Oftobsan, sendan bir soyaman, Ota. Sochni oq, bag`rimni esa bosar g`am. Ona, senga nafim tegmadi hatto, Ostonang qo`rigan kuchugingcha ham. Sodiq o`shal itni do`stdek qucharman, Men bugun kuchuklar uchun icharman!.. Olamdan uyingga bo`yladim, inim, Ushoq joningda ham ko`rmadim tinim. Holing ne kechgani xayolimda yo`q, Men faqat o`zimni o`yladim inim. Akalik to`nini endi yecharman, Men bugun kichiklar uchun icharman!.. Sochiga tolpopuk — toj ilganlarim, G`unchadek iymanib ochilganlarim. Bir uyda tug`ilib, o`sganim o`shal, Dunyoga bodroqdek sochilganlarim — Singillar — Suyuklar uchun icharman. Beozor kiyiklar uchun icharman!.. Mayli, yoqmaganim, mayli yoqqanim, Mayli, xoh do`st bo`lsin, mayli xoh g`anim. Dilida dard borki, boshida g`avg`o, Taniganlarim-u, tanimaganim, Men bugun barini bir-bir qucharman, Yuragi suyuklar uchun icharman!.. Garchi soda baytim, garchi to`pori, Ko`nglimdan to`kilgan ko`nglimda bori. Mayli, kutmasa ham kuyimni hech kim, Mayli, tutmasa ham she’rim xumori. Men-ku, yozdim yozsam yetkuncha darmon, Ertangi buyuklar uchun icharman!..
Ustoz Muhammad Yusufni xotirlab ...
QADAHSO`Z
Oftobsan, sendan
bir soyaman, Ota.
Sochni oq, bag`rimni
esa bosar g`am.
Ona, senga nafim
tegmadi hatto,
Ostonang qo`rigan
kuchugingcha ham.
Sodiq o`shal itni
do`stdek qucharman,
Men bugun kuchuklar
uchun icharman!..
Olamdan uyingga
bo`yladim, inim,
Ushoq joningda ham
ko`rmadim tinim.
Holing ne kechgani
xayolimda yo`q,
Men faqat o`zimni
o`yladim inim.
Akalik to`nini endi
yecharman,
Men bugun kichiklar
uchun icharman!..
Sochiga tolpopuk —
toj ilganlarim,
G`unchadek iymanib
ochilganlarim.
Bir uyda tug`ilib,
o`sganim o`shal,
Dunyoga bodroqdek
sochilganlarim —
Singillar —
Suyuklar uchun icharman.
Beozor kiyiklar uchun icharman!..
Mayli, yoqmaganim, mayli
yoqqanim,
Mayli, xoh do`st bo`lsin, mayli xoh
g`anim.
Dilida dard borki, boshida
g`avg`o,
Taniganlarim-u, tanimaganim,
Men bugun barini bir-bir
qucharman,
Yuragi suyuklar uchun
icharman!..
Garchi soda baytim, garchi
to`pori,
Ko`nglimdan to`kilgan
ko`nglimda bori.
Mayli, kutmasa ham kuyimni hech
kim,
Mayli, tutmasa ham she’rim
xumori.
Men-ku, yozdim yozsam
yetkuncha darmon,
Ertangi buyuklar uchun
icharman!..