Sabzili (kimchi yoki markovcha ) salat

Bu salatni Toshkentda koreyslar tayyorlab sotganigami yoki Koreyada haqiqatdan ham shunday salat borligidanmi odatda koreys salati deyiladi, lekin yana bir nomlanishi bor, Morkovcha deyiladi, bu so’zni aniq kelib chiqishini bilmaymanu, lekin tahminim bo’yicha morkov’ ruscha so’z, -cha qo’shimchasi esa o’zbekcha erkalash-kichraytirish qo’shimchasi bo’lsa kerak. Salat shunchalik sevib iste’mol qilinganidan shunday nom berishgan bo’lsa kerak. Salat haqiqatda mazali bo’lib, tayyorlanishi onson, masalliq ham ko’p kerak emas.
Kerakli masalliqlar:
Yarım kg sabzi
Yarim osh qoshiq tuz
1 tish sarımsoq
1 choy qoshiq kashnich urug’i
1 choy qoshiq yanchilgan qizil qalampir
1 choy qoshiq shakar
1 osh qoshiq sirka essensiyasi yoki suv bilan aralashgani
Yarım stakan kungaboqar yog’i
1 ta piyoz
Yarim choyqoshiq koreyskiy tuz
Tayyorlanishi:
1. Sabzini mahsus qirg’ichdan chiqaramiz yoki qo’lda mayda to’g'rab chiqamiz. Qirg’ichdan chiqarilgan sabzini ustiga yarim osh qoshiq tuz sepib, qo’lda aralashtirib 10-15 minut* kutamiz, suvi chiqadi, suvini siqib sabzini alohida tarelkaga solamiz. Ustiga mayda to’g'ralgan sarimsoq, yanchilgan kashnich urug’i, qizil qalampir, shakar va sirka,kareyskiy tuz qo’shamiz.
2. Tovada mayda to’g'ralgan piyozni yog’da qovuramiz. Yog’ini suzib olib sabziga qo’shamiz, (piyozi qo’shilmaydi) yaxshilab aralashtirib, 1-2 soatdan keyin iste’mol qilsa bo’ladi.
*Siz yashaydigan joyda sabzi quruq bo’lsa, tuzda 30-40 minut kuting, shunda sabzini suvi chiqib yumshaydi.

Sabzili (kimchi yoki markovcha ) salat - 571566557011
Sabzili (kimchi yoki markovcha ) salat - 571566561875

Комментарии