Bananli pirog

Masalliqlar:
- 3 yoki 4 stakan shakar
- 3 osh q. saryog'
- 3 ta banan
- 1 yoki 2 stakan maydalangan yong'oq
- 1,5 stakan un
- 3 yoki 4 stakan shakar upa
- 1 ch.q. razrixlitel
- 1 ch.q. chayniy soda
- 1 chimdim tuz
- 1/4 ch.q. koritsa
- 1 stakan banan pyuresi
- 2 ta katta tuxum
- 1 stakan o'simlik yog'i
- 1/3 stakan nordon sut
- 1 ch.q. vanilin
Karamelli glazur:
- 2 osh q. saryog'
- 2 osh q. shakar
- 2 osh q. yog'li qaymoq
Tayyorlanishi:
Duxovkani 160 C' ga qizdiring.
Qolipni yog'lab ustiga shakarni bir tekis qilib seping. Shakar bilan birga yong'oqni ham sepishingiz mumkin. Saryog'ni bo'laklarga bo'lib shakarni ustidan tering. Endi qolipni qizigan duxovkaga 8 daqiqaga qo'ying. Keyin qolipdagi erigan massani aralashtiring. Ustidan bananli parrakchalarni tering. Chuqur idishda hamma quruq masalliqlarni birga aralashtiring. Ustiga qolgan masalliqlarni qo'shib bir xil massa hosil bo'lguncha qo'zg'ang. Tayyor xamirni bananlar ustidan qolipga quying. Duxovkaga 1 soatga pishishga qo'ying. Pishgach 20 daqiqadan keyin qolipdan ajrating. Glazur tayyorlash uchun glazur masalliqlarini kastrulga solib gazga qo'ying. Qaynab chiqquncha bir xil massa hosil qilib aralashtiring va yana 2 daqiqa qaynating. Olovdan olgach bir necha daqiqadan keyin pirog ustidan glazurni quying.
Yoqimli ishtaha! :)

Bananli pirog - 596316021843

Комментарии