Aforizmlar : Sevgi - Muhabbat haqida : Sevgi erkinlik yo‘lida qurbon bo‘lishga ham tayyor.
F. SHILLER Muhabbatdangina muhabbat tug‘iladi. V. G. BELINSKIY Oshiqning o‘zi uzsin mo‘habbatning gulini, Axir bu noyob tuyg‘u boshdan-oxir, batamom, Faqat uning o‘ziga mangu etilgan in’om. F. SHILLER Bir boqishda tug‘ilgan muhabbatning davosini topish ayniqsa qiyin. J. LABRUYER Oshiq va ma’shuqlar bir-birlari bilan uchrashganlarida mutlaqo zerikmasliklarining boisi shundaki, ular to‘xtovsiz ravishda o‘zlari haqida gapiradilar. F. LAROSHFUKO Olamda sevgilingning siymosidan zeboroq chehra, uning ovozidan ham yoqimliroq musiqa yo‘q. J. LABRUYER Hamma ovozlar ichida eng yoqimlisi — bu biz sevgan ayolning ovozidir. J. LABRUYER Oshiqlar visoliga hamisha vaqt yetmaydi. I. GYOTE Hayotga muhabbat uyg‘otmoq uchun ozgina umidning o‘zi kifoya. Ikki-uch kundan so‘ng esa umid yo‘qolishi mumkinu, ammo o‘rtada muhabbat tug‘ilib qoladi. STENDAL Boshqa bir odam qalbidagi muhabbatni mahv etishdan ham og‘ir va kechirilmas gunoh yo‘q. G. IBSEN Dunyoda dahshatli yovuzliklar ko‘p, ammo hammasidan ham dahshatlirog‘i — muhabbatni bo‘g‘ish. B. PRUS Muhabbat o‘limdek kuchliligini bilamiz, ammo u shishadek mo‘rt hamdir. G. MOPASSAN Ko‘ngil savdosida ham yil fasllariga o‘xshab birinchi ayozlar nihoyatda sezilarli bo‘ladi. P. BUAST Muhabbat jarohatlari hammavaqt ham o‘ldirmagani bilan baribir hech qachon bitib ham ketmaydi. J. BAYRON Agar sevgini o‘lchab bo‘lsa, u qashshoq sevgidir. V. SHEKSPIR O’z muhabbati haqida shovqin-suron ko‘tarishni yaxshi ko‘radigan odamgina seva oladi, deyish xato; aqlli odamning his-tuyg‘ulari so‘zida ham, ishida ham aks etib turadi, yana ba’zilarida bu faqat amalda bo‘ladiki, ehtimol, shu indamasligi uchun ham ularnin tuyg‘usi kuchlidir. N. G. CHERNISHEVSKIY O’z muhabbatingni chuchmal maqtovlardan ko‘ra, foydali ish bilan izhor etganing ma’qul. D. I. PISAREV Chin muhabbatning tili lol, sababi, haqiqiy his-tuyg‘ular so‘zdan ko‘ra amalda ko‘proq zohir bo‘ladi. V. SHEKSPIR Ma’shuqa turgan joyda har qanday so‘zamol og‘izlar ham gung-soqov bo‘lib qoladi, aytishni shu qadar xohlaganidan ayni tilning uchida turgan gaplar ayniqsa esdan chiqadi. M. SERVANTES Ehtiros aql ishlatib o‘tirmaydi. O. BALZAK Yuragi qanchalik kuyayotganini gapirib bera olgan odam u qadar kuymayotgan bo‘ladi. PETRARKA Uncha sevmagan odamgina o‘z muhabbatini izohlab bera oladi. PETRARKA Muhabbat haqida dono gapirgan erkak u qadar sevmaydi. J. SAND Muhabbat haqida hammaga jar solgan odam — ishqsiz odam. V. SHEKSPIR O’zing his etmagan muhabbatnigina batafsil gapirib berishing mumkin. A. KARR Jamiki oshiqlar o‘zlari uddalay olmaydigan ishlarni qilishga ham qasam ichadilaru aslida imkoniyatlari doirasidagi ishni ham qilmaydilar. V. SHEKSPIR Kimki sadoqat haqida hech vaqt ont ichmagan bo‘lsa, u hech qachon ontini buzmaydi. AFLOTUN Ma’lumki, o‘tli tuyg‘ular lo‘nda, ammo kuchli ifoda etiladi. G.R. DERJAVIN Sevib qolgan yigitni ayblash, biror kishiga kasalligini yuziga solib, ta’na qilish bilan bab-baravardir. Sh. DUKLA Ilk marta sevib qolgan odamdan bu haqda og‘iz ochmaslikni talab qilib bo‘lmaydi. Ilk muhabbatga shu qadar toshqin quvonch hamroh bo‘ladiki, u bo‘shalib turishi kerak, aks holda, oshiqni bo‘g‘ib qo‘yadi. A. DYUMA Sevgi yoki do‘stlik bobidagi qo‘rqoqlik bema’nilik va buning ustiga shaxsiyatparastlikdan iborat bo‘lur edi, eng avvalo o‘zimizdagi, qolaversa, sevganimiz insondagi barcha tuyg‘ularni mahv etgan bo‘lur edi. J. SAND Muhabbatda ham xuddi san’atdagiga o‘xshab boshqalar tomonidan aytilgan gapni takrorlamaslik kerak; o‘zing his etgannigina so‘zlashing lozim; bo‘lmasa-yu, gapirishga shoshilsa, o‘zi uchun bir umr gapirolmay o‘tish xavfini tug‘diradi. R. ROLLAN Do‘stlik va muhabbatda biz o‘zimiz bilgan narsalardan ko‘ra bilmagan narsalarimizdan ko‘proq baxtiyorlikka erishamiz. F. LAROSHFUKO Muhabbat — shunday bir soxta tanga yasovchiki, u tinim bilmay misni oltinga aylantiruvchigina bo‘lib qolmay, vaqti-vaqti bilan oltinni misga aylantirib turuvchi hamdir. O. BALZAK Sevgi nigohi shundayki, unga mis — oltin bo‘lib, qashshoqlik — boylik bo‘lib, yilt etgan uchqun — dur bo‘lib ko‘rinadi. M. SERVANTES Sen mening qiyofamda sevgan odam, so‘zsiz, mendan yaxshi; men unchalik emasman. Lekin sen meni sev, shunda men o‘zimdan ko‘ra yaxshiroq bo‘lishga intilaman. M. M. PRISHVIN Muhabbat sevikli kishida unda yo‘q fazilatpi ko‘rib ko‘pincha yanglishadi, lekin ba’zan shu muhabbatning o‘zi unda aql va ko‘z ilg‘ay olmaydigan go‘zallik yoki buyuklikni ham kashf etadi. V. G. BELINSKIY Ko‘pincha, erkak bir holatda-yu, ayol esa suxsurdayligini ko‘ramiz. Demak, biz erkakning ayol qadrlagan yashirin fazilatlarini bilmaymiz: bu kun«Sevaman» degan so‘z sekin va jo‘n aytilgandagina ayol bunga ishonadi. Ya. GALAN Yuraklar muhabbat bilan limmo-lim bo‘lsa va visol onlaridan hijron chog‘larigacha gupillab ursa, odam bir-birining dilidagini shunchaki bir ishora bilan ham anglay ola biladi. R. TAGOR Sevgi hamisha unga bo‘lgan ishonchdan ko‘ra ustun turadi. Har kuni takrorlanadigan. «Seni qanday sevishimni bilsang edi!»— degan so‘zlarga naqadar teran va cheksiz-chegarasiz haqiqat jamlangan. V. GUMBOLDT Hech bir narsa muhabbatni qattiq monelikdek alangalata olmaydi. LOPE DE VEGA Sevgi yo‘lidagi har qanday g‘ov uni faqat kuchaytiradi. V. SHEKSPIR Qarshilikdan qo‘rqqan sevgi — sevgi emas. J. GOLSUORSI Hijron tuyg‘ularni o‘chirmay, aksincha, alanga oldiradi. M. RUSINEK Ayriliq muhabbat uchun baayni olovga tekkan shamolday gap: u kuchsiz olovni o‘chiradi, kattasini esa guvillatib yuboradi. R. BUSSI Ko‘ngil bog‘lash uchun o‘ta sinchkovlik shart emas, muhabbat esa oshirib ko‘rsatadigan ko‘zgu yordamida paydo bo‘ladi. T.BRAUN Eng dono kishi ham sevib qolgach, endi hech bir narsani asl holatida ko‘ra olmaydi... Uncha ko‘zga tashlanmay yurgan ayol ham butunlay boshqacha ko‘rinib, bittayu bitta zot bo‘lib qoladi. STENDAL Savdoyi qizni sevib qolgan odam unga benihoya qizg‘in, kuchli ehtiros bilan talpinadi, bu xil muhabbatning sababi — yo oshiq tabiatidagi g‘alati tantiqlik, yo bo‘lmasa ma’shuqada husn sehru jodusidan ko‘ra qudratliroq bo‘lgan sirli sehru joduning mavjudligidir. J. LABRUYER Sevganimizda hech narsani ko‘rmaymiz. LOPE DE VEGA Oshiqqa xunuk narsa ham ko‘pincha chiroyli ko‘rinadi. FYeOKRIT Oshiqqa ma’shuqaning qusuri bilinmaydi. FARRUXIY O’z sevgilisining kamchiliklarini ham ardoqlamagan odam o‘zini chinakam oshiq deyolmaydi. P. KALDERON Ayolning ayolligini o‘sha ayol qanday erkakni sevganida bilsa bo‘ladi. V. G. BELINSKIY Agar sevsang, muhabbatingga arziydiganni sev. Sevilgan odam Ptolomey yoki Aflotun darajasida bo‘lishi shart emas, lekin oz bo‘lsa-da, idrok egasi bo‘lmog‘i kerak. QOBUS
My First Love - Моя Первая Любовь
:Diyor Yankee
Aforizmlar : Sevgi - Muhabbat haqida : Sevgi erkinlik yo‘lida qurbon bo‘lishga ham tayyor.
F. SHILLER
Muhabbatdangina muhabbat tug‘iladi.
V. G. BELINSKIY
Oshiqning o‘zi uzsin mo‘habbatning gulini,
Axir bu noyob tuyg‘u boshdan-oxir, batamom,
Faqat uning o‘ziga mangu etilgan in’om.
F. SHILLER
Bir boqishda tug‘ilgan muhabbatning davosini topish ayniqsa qiyin.
J. LABRUYER
Oshiq va ma’shuqlar bir-birlari bilan uchrashganlarida mutlaqo zerikmasliklarining boisi shundaki, ular to‘xtovsiz ravishda o‘zlari haqida gapiradilar.
F. LAROSHFUKO
Olamda sevgilingning siymosidan zeboroq chehra, uning ovozidan ham yoqimliroq musiqa yo‘q.
J. LABRUYER
Hamma ovozlar ichida eng yoqimlisi — bu biz sevgan ayolning ovozidir.
J. LABRUYER
Oshiqlar visoliga hamisha vaqt yetmaydi.
I. GYOTE
Hayotga muhabbat uyg‘otmoq uchun ozgina umidning o‘zi kifoya. Ikki-uch kundan so‘ng esa umid yo‘qolishi mumkinu, ammo o‘rtada muhabbat tug‘ilib qoladi.
STENDAL
Boshqa bir odam qalbidagi muhabbatni mahv etishdan ham og‘ir va kechirilmas gunoh yo‘q.
G. IBSEN
Dunyoda dahshatli yovuzliklar ko‘p, ammo hammasidan ham dahshatlirog‘i — muhabbatni bo‘g‘ish.
B. PRUS
Muhabbat o‘limdek kuchliligini bilamiz, ammo u shishadek mo‘rt hamdir.
G. MOPASSAN
Ko‘ngil savdosida ham yil fasllariga o‘xshab birinchi ayozlar nihoyatda sezilarli bo‘ladi.
P. BUAST
Muhabbat jarohatlari hammavaqt ham o‘ldirmagani bilan baribir hech qachon bitib ham ketmaydi.
J. BAYRON
Agar sevgini o‘lchab bo‘lsa, u qashshoq sevgidir.
V. SHEKSPIR
O’z muhabbati haqida shovqin-suron ko‘tarishni yaxshi ko‘radigan odamgina seva oladi, deyish xato; aqlli odamning his-tuyg‘ulari so‘zida ham, ishida ham aks etib turadi, yana ba’zilarida bu faqat amalda bo‘ladiki, ehtimol, shu indamasligi uchun ham ularnin tuyg‘usi kuchlidir.
N. G. CHERNISHEVSKIY
O’z muhabbatingni chuchmal maqtovlardan ko‘ra, foydali ish bilan izhor etganing ma’qul.
D. I. PISAREV
Chin muhabbatning tili lol, sababi, haqiqiy his-tuyg‘ular so‘zdan ko‘ra amalda ko‘proq zohir bo‘ladi.
V. SHEKSPIR
Ma’shuqa turgan joyda har qanday so‘zamol og‘izlar ham gung-soqov bo‘lib qoladi, aytishni shu qadar xohlaganidan ayni tilning uchida turgan gaplar ayniqsa esdan chiqadi.
M. SERVANTES
Ehtiros aql ishlatib o‘tirmaydi.
O. BALZAK
Yuragi qanchalik kuyayotganini gapirib bera olgan odam u qadar kuymayotgan bo‘ladi.
PETRARKA
Uncha sevmagan odamgina o‘z muhabbatini izohlab bera oladi.
PETRARKA
Muhabbat haqida dono gapirgan erkak u qadar sevmaydi.
J. SAND
Muhabbat haqida hammaga jar solgan odam — ishqsiz odam.
V. SHEKSPIR
O’zing his etmagan muhabbatnigina batafsil gapirib berishing mumkin.
A. KARR
Jamiki oshiqlar o‘zlari uddalay olmaydigan ishlarni qilishga ham qasam ichadilaru aslida imkoniyatlari doirasidagi ishni ham qilmaydilar.
V. SHEKSPIR
Kimki sadoqat haqida hech vaqt ont ichmagan bo‘lsa, u hech qachon ontini buzmaydi.
AFLOTUN
Ma’lumki, o‘tli tuyg‘ular lo‘nda, ammo kuchli ifoda etiladi.
G.R. DERJAVIN
Sevib qolgan yigitni ayblash, biror kishiga kasalligini yuziga solib, ta’na qilish bilan bab-baravardir.
Sh. DUKLA
Ilk marta sevib qolgan odamdan bu haqda og‘iz ochmaslikni talab qilib bo‘lmaydi. Ilk muhabbatga shu qadar toshqin quvonch hamroh bo‘ladiki, u bo‘shalib turishi kerak, aks holda, oshiqni bo‘g‘ib qo‘yadi.
A. DYUMA
Sevgi yoki do‘stlik bobidagi qo‘rqoqlik bema’nilik va buning ustiga shaxsiyatparastlikdan iborat bo‘lur edi, eng avvalo o‘zimizdagi, qolaversa, sevganimiz insondagi barcha tuyg‘ularni mahv etgan bo‘lur edi.
J. SAND
Muhabbatda ham xuddi san’atdagiga o‘xshab boshqalar tomonidan aytilgan gapni takrorlamaslik kerak; o‘zing his etgannigina so‘zlashing lozim; bo‘lmasa-yu, gapirishga shoshilsa, o‘zi uchun bir umr gapirolmay o‘tish xavfini tug‘diradi.
R. ROLLAN
Do‘stlik va muhabbatda biz o‘zimiz bilgan narsalardan ko‘ra bilmagan narsalarimizdan ko‘proq baxtiyorlikka erishamiz.
F. LAROSHFUKO
Muhabbat — shunday bir soxta tanga yasovchiki, u tinim bilmay misni oltinga aylantiruvchigina bo‘lib qolmay, vaqti-vaqti bilan oltinni misga aylantirib turuvchi hamdir.
O. BALZAK
Sevgi nigohi shundayki, unga mis — oltin bo‘lib, qashshoqlik — boylik bo‘lib, yilt etgan uchqun — dur bo‘lib ko‘rinadi.
M. SERVANTES
Sen mening qiyofamda sevgan odam, so‘zsiz, mendan yaxshi; men unchalik emasman. Lekin sen meni sev, shunda men o‘zimdan ko‘ra yaxshiroq bo‘lishga intilaman.
M. M. PRISHVIN
Muhabbat sevikli kishida unda yo‘q fazilatpi ko‘rib ko‘pincha yanglishadi, lekin ba’zan shu muhabbatning o‘zi unda aql va ko‘z ilg‘ay olmaydigan go‘zallik yoki buyuklikni ham kashf etadi.
V. G. BELINSKIY
Ko‘pincha, erkak bir holatda-yu, ayol esa suxsurdayligini ko‘ramiz. Demak, biz erkakning ayol qadrlagan yashirin fazilatlarini bilmaymiz: bu kun«Sevaman» degan so‘z sekin va jo‘n aytilgandagina ayol bunga ishonadi.
Ya. GALAN
Yuraklar muhabbat bilan limmo-lim bo‘lsa va visol onlaridan hijron chog‘larigacha gupillab ursa, odam bir-birining dilidagini shunchaki bir ishora bilan ham anglay ola biladi.
R. TAGOR
Sevgi hamisha unga bo‘lgan ishonchdan ko‘ra ustun turadi. Har kuni takrorlanadigan. «Seni qanday sevishimni bilsang edi!»— degan so‘zlarga naqadar teran va cheksiz-chegarasiz haqiqat jamlangan.
V. GUMBOLDT
Hech bir narsa muhabbatni qattiq monelikdek alangalata olmaydi.
LOPE DE VEGA
Sevgi yo‘lidagi har qanday g‘ov uni faqat kuchaytiradi.
V. SHEKSPIR
Qarshilikdan qo‘rqqan sevgi — sevgi emas.
J. GOLSUORSI
Hijron tuyg‘ularni o‘chirmay, aksincha, alanga oldiradi.
M. RUSINEK
Ayriliq muhabbat uchun baayni olovga tekkan shamolday gap: u kuchsiz olovni o‘chiradi, kattasini esa guvillatib yuboradi.
R. BUSSI
Ko‘ngil bog‘lash uchun o‘ta sinchkovlik shart emas, muhabbat esa oshirib ko‘rsatadigan ko‘zgu yordamida paydo bo‘ladi.
T.BRAUN
Eng dono kishi ham sevib qolgach, endi hech bir narsani asl holatida ko‘ra olmaydi... Uncha ko‘zga tashlanmay yurgan ayol ham butunlay boshqacha ko‘rinib, bittayu bitta zot bo‘lib qoladi.
STENDAL
Savdoyi qizni sevib qolgan odam unga benihoya qizg‘in, kuchli ehtiros bilan talpinadi, bu xil muhabbatning sababi — yo oshiq tabiatidagi g‘alati tantiqlik, yo bo‘lmasa ma’shuqada husn sehru jodusidan ko‘ra qudratliroq bo‘lgan sirli sehru joduning mavjudligidir.
J. LABRUYER
Sevganimizda hech narsani ko‘rmaymiz.
LOPE DE VEGA
Oshiqqa xunuk narsa ham ko‘pincha chiroyli ko‘rinadi.
FYeOKRIT
Oshiqqa ma’shuqaning qusuri bilinmaydi.
FARRUXIY
O’z sevgilisining kamchiliklarini ham ardoqlamagan odam o‘zini chinakam oshiq deyolmaydi.
P. KALDERON
Ayolning ayolligini o‘sha ayol qanday erkakni sevganida bilsa bo‘ladi.
V. G. BELINSKIY
Agar sevsang, muhabbatingga arziydiganni sev. Sevilgan odam Ptolomey yoki Aflotun darajasida bo‘lishi shart emas, lekin oz bo‘lsa-da, idrok egasi bo‘lmog‘i kerak.
QOBUS