Комментарии
- 30 авг 2014 23:50Bizga kelödi bu qöydik xolos bilmadim
- 30 авг 2014 23:54Admin bizni ham shunday voqealardan yozgimiz kelayapti qanday yozsak böldi.
- 30 авг 2014 23:56Moderatir qlaman
- 31 авг 2014 08:54Hozir emas keyinro
- 2 сен 2017 23:08Jalap amiga ski bunaqa erteni yaxwlab 6qvolarin bunaqasini xuy topasala
- 16 янв 2018 21:41Кизларга маслахат хаммомда, ошхонада ва зарурат хоналарда телефонда гаплашмасин!!
Для того чтобы оставить комментарий, войдите или зарегистрируйтесь
Kel Konglim Yashaymiz G'amsiz Alamsiz
So'ngi suhbat (qo'rqinchli hikoya)
Bu voqea qishloqlardan birida
bo`lib o`tgan. Qishloq maktabida
bir qiz va yigit orada bir sinf farq
bilan o`qishar edi. Yigit maktabni
tugatib kollejda o`qish uchun
shaharga ketishga majbur bo`ldi.
Tabiiyki ular telefon orqali
gaplashib turishar edi. Qiz ota-
onasining oldida yigit bilan
gaplashishni yoqtirmas edi.
Shuning uchun yoki hammom
yoki oshxonaga chiqib gaplashar
edi.
O`sha kuni ham qiz yigit bilan
gaplashish uchun oshxonaga
kirmoqchi edi. Ammo oshxonada
odam borligi uchun hammomga
kirishga majbur bo`ldi. 11.00 da
qiz hammomga kirib suyuklisi
bilan gaplasha boshladi. Suhbat
shunchalik qiziq ediki soat yarim
tun bo`lganini sezmay qoldi.
Gaplashib bo`lgach hammomdan
chiqib xonasi tomon yura
boshladi, Xonasiga yetib
kelmagan ham ediki yana
qo`ng`iroq bo`ldi. Suyuklisi! Yana
hammomga qarab yugurdi. yarim
soatlar atrofida yana gaplashib
o`tirdi. Devor shitirladi. Qiz
sichqon deb o`ylab devorni
mushti bilan bir marta urdi. Ovoz
tindi. Shu bilan qiz hammomdan
chiqib xonasiga kirib ketdi.
Ertasiga qiz yana yarim tungacha
hammomda suyuklisi bilan
gaplashib turganda soat 00.00
dan o`tgach devor shitirlar
boshladi. Qiz yana sichqon deb
o`ylab devorni mushtladi. Ammo
ovoz tinmadi. Qiz yana mushti
bilan devorni urdi ammo ovoz
hadeganda tinmadi. Bu safar qiz
telefonni o`chirib kafti bilan
shapillatib urdi. Shunda devorda
tuynuk hosil bo`ldi. Qiz hayron
qoldi...
Tuynukka qaragan edi, u yerda
terisi ooopppoooq ko`zlari esa
osmondek ko`mko`k bir odamni
ko`rdi. Qo`rqib ketganidan
tashqariga otildi. Ammo
hammom eshigi ochilmas edi.
Tuynukdan esa o`sha odam"
Nega meni tinchimni buzding"
deya chiqib kelar edi. .......
Ertalab ota-onasi turib qizini
xonasida yo`qligini bilib qolishdi.
Uni axtara boshlashdi. Ammo
hech qayerdan topa olishmadi,
axiyri hammom eshigini
ochishganida ona ko`rgan
manzarasidan dod solib hushini
yo`qotdi. Ota esa esankirab qoldi.
Hammom devorlari qonga
belangan. Pol bo`ylab qizining
bo`laklari sochilib yotar edi.
Yuzma yuzida esa qizining kallasi
unga qarab o`tirar edi.
Qizni ko`mishdi. Bu xabarni
aytish uchun yigitning
oilasinikiga borishdi. Ona qizi
bilan bo`lgan voqeani aytib
berganida, yigitning onasi ham
yig`lab yubordi va shaharga
ko`chib kelishganidan 3 kun o`tib
o`g`li yo`qolib qolganini va o`tgan
kuni uni tashlandiq binoda
murdasini topishganini aytishdi.