Husnbuzar –

surunkali qaytalanib kechuvchi yog‘ bezlari va soch follikulalarining yallig‘lanish kasalligi bo‘lib hisoblanadi. Seboreya va teri yog‘ tarkibining kimyoviy jihatdan o‘zgarishi asosida rivojlanadi. Oddiy (vulgar), pufaksimon, indurativ, yiring bog‘lagan turlari farqlanadi. Ko‘pincha oddiy husnbuzar uchraydi, odatda jinsiy yetilish davrida o‘smir qiz va o‘g‘il bolalarda kuzatildi.
Klinik kechishi
Oddiy husnbuzar qora nuqtalar (komedon) atrofida katta bo‘lmagan o‘lchamdagi yallig‘lanish tugunchalarining paydo bo‘lishi bilan ifodalanadi. Bu tugunchaning markazida keyinchalik yiringli pufakcha shakllanadi. Shundan so‘ng oz miqdorda yiring ajralib, pufakcha qurishi va uni o‘rnida po‘stloqcha hosil bo‘lishi kuzatiladi. Tuguncha o‘rnidagi infiltrat sekinlik bilan so‘rilishi hamda katta bo‘lmagan dog‘ yoki mayda chandiqchalar qoldirishi mumkin. Oddiy husnbuzarning umumiy klinik kechishi turlicha kechadi: yuz, tananing orqa qismi va ko‘krak sohasi terisining yog‘li bo‘lishi, yog‘ bezlari teshiklarining kengayishi, qora nuqtalarning (komedonlar) bo‘lishi, turli rivojlanish bosqichidagi follikulyar yiringchalarning kuzatilishi, yiringli va qonli po‘stloqchalar, pushti rangli dog‘lar hamda mayda chandiqchalarning bo‘lishi xosdir. husnbuzar toshmalarining turli shakllarini tashxislash qiyin emas: bunda jarayonning o‘ziga xos sohalarda joylashishi, klinik kechishi va bemorning yoshiga asoslaniladi. qiyosiy tashxislash. Pushti husnbuzar, stafilokokkli follikulit, zamburug‘li follikulit, tuberoz sklerozdagi angiofibromalar.
Davolash va parvarish qilish.
Vegetativ tizimi faoliyatini kalsiy preparatlari, trankvilizatorlar, bromkamfora, belloid bilan me’yorlashtiriladi. OIT faoliyati nazorat qilinadi, yog‘, uglevod va osh tuzi chegaralangan parhez tavsiya qilinadi. Surunkali infeksiya o‘choqlarini sanatsiya qilish zarur. Doimiy ravishda jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish, to‘laqonli uyqu foydali hisoblanadi. B guruh vitaminlari, ultrabinfsha nur terapiyasi keng qo‘llaniladi. Teri yuzasiga (ertalab va kechqurun) yog‘sizlantiruvchi va antibakterial bor yoki salitsil kislotasining spirtli eritmalarini surtish tavsiya qilinadi.
Tizimli davolash: og‘ir yiring ajralishi bilan kechuvchi tu-ida antibiotiklar (tetrasiklin, eritromitsin); retinoidlar (izotretionin); gormonal vositalar (androgenlarni kamaytirish maqsadida – oral kontratsepsiya vositalari; glyukokortikoidlar) tavsiya qilinadi.

Husnbuzar –  - 575904329557

Комментарии

Комментариев нет.