Комментарии
- 18 фев 2014 23:18Kamina GULISHJudayam zo'r.
- 18 фев 2014 23:21ॐ ÐเγỔřßεƙ ॐ ответил Kamina GULISHTo'g'ri aytas betakror!
- 18 фев 2014 23:30Kamina GULISH ответила ॐ ÐเγỔřßεƙ ॐGuruh tuzilgani judayam e'tiborga sazovor. Shoirning she'rlarini sog'ingandim
- 18 фев 2014 23:35ॐ ÐเγỔřßεƙ ॐ ответил Kamina GULISHShe'rlarini o'qib o'zini Sog'inamiz!
Для того чтобы оставить комментарий, войдите или зарегистрируйтесь
Ustoz Muhammad Yusufni xotirlab ...
ONAMDAN XAT
O`g`lim, jigargo`sham, anytgin-
chi, nahot,
Achinmaydi joning onang holiga.
Meni to`shaklarga mixlab qo`ydi
bod,
Kelsang bir ko`rsamu… o`lsam
mayliga.
Chakka o`tgan eski tomga
o`xshayman,
Ko`zimdan yomg`irlar to`kilar
tinmay.
Bu yorug` dunyoda bormi,
bilmayman,
O`z o`g`li yo`liga intizor menday…
Hayhotdek hovlida qoldim bir
o`zim,
Nima xayollarga bormasman
ba’zan.
Sog`misan ishqilib, qo`rqaman,
qo`zim,
Podsholar haqida she’rlar
yozasan.
O`ynashib bo`larmi shohlar bilan,
ayt,
Qishloqi joningga she’rdan ne
huzur?
Zeriksang — bepoyon
yaylovingga qayt,
Siqilsang — dashtlarda ot
choptirib yur!
Faqat xayolingdan chiqargin
she’rni,
(Kimgadir yoqmasmish chinmi-
yolg`omni),
Axir, sen yozmasang o`sha
Boburni,
Shoirning urug`i qurib
qolganmi?..
O`g`lim, jigargo`sham, aytgin-chi
nahot,
Achinmaydi joning onang holiga?
Meni to`shaklarga mixlab qo`ydi
bod,
Kelib bir ko`tarib chiqqin hovliga.
Qo`lingda jon berib o`lsam
mayliga…