O'lat mikrobi O'lat, toun - odam va hayvonlarning o'tkir yuqumli karantin kasalligi. o'lat kasalligi bilan o'grigan bemor Odamda umumiy ahvolning og'irlashishi, intoksikatsiya, gavda haroratining ko'tarilishi, limfa bezlari, o'pka va boshqalar a'zolarda yallig'lanish, sepsis rivojlanishi bilan kechadi. Zararlangan qo'l. O'lat Kasallik tez tarqalishi va ko'plab bemorlar nobud bo'lishi tufayli O'lat o'ta xavfli kasalliklar qatoriga kiritiladi. kasallangan bemor. o'lat. O'. qadimdan ma'lum, uning epidemiyalari tez- tez uchrab turgan va ko'plab kishilarning o'limiga sabab bo'lgan. O'. epidemiyalari tufayli ayrim hududlar butunlay bo'shab qolgan. O'lat epidemiyasi qayd qilingan mamlakatlar Undan qutulish maqsadida boshqa joyga qochib ketgan odamlar yangi maskanda O'. epidemiyasi tarqalishiga sabab bo'lganlar. XVll-XVll asrlar. Yevropa. O'lat. Qo'zg'atuvchisi toun mikrobi - mayda tuxumsimon, harakatsiz. Tanasi yupqa parda bilan o'ralgan, u oddiy ozuqa muhitlarida, ayniqsa qon qo'shilgan muhitlarda yaxshi o'sadi. O'lat mikrobining mikroskopda ko'rinishi Ekzo va endotoksin ajratadi, tashqi muhitga va quritishga chidamli, tuproqda 7 oy, kiyimkechakda 5 - 6 oygacha tirik saqlanadi. O'. mikrobi organizmga teri, shilliq qavatlar, yuqori nafas yo'llari va h.k. a'zolardan kirishi mumkin. Kemiruvchilar (yumronqoziq, qum sichqonlar, dala sichqonlari va aholi yashaydigan joylardagi kalamushlar), tuyalar, shuningdek, O'.ning o'pka turi bilan og'rigan bemorlar kasallik qo'zg'atuvchilarining manbai hisoblanadi. O'.mikrobi hayvondan odamga va odamdan odamga transmissiv yo'l bilan (mas, burga chaqqanda), Kasallik tarqatuvchi. Burga. ba'zan kasal hayvon go'shtini nimtalaganda, shuningdek, ovqatga yaxshi tekshirilmagan go'sht ishlatilganda yuqadi. O'.ning o'pka turi bilan og'rigan bemor sog'lom kishilar uchun ayniqsa xavfli, chunki u gaplashganida, aksirganida havoga O'. tayoqchalarini tarqatadi. Inkubatsion davri bir necha soatdan 3 - 6 kungacha. Kasallik o'tkir boshlanadi, bemorning eti uvishib, boshi qattiq og'riydi, ko'pincha ko'ngli ayniydi, qayt qiladi, uyqusizlikdan qiynaladi, alahlaydi. O'.ning o'pka turida o'pkaning yallig'lanishi (o'latli zotiljam) kuzatiladi, bu yo'tal, qon aralash balg'am ajralishi, havo yetishmasligi bilan davom etadi. O'.ning teribubon shaklida infeksiya kirgan joy bo'rtib, qon aralash suyuqlik tutgan pufakcha hosil bo'ladi, o'lat pufakchasi u keyinchalik so'rilib ketadi, shu sohaga yaqin limfa tugunlari shishadi (ya'ni bubon hosil bo'ladi). Ichak shakli kuchli ich ketishi, ba'zan axlatda qon va shilliq bo'lishi bilan kechadi. Septik shakli terida, shilliq pardalarda va turli a'zolarda qon quyilishi bilan ajralib turadi, bu odatda, og'irroq kechib ko'pincha o'lim bilan tugaydi. Oldini olish. Kasallik aniqlangan joyda karantin e'lon qilinadi. Zarurat tug'ilganda u yerda yashaydigan aholi O'. vaksinasi bilan emlanadi. qadimgi o'latdan saqlanish kiyimi. bemor. o'lat. Tabiiy o'choqda muntazam epizootik tekshiruvlar o'tkazish, aholi va hayvonlarni nazorat qilish, tirik vaksina bilan emlash, dala va turar joylarda kemiruvchilar, burgalarni qirish va boshqalar tadbirlardan iborat. Bemor bilan muloqotda bo'lganlar va tibbiy xodimlar kasallik o'chog'i tugatilgandan so'ng 6 kun davomida tibbiy kuzatuv ostida bo'ladilar. Davolashda antibiotiklar qo'llaniladi. Hoz. vaqtda vaksinalardan foydalanish, kemiruvchilar va burgalarga qarshi kurash olib borish natijasida bu kasallik uncha xavf tug'dirmaydi. O'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirligiga qarashli O'. (toun)ga qarshi stansiya har yili bahoryoz mavsumida kasallikning tabiiy o'choqlarida epizootiya oldini oladigan tadbirlar va lab. tekshiruvlari olib boradi. Chorva mollari ning O'.i qishloq xo'jaligi hayvonlarining eng xavfli yuqumli kasalliklaridan. Har xil taksonomik guruhlarga mansub maxsus viruslar (qoramol, cho'chqa, otlar O'.i, etxo'r parrandalar - qushlar O'.i viruslari), MogShmgiz turkumiga kiruvchi viruslar yoki O'. bakteriyasi qo'zg'atadi (tuyalar O'.i). Yuqori harorat, shilliq qavatlar, asosan, oshqozonichak yo'llari yallig'lanishi bilan tavsiflanadi. Kasallik manbai kasal hayvon. O'. bilan kasallangan hayvon sog' hayvon bilan birga boqilganda, kamdankam zararlangan yem orqali yuqadi. Tashxis lab. tekshiruvlari asosida qo'yiladi. Oldini olish: kasallik tarqalgan qo'shni mamlakat chegarasida immun zonani tashkil qilish; kasallik paydo bo'lganda karantin tadbirlari; kasal mollarni so'yish va go'shtini yoqib yuborish; qolganlarini emlash va sanitariyaveterinariya choratadbirlari o'tkazishdan iborat.
Eng xavfli kasaliklar
:🇰 🇴 🇲 🇮 🇱
O'lat
O'lat mikrobi
O'lat, toun - odam va hayvonlarning o'tkir yuqumli karantin kasalligi.
o'lat kasalligi bilan o'grigan bemor
Odamda umumiy ahvolning og'irlashishi, intoksikatsiya, gavda haroratining ko'tarilishi, limfa bezlari, o'pka va boshqalar a'zolarda yallig'lanish, sepsis rivojlanishi bilan kechadi.
Zararlangan qo'l. O'lat
Kasallik tez tarqalishi va ko'plab bemorlar nobud bo'lishi tufayli O'lat o'ta xavfli kasalliklar qatoriga kiritiladi.
kasallangan bemor. o'lat.
O'. qadimdan ma'lum, uning epidemiyalari tez- tez uchrab turgan va ko'plab kishilarning o'limiga sabab bo'lgan. O'. epidemiyalari tufayli ayrim hududlar butunlay bo'shab qolgan.
O'lat epidemiyasi qayd qilingan mamlakatlar
Undan qutulish maqsadida boshqa joyga qochib ketgan odamlar yangi maskanda O'. epidemiyasi tarqalishiga sabab bo'lganlar.
XVll-XVll asrlar. Yevropa. O'lat.
Qo'zg'atuvchisi toun mikrobi - mayda tuxumsimon, harakatsiz. Tanasi yupqa parda bilan o'ralgan, u oddiy ozuqa muhitlarida, ayniqsa qon qo'shilgan muhitlarda yaxshi o'sadi.
O'lat mikrobining mikroskopda ko'rinishi
Ekzo va endotoksin ajratadi, tashqi muhitga va quritishga chidamli, tuproqda 7 oy, kiyimkechakda 5 - 6 oygacha tirik saqlanadi. O'. mikrobi organizmga teri, shilliq qavatlar, yuqori nafas yo'llari va h.k. a'zolardan kirishi mumkin.
Kemiruvchilar (yumronqoziq, qum sichqonlar, dala sichqonlari va aholi yashaydigan joylardagi kalamushlar), tuyalar, shuningdek, O'.ning o'pka turi bilan og'rigan bemorlar kasallik qo'zg'atuvchilarining manbai hisoblanadi. O'.mikrobi hayvondan odamga va odamdan odamga transmissiv yo'l bilan (mas, burga chaqqanda),
Kasallik tarqatuvchi. Burga.
ba'zan kasal hayvon go'shtini nimtalaganda, shuningdek, ovqatga yaxshi tekshirilmagan go'sht ishlatilganda yuqadi. O'.ning o'pka turi bilan og'rigan bemor sog'lom kishilar uchun ayniqsa xavfli, chunki u gaplashganida, aksirganida havoga O'. tayoqchalarini tarqatadi. Inkubatsion davri bir necha soatdan 3 - 6 kungacha. Kasallik o'tkir boshlanadi, bemorning eti uvishib, boshi qattiq og'riydi, ko'pincha ko'ngli ayniydi, qayt qiladi, uyqusizlikdan qiynaladi, alahlaydi. O'.ning o'pka turida o'pkaning yallig'lanishi (o'latli zotiljam) kuzatiladi, bu yo'tal, qon aralash balg'am ajralishi, havo yetishmasligi bilan davom etadi. O'.ning teribubon shaklida infeksiya kirgan joy bo'rtib, qon aralash suyuqlik tutgan pufakcha hosil bo'ladi,
o'lat pufakchasi
u keyinchalik so'rilib ketadi, shu sohaga yaqin limfa tugunlari shishadi (ya'ni bubon hosil bo'ladi). Ichak shakli kuchli ich ketishi, ba'zan axlatda qon va shilliq bo'lishi bilan kechadi. Septik shakli terida, shilliq pardalarda va turli a'zolarda qon quyilishi bilan ajralib turadi, bu odatda, og'irroq kechib ko'pincha o'lim bilan tugaydi.
Oldini olish. Kasallik aniqlangan joyda karantin e'lon qilinadi. Zarurat tug'ilganda u yerda yashaydigan aholi O'. vaksinasi bilan emlanadi.
qadimgi o'latdan saqlanish kiyimi.
bemor. o'lat.
Tabiiy o'choqda muntazam epizootik tekshiruvlar o'tkazish, aholi va hayvonlarni nazorat qilish, tirik vaksina bilan emlash, dala va turar joylarda kemiruvchilar, burgalarni qirish va boshqalar tadbirlardan iborat. Bemor bilan muloqotda bo'lganlar va tibbiy xodimlar kasallik o'chog'i tugatilgandan so'ng 6 kun davomida tibbiy kuzatuv ostida bo'ladilar. Davolashda antibiotiklar qo'llaniladi. Hoz. vaqtda vaksinalardan foydalanish, kemiruvchilar va burgalarga qarshi kurash olib borish natijasida bu kasallik uncha xavf tug'dirmaydi. O'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirligiga qarashli O'. (toun)ga qarshi stansiya har yili bahoryoz mavsumida kasallikning tabiiy o'choqlarida epizootiya oldini oladigan tadbirlar va lab. tekshiruvlari olib boradi.
Chorva mollari ning O'.i qishloq xo'jaligi hayvonlarining eng xavfli yuqumli kasalliklaridan. Har xil taksonomik guruhlarga mansub maxsus viruslar (qoramol, cho'chqa, otlar O'.i, etxo'r parrandalar - qushlar O'.i viruslari), MogShmgiz turkumiga kiruvchi viruslar yoki O'. bakteriyasi qo'zg'atadi (tuyalar O'.i). Yuqori harorat, shilliq qavatlar, asosan, oshqozonichak yo'llari yallig'lanishi bilan tavsiflanadi. Kasallik manbai kasal hayvon. O'. bilan kasallangan hayvon sog' hayvon bilan birga boqilganda, kamdankam zararlangan yem orqali yuqadi. Tashxis lab. tekshiruvlari asosida qo'yiladi.
Oldini olish: kasallik tarqalgan qo'shni mamlakat chegarasida immun zonani tashkil qilish; kasallik paydo bo'lganda karantin tadbirlari; kasal mollarni so'yish va go'shtini yoqib yuborish; qolganlarini emlash va sanitariyaveterinariya choratadbirlari o'tkazishdan iborat.