Asal va bananli sirniklar😋😋😋

Asal va bananli sirniklar😋😋😋 - 853113889107
Kerakli masalliqlar:

200 gr tvarog
1 ta tuxum
1 ta banan
3 osh qoshiq un
3 osh qoshiq yog'
2 osh qoshiq shakar
Tuz
Asal.

Tayyorlanishi:

Tvarog, banan, tuhum, shakarni aralashtirgich(blendr)da bir xil holatga kelgunga qadar aralashtirib olamiz.
1 osh qoshiq un qoshib aralashtiriladi va keyingi qoshiq solinadi. O'rta quyuqlik (suyuq ham quyuq ham emas) holatiga kelgunga qadar oz ozdan un qo'shamiz.
Tovaga yog' solib, 1 osh qoshiq tayyorlab olingan aralashmani solamiz. Past olovda 2-3 daqiqa 2 tarafini pishirib olamiz.
Tayyor bo'lgan sirniklarni issiq holatda ustidan asal va banan bilan bezatib tortamiz.

Комментарии