Sevgi bamisoli lolaqizg'aldoq, Teginmay bo'lmaydi, Tegsang to'kilar. Alvon bir gumbazning o'rtasi oppoq... Buni bir menu bir kapalak bilar. Men o'sha gumbazga boshimni suqdim - Qizil ko'ylakli bir qizgina kular: Bunday boqma menga, uqdingmi? Uqdim... Buni bir menu bir kapalak bilar. So'ng u oqqanotim uchdiyu ketdi, Uning umri bir kun - choshgohda o'lar. Momo yer aylanib manzilga yetdi, Buni bir menu bir charxpalak bilar... Sevgi bamisoli g'arq pishgan shotut, Teginmay bo'lmaydi, Tegsang to'kilar. Sevdingmi, yuz yil kut, Sevmasang unut!.. Bunisin bir menu bir malak bilar. U meni kutadi yuz yildan so'ng ham, Ko'r bo'lib qolguncha yo'lga termular... Sevgi - mening barcha dardimga malham, Buni bir o'zimu bir yurak bilar.
Ustoz Muhammad Yusufni xotirlab ...
SEVGI BAMISOLI
Sevgi bamisoli lolaqizg'aldoq,
Teginmay bo'lmaydi,
Tegsang to'kilar.
Alvon bir gumbazning o'rtasi
oppoq...
Buni bir menu bir kapalak bilar.
Men o'sha gumbazga boshimni
suqdim -
Qizil ko'ylakli bir qizgina kular:
Bunday boqma menga,
uqdingmi?
Uqdim...
Buni bir menu bir kapalak bilar.
So'ng u oqqanotim uchdiyu
ketdi,
Uning umri bir kun - choshgohda
o'lar.
Momo yer aylanib manzilga yetdi,
Buni bir menu bir charxpalak
bilar...
Sevgi bamisoli g'arq pishgan
shotut,
Teginmay bo'lmaydi,
Tegsang to'kilar.
Sevdingmi, yuz yil kut,
Sevmasang unut!..
Bunisin bir menu bir malak bilar.
U meni kutadi yuz yildan so'ng
ham,
Ko'r bo'lib qolguncha yo'lga
termular...
Sevgi - mening barcha dardimga
malham,
Buni bir o'zimu bir yurak bilar.