BAXTLI HAYOT SARI 15 QADAM...

Keling tabarruk juma kunining ilk daqiqalaridanoq yangi hayot sari qadam tashlaymiz. Mariya Robinson aytganidek, “Hech kim o’tmishni o’zgartira olmaydi, lekin barchada yangi yakunga erishish uchun hammasini boshidan boshlash imkoni mavjud”. Bu fikrga qo’shilmay iloj yo’q. Buning uchun eng avvalo ayrim narsalarga nuqta qo’yishingiz zarur:
1. Fikrlash doirangizga zid insonlar bilan vaqtingizni o’tkazishni bas qiling.
Har tomonlama “suvingizni siqib ichadigan” insonlar bilan hayotingizni o’tkazish uchun umringiz juda qisqa. Agar kimdir siz uning hayotidan o’rin egallashingizni istasa, sizning halovatingiz ustida qayg’uradi. O’z o’rnida siz uning oldida bo’lishingiz uchun kurashishga hojat yo’q. Yodingizda tuting, haqiqiy do’stlar sizning faqat yuqoriga parvozingiz vaqtida emas, balki omadsiz kunlaringizda ham yoningizda bo’lishi lozim.
2. O’z muammolaringizdan qochib qutilmaysiz.
Muammolaringizni yuzma-yuz qarshi oling. Bu albatta oson bo’lmaydi. Zero, hayotdagi zarbalarga beparvo holatda dosh bera oluvchi mavjudot yo’q. Bizdan barcha muammolarni bir vaqtning o’zida yechish talab etilmaydi. Bunday vaziyatlarda — hafa bo’lamiz, og’riqni his qilamiz, tushkunlikka tushamiz, qoqilamiz va yeqilamiz. Bularning hammasi bizga hayotiy saboq, yashash uchun kurash, o’rganmoq, diqqatni jamlamoq va oxir-oqibat muammolarni hal qilishni o’rgatadi. Barcha yengib o’tgan muammolarimiz bizlarni inson sifatida shakllanishimizda yordam beradi.
3. O’zingizga aldashni bas qiling.
Siz boshqalarni aldashingiz mumkin, lekin o’zingizni emas. Hayotimizdagi masalalarga tavakkal ila yechim bersakgina yaxshi tomonga o’zgarishiga zamin yaratgan bo’lamiz. Binobarin, biz uchun ilk va mushkul tavakkal qadam — bu o’z-o’zimiz bilan to’g’riso’z, halol, pok, vijdonli va sofdil bo’lishimiz zarur.
4. Istaklaringizdan voz kechishni bas qiling.
Hayotda eng qo'rqinchli hodisa — inson o'zligini yo'qotishidir. Ba'zan yaqin insonlarimiz uchun keragidan ziyod e'tibor qaratamiz va hatto o'z qiziqishlarimizu, maqsadlarimizni ham esdan chiqaramiz. Albatta, siz o'zgalarga e'tiborsiz bo'lmang, lekin shu bilan birga o'zingizni ham esdan chiqarmasligingiz lozimligini unutmang. Agar o'zingizga kerakli narsalarni tanlash vaziyatini kutayotgan bo'lsangiz, kechikmang! Zero, buning vaqti keldi. Hayotingizga quvonch olib kiring.
5. O’zgalarga taqlid qilmang.
Hayotdagi eng qiyin masalalardan biri — sizni o’zgartirishga harakat qiladigan hayotda o’zligingizni saqlab qolishdir. Hayotda doim kimdur eng chiroyli bo’lsa, boshqa birov eng aqilli bo’ladi, yana birov go’zal bo’ladi, lekin hech kim “siz” bo’la olmaydi. Boshqa insonlarni hursand qilish uchun o’zingizni o’zgartirishga intilmang. O’zligingizni saqlab qoling va siz yoqtirgan insonlar sizni qanday bo’lsangiz shundayligingizcha qabul qilishadi.
6. O’tmishni qo’yib yuboring.
Siz o’tmishni qo’yib yubormasakansiz, hayotingizni yangi sahifasini ocha olmaysiz.
7. Xato qilishdan qo’rqmang.
Adashib xatolikka yo’l qo’yish — hech narsa qilmaslikdan ko’ra yaxshiroq. Har bir muvaffaqiyat bo’lib o’tgan muvaffaqiyatsizliklar asnosida vujudga keladi va har bir yiqilish muvaffaqiyatga yetaklaydi. Oxir oqibatda siz nimalarni qila olganingiz haqida emas, nimalarni qila olmaganingizni o’ylab afsuslanasiz.
8. O’tgan xatolarni deb o’zingizni azoblamang.
Biz qilgan xatolarimizni eslab afsuslanishimiz mumkin, lekin hammasi biz istamagandek tus olgan bo’lsa ham, bir narsani aniq ayta olamizki, xatolar kelajakda bizga to’g’ri yo’l tanlab, kerakli insonlarni tanlashda yordam beradi. Hammamiz o’tgan xatolarni eslab tushkunlikka tushamiz, afsuslanamiz va tabiiyki ko’z yosh to’kamiz. Ammo “siz” xatolaringiz emassiz, “siz” o’zingizni kurashayotgan muammoingiz emassiz, SIZ — hozir va shu yerdasiz — o’z hayotingizni va kelajagingizni qurish imkoniga egasiz. Sizning hayotingizda nima bo’lishidan qat’iy nazar — bu kelajagingizga o’zgartirishlar olib kiruvchi yana bir yangi qadamdir.
9. Baxtni sotib olishga intilishni to’xtating.
Ko’nglimiz tusaydigan narsalarni ko’pi qimmatbahodir. Lekin haqiqat shundaki, bizni chindan ham baxtiyor qiladigan narsalar — oila, muhabbat, hursandchilik va boshqalar — mutlaqo pulsiz ekanligini unutmaylik.
10. Bekorchilikni to’xating.
Juda uzoq o’ylamang, aks holda siz muammo yo’q yerdan ham muammo tug’dirasiz. Vaziyatga to’g’ri baho bering va vaziyatni uzil-kesil hal qiling. Qarshilik ko’rsatib hayotingizni o’zgartira olmaysiz. Zero, har bir jarayon tavakkallikdan boshlanadi va bunda ketma-ketlik muhim o’rin tutadi. Axir, siz savodingizni oshirmay kitob o’qiy olmaysiz-ku.
11. Hali tayyor emasman, deb o’ylashni to’xtating.
Hech kim, hech qachon o’zini biror narsaga 100% tayyordek his qilmaydi. Hayotimizdagi ko’p vaziyatlar bizni imkoniyat chegaramizdan chiqishga majburlaydi, ya’ni qay holatda bo’lishimizdan qat’iy nazar, biz o’zimizni nimadandir noqulaylik his etamiz.
12. Hamma bilan raqobatlashishni bas qiling.
Boshqalar sizga nisbatan biror ishda omadliroqligidan havotirlanmang. O’zingizning har doimgi eng katta muvoffaqiyatlaringizga diqqatingizni qarating. O’z-o’zingiz bilan kurashishda omadga erishishga harakat qiling.
13. Nolishni va o'zingizga rahm qilishni bas qiling.
Hayot bizni to'g'ri yo'nalishga yo'naltirish uchun turli vaziyatlarga soladi. Siz bo'lib o'tayotgan hodisalarga to'g'ri baho bera olmasligingiz mumkin, yoxud bu siz uchun juda mushkuldir. Shunday vaziyatlarda siz o'tmishingizda bo'lib o'tgan og'riqli vaziyatlaringizni yodga soling va ular sizni omad sari chorlaganini tushunib yetasiz. Jilmaying, sizning kechagi kunga nisbatan kuchliroq va muvaffaqiyatliroq ekanligingizni barcha bilsin!
14. Alamlar urug'ini tarqatishni bas qiling.
Hayotingizni yurakdagi nafrat bilan zoye ketkazmang. Axir, natijada siz ranjigan insoningiz emas, o'zingizga jabr qilib, o'zingizdan ham nafratlanib borasiz. Vidolashuv “o'zgalarning men bilan tutgan yo'li meni qoniqtiradi” degani emas. Aksincha, “Men sizlarga baxtimni butunlay vayron qilishingizga yo'l qo'ymayman” degan ma'noni anglatadi. Vidolashuv — o'zingizni istalmagan natijadan saqlab, osoyishtalik sari intilishdir. Agar zarurat tug'ilsa, keyingi safar to'g'ri qaror qabul qilish uchun o'zingizni kechiring va hayot sari olg'a qadam tashlang.
15. Muammolaringizda boshqalarni ayblashni bas qiling.
Buning cheki yo'q, bu ketishda o'zingizni ado qilasiz. Siz biror kishiga xursandchilik baxsh etsangiz, dunyoni o'zgartirib tashlashingiz mumkin. Ehtimol, butun dunyoni bo'lmasada, bir insonning kichik dunyosini xursandchilikka to'ldirishingiz mumkin. Shunday ekan, diqqatingizni foydali narsalarga qarating.

Комментарии