Me'da kasalliklari davosi

Me'da kasalliklari ko'pchilik insonlarda uchraydi. Ko'p kasalliklarning sababi noto'g'ri ovqatlanish tartibidir. Me'da kasalliklari ham shu sabab kelib chiqadi. Xozirda e'tiboringizga me'da kasalliklarini davolash uchun ayrim tavsiyalarni keltiramiz. Anjirning yangi uzilgan va yaxshi pishgan mevasi ichni yumshatadi, me'da va ichaklardagi to'siqlar, begona moddalar (shlaklar)ni tozalaydi, ovqat hazmini yaxshilaydi.
* * * O'rikning suvda qaynatilganini yoki turshakni suvda ivitib ichilsa, me'da haroratini pasaytirib, kekirish va jig'ildon qaynashini daf etadi.
* * * Na'matak mevasining qurug'idan 4-6 donasini bir istakon qaynoq suvga solib qo'yib, suvini har kuni uch mahaldan taomdan so'ng ichsangiz, oshqozon kasalliklarida davo bo'ladi.
* * * Shirin olma eyish me'da boshiga quvvat bag'ishlaydi, ovqat hazmini yaxshilaydi, me'dada safro xilti bo'lsa, o'zi ham darhol safroga aylanadi.
* * * Uzum g'o'rasini esangiz, me'dada paydo bo'lgan balg'amni tilka-pora qiladi, begona moddalarning me'daga tushishiga yo'l qo'ymaydi. Uzum g'o'rasini suvda qaynatib suvi ichilsa, me'da qizishini daf qilib, uning haroratini pasaytiradi.
* * * Me'da va ichaklarga badanning boshqa joylaridan zararli moddalarning oqib kelishini bartaraf etish, undagi foydali moddalarni buzilish va hidlanishdan saqlash uchun omila (hindistonda o'sadigan daraxt mevasi, attorlarda bo'ladi) eyiladi. Bu ichni yaxshilashga ham yordam beradi. Ich ketishi orqali badandagi savdo va suyuq balg'amni haydaydi, me'da ichidagi a'zolarni quvvatlantirib, me'da faoliyatini yaxshilaydi.
* * * Olma qoqisini tuyib, anor suvi bilan iste'mol qilinsa, me'dani kuchli qilib, safroli ich ketishini to'xtatadi, qayt qilishni ham bartaraf etadi.
* * * Kofe mevasini yanchib, asal bilan aralashtirasiz va hosil bo'lgan xamirni bot-bot yalab turasiz, bu me'da sustligi va qurushqoqligini zararli rutubatlarni haydash bilan avvalgi holatiga keltiradi va me'dadagi begona bug'larning miyaga chiqib borishiga yo'l qo'ymaydi.
* * * Me'da va jigar oralig'ida qattiqlik va ozg'inlik bo'lsa arpa suvi foydali, uning miqdorini kun sayin ko'paytirib 300 grammgacha etkazish mumkin.
* * * Etti-sakkiz gr. achchiq shuvoq (erman) suvda qaynatib ichilsa, me'daga quvvat bag'ishlaydi.
* * * Kuniga 7 gr. sariq bedani suvda qaynatib ichilsa, ko'pgina me'da xastaliklariga davodir.
* * * Quritilgan o'rikni suvda qaynatib, bir kundan so'ng ichilsa, me'da haroratining ortishiga davo bo'ladi.
* * * Har kuni 3-4 gr. sarimsoq iste'mol qilib yurilsa, me'dani tozalab, kuchga kirgizadi.
* * * Ituzum poyasini yanchib tashidan me'daga qo'yib bog'lansa, me'da shishini qaytaradi.
* * * Har kuni 15-18 gr. rayhonni yanchib yoki qiymalab yesangiz, me'da zaifligidan qutulasiz.
* * * Limon, shakar (oqqand) choyga solib ichilsa, qizigan me'daga quvvat bag'ishlaydi.
* * * 10 grammcha archa mevasini quritib, yanchib yeb yurilsa, me'dadagi qurtlarni batamom o'ldiradi.
* * * Me'da dardlariga tovuq sho'rvasi, gurunch yuvilgan suv iste'mol qilish ham foyda beradi.

Комментарии

Комментариев нет.