Sanam, sochingdan ham shaydolaring ko'p, Husning oshiqlari - adolaring ko'p. Nimang ko'p, ko'yingda gadolaring ko'p, Ammo men bittaman, men bittadurman. Bek yigit bir sening poyingda xorman, Garchi diydoringga mushtoqu zorman, Men beun sevarman, men jim sevarman, Qiyomatgacha shul sukutdadurman. Deydilar: muhabbat bilmas masofa, Ayriliqni pisand qilmas masofa. Kelursan o'zing deb bir kun insofa - Gohi Toshkent, gohi Urgutdadurman. Tiling bilmasam ham tushungandayman, Sen bilan gohi do'st tutingandayman. Gohi bu do'stlikdan o'kingandayman, Ming bir xayol ichra ming bittadurman. Suymoq - bu gulxanda kuymoq azali, Men shahar erkasi, sen tog' go'zali. Eslab yur yodingga tushgan mahali - Shaydolaring ko'p-u, men bittadurman!..
Ustoz Muhammad Yusufni xotirlab ...
MEN BITTADURMAN
Sanam, sochingdan ham
shaydolaring ko'p,
Husning oshiqlari - adolaring
ko'p.
Nimang ko'p, ko'yingda
gadolaring ko'p,
Ammo men bittaman, men
bittadurman.
Bek yigit bir sening poyingda
xorman,
Garchi diydoringga mushtoqu
zorman,
Men beun sevarman, men jim
sevarman,
Qiyomatgacha shul
sukutdadurman.
Deydilar: muhabbat bilmas
masofa,
Ayriliqni pisand qilmas masofa.
Kelursan o'zing deb bir kun
insofa -
Gohi Toshkent, gohi
Urgutdadurman.
Tiling bilmasam ham
tushungandayman,
Sen bilan gohi do'st
tutingandayman.
Gohi bu do'stlikdan
o'kingandayman,
Ming bir xayol ichra ming
bittadurman.
Suymoq - bu gulxanda kuymoq
azali,
Men shahar erkasi, sen tog'
go'zali.
Eslab yur yodingga tushgan
mahali -
Shaydolaring ko'p-u, men
bittadurman!..