Комментарии
- 31 авг 2016 12:44Тургунбой СултановЗур
- 31 авг 2016 12:45Тургунбой СултановМишкани ретсепини ким билади езиворингла илтимос
- 31 авг 2016 16:10Man Yana man ответила Тургунбою СултановуWu gruppada retsepti boru
- 31 авг 2016 20:01BUN YODqozonga ip tortiliwini bowqatdan yozvorin tuwunarsiz bolipti (paralel tortiw nima.nimaga klilanad)
- 24 дек 2018 13:07Мусабек ЮсуповZòr juda tòģri retsep
- 14 дек 2023 22:01Бахридил Хамидова"1 litr suvga chaqilgan 1 tuxum" нима учукн новвот тайерлашда тухум солинади?
Для того чтобы оставить комментарий, войдите или зарегистрируйтесь
☞ ♡Tort va Pishiriqlar dunyosi♡ ☜ (™) ✓ ★ ▼
:Madina 90
Novvot— shakar qiyomidan tayyorlanadigan yaltiroq, qattiq, rangsiz yoki sarg'ish tusli shirinlik.
Yirik qand kristallaridan iborat. Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlarida keng tarqalgan. Tarkibida 99,75% saharoza (shakar moddasi) bor. Namligi 1% dan oshmaydi.
Novvot olish texnologiyasi: Qozonga 2 hissa shakar va 1 hissa suv (Masalan: 10 kg shakarga 5 litr suv) solib, miltillatib qaynatish yo'li bilan sharbat hosil qilinadi. Sharbatni yaxshilab aralashtirib, ko'pik hosil bo'lguncha qaynatiladi, ko'pikni olib tashlab, qaynatish to'xtatiladi. Sharbatga tuxum (80— 100 kg shakarga 1 litr suvga chaqilgan 1 tuxum) qo'shiladi. Sharbatni yana qaynatib, ko'pigi olib turiladi. So'ngra maxsus qozonga 3—4 qator oq ip parallel tortiladi. Iplarning uchini birlashtirib, yelim bilan yopishtirib qo'yiladi. Boshqa qozonda qaynab turgan sharbat ip tortilgan qozonga quyiladi, 1 soatcha turgandan keyin sharbat sirtida parda hosil bo'ladi. Qozonni maxsus qopqoq bilan yopib, uch sutka shu holicha qoldiriladi. Bu davrda iplar atrofida kristallar hosil bo'lib, o'sa boshlaydi. Uch sutkadan keyin qopqoqni ochib, qozonda qolgan sharbat boshqa idishga quyib olinadi. Undan qandolat mahsulotlari tayyorlashda foydalaniladi. Qozon tagiga yopishib qolgan Novvot ham iste'mol qilinadi. Kristallar yopishgan iplarni qozondan olib, stolda quritiladi. Novvot shu ipi bilan sotishga chiqariladi. Bu Novvot duri deyiladi (65% cha dur chiqadi). Novvotni kundalik shirinlik sifatida iste'mol qilish mumkin.