Hayotingizni yaxshilash uchun 10 maslaxat

Bu maqolada aqlli bo'lish, shuning bilan birga, salomatlikni yaxshilash, yosh bilan bog'liq ruhiy jarayonlarni barqarorlashtirish hamda hayotni yanada yorqinroq etishga undovchi bir qancha foydali maslahatlar bilan yaqindan tanishasiz.
Bir deganda aqlli bo'lib qolish mumkin emas. Aqlli bo'lish — hayot mazmuni bo'lib, tinimsiz izlanishda bo'lish va ko'proq ilm olishga asoslanadi. Bu bir muncha qiyin ish, ammo uning oxiri judayam yoqimlidir. Quyida siz aqlli bo'lishni nimadan boshlash kerakligini o'zingiz bilib olasiz.
1. Doimiy ravishda jismoniy mashqlar bilan shug'ullaning
Bu holat tanada qon yurishini yaxshilaydi va miyaga etarli miqdorda kislorod etib boradi. Shu bilan birga ruhiyat ham barqarorlashadi. O'zingizning yoshingizga munosib jismoniy dastur tanlang va u bilan doimiy shug'ullaning. Bu erda eng asosiysi — doimiylik.
2. Etarli darajada uxlayotganingizga ahamiyat bering
Ko'p bora olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, zarur miqdorda uxlamaslik diqqatni susaytirib yuboradi, qisqa va uzoq muddatli xotirani susaytiradi. Siz muammolarni tez hal qila olmay qolasiz, ko'rish qobiliyatingiz yomonlashadi, reyaktsiyangiz sekinlashadi. Ayniqsa, ruhiyat bilan bog'liq masalalarda tez va tiniqib uxlash o'ta zarur.
3. Nima tanovul qilayotganingizga o'ta e'tiborli bo'ling
Miya yaxshi ishlashi uchun unga etarli darajada foydali manbalar kerak bo'ladi. Taomnomangizni vitamin, aminokislota va uglevodlarga boy taomlar bilan boyiting. Buning uchun qo'shimcha mahsulotlar sotib olish shart emas.
4. Agar chekuvchi bo'lsangiz, zudlik bilan tashlashga harakat qiling!
Sigaret tutunidagi zaxarlar miyaga etib boradi va uning ishlashini mutlaqo ishdan chiqaradi. Chekishni tashlashga bo'lgan harakat shunday jarayonki, vaqti kelib siz bu ishingizdan hech qachon afsuslanmaysiz.
5. Alkogol ichishni kamaytiring
Ko'pchilik me'yorida qabul qilingan alkogol miyaga foyda beradi, deb hisoblaydi. Ammo bu tasdig'ini topmagan faktdir. Ammo uni me'yordan ortiq iste'mol qilish miya faoliyatidagi ayrim funktsiyalarni mutlaqo ishdan chiqarishi isbotlangan. Hatto uning miyaga etkazgan zarari asoratli oqibatlarga ham olib keladi.
6. Doimiy ravishda yangi narsalarni o'rganishga harakat qiling
Yangiroq biror narsa o'rganishga harakat qiling. Masalan chet tillaridan birini yoki musiqa asboblaridan birini chalishni. Ilgari sizda qiziqish uyg'otgan narsangizni o'rgansangiz yanada foydali. Bu miya shakli o'zgarishiga va ijobiy o'sishiga sabab bo'ladi. ayniqsa, matematika, mantiq va qiyin boshqotirmalar ustida ishlasangiz bu miya faoliyatini yaxshilash bilan birga, ruhiyatingizni tinchlantiradi, irodangizni mustahkamlaydi hamda IQ darjangizni bir necha bosqichga yuqorilaydi. Bu borada onlayn-xizmatlardan foydalansangiz ham bo'ladi.
7. Aqlli va ziyoli insonlar bilan do'stlashishga bel bog'lang
Ular bilan tez-tez uchrashib turing. Keng doiradagi mavzularda munozara yuriting. Fikr almashing. Bu ishlarning bari sizga yangi g'oyalar va fikrlar taqdim etadi. Ana shunda dono odamlar o'zlarini qanday tutishlariga va qanday fikr yuritishlariga guvoh bo'lasiz. Ulardan esa nimanidir o'rganasiz va bu sizga keyingi hayotingizda qo'l keladi.
Agar siz o'tirgan joydashi eng aqlli odam bo'lsangiz, ishonavering, munosib joyda emassiz. Doim o'zingizdan ko'ra aqlliroq odamlar bor joyda bo'lishga harakat qiling.
Aleksandr Jurba, biznesmen va sarmoyador
8. Bir haftda bir marta bo'lsa-da, biror-bir jiddiy kitob o'qing va o'qiganlaringizni chuqur tafakkur eting
Bu so'z boyligingiz va nutqingizni oshirishga xizmat qiladi. Suhbatlarni chiroyli va ma'noli olib borasiz. Buning uchun har kuni oz-ozdan mutolaa qilish lozim.
9. Kompyuterda murakkab o'yinlar o'ynashga harakat qiling
Poygalar va shunga yaqin o'yinlar reaktsiyangiz oshishiga yordam berishi mumkin, biroq ular aqliy darajangizni oshirishga xizmat qilmaydi. Shunday o'yin tanlangki, u aqliy va psixologik tomondan sizni harakatga keltirsin. Bunga strategik yoki boshqotirmali o'yinlar misol bo'la oladi.
10. Aqlingizga chegara qo'ymang
Ko'pchilik o'ziga ma'lum bir vaziyatlarda o'ziga ishonmaydi yoki o'zini yo'qotib qo'yadi. Odamlarning gap-so'zi, inkor etuvchi omillar va vahimali sabablar — bularning bari sizning aqliy faoliyatingizga qo'yiladigan to'siqlardir. Bunga aslo yo'l qo'ymang. O'zingizga ishoning va hayotingizni dono insonlar singari boshqaring!

Комментарии

Комментариев нет.