Futbol to'plarining kirib kelish tarixi...

O'qing juda qiziq...
XIX asrning o‘rtalarigacha
futbol to‘plari charmdan
ishlangan. 1862 yili
Layndon degan kishi
dastlabki damlanadigan
rezina to‘pni ixtiro qiladi.
Charm to‘plar qattiq zarba
berilganda yorilib
ketavergan. Layndon o‘z
ixtirosini tayyorlayotganda
ana shu nuqsonni
yo‘qotishni maqsad qilib
oladi.
Rezina kameralar tufayli
to‘plar shaklga ega bo‘ladi
va zichlik-tarangligi ortadi.
1872 yili Angliya futbol
asotsiatsiyasi futbol
to‘plarining “aylana uzunligi
27-28 dyum (68,6-71,1 sm)
bo‘lishi zarurligi” haqida
qaror qabul qiladi. Bu
standant hozirgi kungacha
saqlangan, FIFAning
amaldagi qoidalari safidan
o‘rin olgan.
Futbol to‘pi dastlabki jahon
Kubogi bahslarida ham
alohida rol o‘ynagan.
Argentina va Urugvay
jamoalari qayerda ishlab
chiqarilgan to‘pda o‘ynash
borasida tortishib qoladi.
Oxiri, vaziyatdan chiqish
yo‘li topiladi: birinchi
taymda argentinaliklarning
koptogida, ikkinchi taymda
esa urugvayliklarning
to‘pida o‘yin o‘tkaziladi.
Birinchi taymni Argentina
jamoasi o‘z to‘pida o‘ynab
2:1 hisobida g‘alaba bilan
yakunlaydi. Ikkinchi taymda
esa Urugvay termasi
mo‘jizaga erishadi – hisobni
4:2 ga yetkazadi. Ularga
o‘zlarining koptoklari
anchagina “yon bosgan”
bo‘lishi hech gap emas.
1951 yilda oq rangli to‘plar
o‘rnini keng yo‘l-yo‘l rangli
to‘plar egallaydi. Ayni o‘sha
50-yillarda to‘q sariq rangli
koptoklar ham paydo
bo‘ladi. Ular qorli kunlarda
tomoshabinlar to‘pni aniq
ajratib olishi uchun o‘ylab
topiladi.
O‘tgan asrning o‘rtalariga
qadar to‘plar charmdan
tayyorlanib, choklari ip bilan
tikilardi. Tabiiyki, ular
yomg‘ir yoqqan paytlari
shishib ketadi, og‘ir va xavfli
bo‘lib qoladi. 60-yillarning
boshidan sintetik koptoklar
ishlab chiqarish yo‘lga
qo‘yiladi. Sintetik to‘plar
pishiqligi va suvni kam
shimishi bilan qulay edi.
To‘plar dastlab ulama va
yamoqlarsiz, yaxlit chok
bilan ishlab chiqarilgan.
Keyinchalik amerikalik
Richard Bakminster to‘pni
oltiburchak va
beshburchaklardan yasash
usulini o‘ylab topgan.
Oltiburchak va
beshburchaklar bir-biriga
chok bilan qadaladi va
natijada yumaloq shakl hosil
bo‘ladi. Bunday usulda
yasalgan zamonaviy to‘plar
20 ta oltiburchak va 12 ta
beshburchakdan tashkil
topadi.
Dastlabki rasmiy futbol
qoidalari 1863 yilning 8
dekabrida Angliyada qabul
qilingan. Xuddi shu sanadan
jahon futbolining tarixi
boshlangan.
1863 yilgi qoidalarga
muvofiq, boshqa o‘yinchilar
qatori darvozabonga ham
to‘pni qo‘l bilan o‘ynash
mumkin bo‘lmagan. Faqat
1871 yilga kelib darvoza
chizig‘i hududida qo‘l bilan
o‘ynashga ruxsat berilgan.
1902 yilga kelibgina
darvozabonlarga jarima
maydoni chegarasida qo‘l
bilan o‘ynash huquqi
berilgan.
1875 yilgacha darvoza
vazifasini xodalarga
tortilgan arqon bajargan.
O‘z jarima maydonida bilib
turib qo‘pol o‘ynagan yoki
koptokka qo‘l tekkizgan
futbolchining komandasiga
o‘n bir metrlik jarima to‘pi
belgilash to‘g‘risidagi qoida
1891 yilda irland eksperti
Jon Penalti tomonidan
kiritilgan. Keyinchalik o‘n bir
metrlik jarima Penaltining
nomi bilan atala
boshlangan.
1960 yilgacha o‘yinchi
almashtirish mumkin
emasdi. Mabodo
darvozabon jarohat
oladigan bo‘lsa,
maydondagi o‘yinchilardan
biri uning o‘rnini egallagan.

Futbol to'plarining kirib kelish tarixi... - 579460309846

Комментарии

Комментариев нет.