Комментарии
- 12 сен 2014 06:51Äkasíníng G ö z à l ìTuna nima
- 12 сен 2014 07:54MEN BU MENMashiketta
nyam nyam
- 12 сен 2014 08:26Замужем 👨👩👧👦Suwi bilan bu kimpap bowqa bowqa narsalami?
- 12 сен 2014 08:30Malikalarimni Sevimli oyijonisimanTuna- baliq konservasi
- 12 сен 2014 08:31Malikalarimni Sevimli oyijonisimanMen kup tayyorliman, qizaloqlarim judayam yoqtirishadida
- 12 сен 2014 09:18Äkasíníng G ö z à l ìKatta raxmat
- 12 сен 2014 10:09محمد علي ولادسمن SUPPER MAMA
- 12 сен 2014 14:57- - - -
Для того чтобы оставить комментарий, войдите или зарегистрируйтесь
Milliy taomlardan Yevropa taomlarigacha
:Nafis🌸 N
Koreyscha Kimpap
Masalliqlar:
-kim(koreada maxsus kimpap uchun tayyorlanadigan barg)
-0.5ta bodring
-1dona sabzi
-2dona tuxum
-4dona korea rediskasi(sariq)
-2dona salat bargi(yoki maxsus kimbab uchun ko’kat)
-500gr guruch
-1osh-q kunjut yog’i(sesame oil)
-1osh-q uksus
-1ta tuna konservasi
-1bosh piyoz
-4-5 osh-q o’simlik yog’i
-1bo’lak sarimsoq
Tayyorlash:
Sabzini suvda 10daqiqa qaynatib olamiz.
Tuxumni qaynatib yoki yog’da qovurib olamiz.
Qizigan yoqqa piyozni solib, 1daqiqacha qovurib, ketidan
sarimsoq va tunani suvi bilan to suvi shimilguncha qovuramiz.

Guruchni tuzli(yog’siz) suvda qaynatib, pishgach uksus qo’shib aralashtirib
biroz sovutamiz.
Sabzi, bodring,tuxum, ko’katni uzunchoq shaklida to’g’rab olamiz.

Guruchdan bir cho’mich miqdorda olib, kim(barg) ustiga yoyamiz.

Ustiga avval tunali qovurmani o’rta qismiga solamiz.

Ketidan qolgan mahsulotlarni teramiz.

Bargni yarmigacha qayirib, kaft bilan qisib dumaloqlaymiz. Oxirigacha aylantirib,
yaxshilab siqib ochilmadigan qilamiz.
$IMAG9$
Kunjut yog’idan ustiga surib, 5-6 daqiqaga olib qo’yamiz.
Vaqt o’tgach, avval pichoq uchida biroz teshib, son’g shu
yerdan kesib to’g’rab chiqamiz
Maslahatlar:
1. Guruchni issiqligida solmaslik kerak, aks xolda barg yirtilib ketishi mumkin.
2. Har bir kimbab tayoqchasi to’g’ralgandan so’ng pichoqni ho’l sochiqda artib olish yoki suv bilan yuvib tashlansa yaxshi kesiladi.