Qazi tayyorlash

Qazi ot go`shtidan tayyorlanadigan tansiq taom bo`lib, qadimgi chorvador xalqlarning go`shtni uzoq muddat saqlash maqsadida konservalash usullaridan biridir.
Qazi tayyorlash uchun ot go`shti va yog`ini uzunligi 10-15 sm, eni esa 3-4 sm keladigan tasmalarga kesib chiqasiz. Har bir bo`lakka tuz va zira ishqalab, sirlangan idishga solib, ustini yopiq holda 4 soatdan 24 soatgacha saqlaysiz. Qancha ko`p saqlansa shuncha tuz yeb, zira xidiga ham to˜yinadi.
Ot ichagini ag˜darib, bir necha bor iliq suvda tuzni ishqalab yuvasiz. Shilliq moddasi ketgach, qatiqqa botirib qo˜yasiz. Bu ham 4 soatdan 24 soatgacha turadi.
Ichak 30-35 sm qilib kesib chiqilib, unga bitta yog˜ va go˜sht qilib tiqib chiqasiz va ikkinchi tomonini ham bog˜lab yoysimon qilib ikkalovini tang`ib qo˜yasiz.
Qazini saqlash: Qazini qurt-qumursqa tegmaydigan joyga osib qo˜yish kerak. Agar uni uzoq muddat ushlab turmoqchi bo˜lsangiz, 10-12 sm qalinlikdagi un ichiga ko˜mib qo˜ying.
Qazini pishirish: Qurumidan yuvib tozalangan va ivitib biroz yumshatib olingan qazi sovuq suvli idishga solib sust olovda 3 soat miltiratib qaynatiladi. Yangi qazi esa 2 soat qaynatilsa ham bo˜ladi.
Qaynab chiqishi bilan bir necha joyiga nina uriladi. Pishgach, olib ochiq havoda sovutiladi. Dasturxonga sovugan holda parrak qilib to˜g˜rab tortiladi. Qazi parraklarini odatda norin va osh palov bilan birga dasturxonga tortish urfga aylanib qolgan.
Yoqimli ishtaha!
Eslatma: Ot ichagi tanqis bo˜lgan holda, hozirda kolbasa tsexlarida ishlatiladigan, suniy qoliplarni ishlatish mumkin. Ularni topish oson va ular ot ichagidan arzonroqdir.

Qazi tayyorlash - 555587391315
Qazi tayyorlash - 555587393107
Qazi tayyorlash - 555587393619

Комментарии