ARMONLARING BOR

Yurtim, ado bo'lmas armonlaring
bor,
Toshlarni yig'latgan dostonlaring
bor,
O'tmishingni o'ylab og'riydi
jonim,
Ko'ksing to'la shahid
o'g'lonlaring bor.
Bag'rim o'rtar bir o'y bahor
ayyomlar,
Oy borgan yoqlarga termulib
shomlar.
Aybin bilmay ketgan Akmal
Ikromlar,
Fayzullodek mardi-maydonlaring
bor...
Yurtim, ko'nglingdek keng
osmonlaring bor,
Yulduzni yig'latgan dostonlaring
bor.
Osmonlaringdan ham
diydoringga zor,
Jayrondek termulgan
Cho'lponlaring bor.
Qo'ling qadog'iga bosay yuzimni,
Onamsan-ku, og'ir olma so'zimni,
Qayinbarglar yopib qaro ko'zini
Olislarda qolgan Usmonlaring
bor.
Alhazar, alhazar, ming bor
alhazar,
Ana, yurishibdi kiyganlari zar,
Qodiriyni sotib shoir bo'lganlar -
Mehrobingdan chiqqan
chayonlaring bor...
Qurboning bo'layin, ey onajonim,
Sening faryodlaring, mening
fig'onim,
O'tmishingni o'ylab o'rtanar
jonim,
Aytsam ado bo'lmas dostonlaring
bor.

ARMONLARING BOR
 - 550403567180
ARMONLARING BOR
 - 550403595084
ARMONLARING BOR
 - 550403652172
ARMONLARING BOR
 - 550403784012
ARMONLARING BOR
 - 550403838028

Комментарии

Комментариев нет.