Muhabbat hamisha quvonch emasdir,

U ba'zida qalblarni o'rtagan og'riq.
Uning azobidan totmagan zot yo'q,
Hayot ham aslida sevgiga bog'liq.
Muhabbat uchratdi hayotda bizni,
O'rgatdi sen haqda she'rlar bitishga.
Ishonch berdi dilga, tanho sen bilan,
Orzuga intilib baxtga yetishga.
Ammo bugun nega o'sha muhabbat,
Ishontirolmadi bizni o'ziga.
Bizning ko'zimizni kuldirib baxtdan,
Begonadir quvonch uning ko'ziga.
Ayt, nega u bugun so'zlay olmadi,
Yog'ayotgan yomg'ir hayollarini.
Chunki istab bizni topa olmadi,
Javobsiz qoldirdi savollarini.
Men aytaman yana takror va takror,
Quloq tut so'zimga Jonim so'nggi bor.
Muhabbat bu darddir, muhabbat azob,
Qalblarda yig'lagan mangu iztirob

Muhabbat hamisha quvonch emasdir,
 - 771186734753

Sharhlar

Sharhlar yo‘q.