Qatlama —

oddiy xamirdan yupqa yoyib, yogʻda pishiriladigan taom. Boshqa shu kabi pishiriklardan qatlamligi bilan ajralib turadi.
Qatlama tayyorlash uchun suv va tuz qoʻshib oddiy xamir qoriladi, kattaroq zuvalalar uzib, oʻrab, 10—12 minut tindirib qoʻyiladi. Soʻngra har bir zuvala oʻqlogʻi bilan yupqa (1—2 mm) qilib yoyiladi va yoymaga qaymoq yoki sariyogʻ, maska yogʻi, eritilgan qoʻy yogʻidan surtilib, ruletsimon oʻraladi, undan 5—6 sm li boʻlaklar kesiladi. Boʻlaklar joʻvada alohidaalohida 0,5—1 sm qalinlikda yoyiladi, qizdirilgan qozonda yoki tovada atrofiga yogʻ surtib, avval bir tomoni, soʻngra ikkinchi tomoni qizartirib pishiriladi. Baʼzan pishtan Qatlamaning yuziga taʼbga koʻra shakar yoki qand upasi sepiladi.

Qatlama — - 578258347859

Комментарии

  • 25 июл 2014 12:11
    Ajoyib, iwingizga omad HAYT bayramiga dasturxonimiz yanada 4iroyli buliwi u.n sizdan yangi piwirula kutib qolamiz
  • 25 июл 2014 13:30
    КАТЛАМА ПИШИРИШДА ХЕЧ КИМ ФАРИДА КЕЛНОЙИМГА ЕТОЛМАЙДИ.
  • 27 июл 2014 13:07
    Nafis🌸 N ответила Y ã
    Rahmat salomat bo‘ling. Kelayotgan ayyom muborak bo‘lsin
  • 27 июл 2014 19:26
    Y ã ответила Nafis🌸 N
    Rahmat sizgaham muborak bulsin olloh hammamizni üz panohida asrasin
  • 27 июл 2014 19:26
    Y ã ответила Nafis🌸 N
    Rahmat sizgaham muborak bulsin olloh hammamizni üz panohida asrasin