgandan koʻra.
Sogʻinchlaring koʻzim qilar nam,
Oʻzgasini quchar boʻlsam ham.
Oʻzing bilan oʻtay malikam,
Sendan kechib ketgandan koʻra.
Hayotimni etgandeksan hal,
Yiqilaman kechganim mahal.
Bagʻringda jon berganim afzal,
Sendan kechib ketgandan koʻra.
Tugamaydi savollar jangi,
Tugʻiladi yangidan yangi.
Oʻchib ketsin dunyoning rangi,
Sendan kechib ketgandan koʻra.
Boʻlsa hamki togʻdayin magʻrur,
Chidab bermas yurak qurmagʻur.
Zahring ichib oʻtay bir umur,
Sendan kechib ketgandan koʻra.
Istab sevgan men boʻldim netay,
Savdoyi ishq nima ham etay.
Boshim olib oʻzimdan ketay,
Sendan kechib ketgandan koʻra.