Yulduzlardan sog'inchim bisyor.

Dardim kuyga sololmaydi tor.
Senga bita iltimosim bor.
Sezdirmasdan bir kelib ketgin.
Armonlarni bag'ringa bosib.
Hu ko'klarga g'ururni osib.
Tuproq bo'lgan qadirni bosib.
Egilmasdan bir kelib ketgin.
Yaqin qilib yiroqlarimni.
Intiq qilmay nigoxlarimni.
Kechirilmas gunohlarimni.
Kechirmasdan bir kelib ketgin.
Ollox yo'ling qilsin bexabar.
Armon sendan qolsin bexabar.
O'tinaman o'tinaman xech yo'q shu safar.
Kechirmasdan bir kelib ketgin.
Ostonamdan o'chkanda izing.
O'chkan eding tilaklarimdan.
Va men seni yurakinamdan.
O'chirmasimdan bir kelib ketgin.
Holim yetmas boshqa xijronga.
Sen yaxshisan raxim et yomonga.
Men xam borsa kelmas tomonga.
Ketmasimdan BIR KELIB KETGIN.

Комментарии

Комментариев нет.