PIELONEFRIT HAQIDA.

Pielonefrit- buyrak, buyrak jomi, kosachasi va to'qimalarining yallig'lanishi bo'lib, siydik- tanosil kasalliklari orasida eng ko'p kuzatiladi. Pielonefrit buyrak to'qimasiga kasallik mikroblari kirishi natijasida vujudga keladi. Mikroblar uretrit yoki sistitda siydik yo'li bo'ylab yuqoriga ko'tariladi yoki organizmda yallig'langan joylar bo'lganida (angina, tanzillit, tishlar chiriganda) infeksiya qon tomirlaridan borib buyrakka kiradi.
PIELONEFRITNI OLDINI OLISH VA DAVOLASHNING AYRIM CHORA - TADBIRLARI:
1.) Pielonefritni o'z bilganicha davolash mumkin emas, uni faqat tajribali shifokor davolaydi, bemor shifokorning tavsiyasiga rioya qilishi shart;
2.) Kasallikni oldini olish uchun turli yuqumli kasalliklarni o'z vaqtida davolatish, organizmni chiniqtirish muhim ahamiyatga ega;
3.)Bemorga parhez buyuriladi, dudlangan, ziravorli, konservalangan, yog'li, sho'r, achchiq taomlar, spirtli ichimliklar, tamaki nos chekish man etiladi. Bemorning yuragi ko'tarsa, kuniga 2.5-3 litr suyuqlik ichishi lozim (suyuq ko'k choy, kompot, neytral mineral suv)
. 4.) Homilador ayollar vaqti-vaqti bilan ayollar konsultatsiyasiga borib turishlari lozim;
5.) Prostatit va prostata bezi adenomasi hastaligi bor bemorlar, siydik- tosh kasalligi va siydik-tanosil tizimining boshqa kasalliklari bilan og'rigan bemorlar pielonefrit paydo bo'lishi xavfini doimo esda tutishlari lozim;
6.) Buyrak yallig'lanishiga qarshi peshob haydovchi dorivor o'tlar damlamasini ichib turishi tavsiya etiladi;

PIELONEFRIT HAQIDA. - 575904288597

Комментарии

Комментариев нет.