29 мая

Migrant ham odam yoxud Yekaterinburgda hojatxona mojarosi

Yekaterinburgning Sakko va Vansetti ko‘chalarida joylashgan "Venskiy dom" biznes markazi yaqinida mehnat muhojirlari uchun o‘rnatilgan hojatxonalar Yekaterinburg aholisiga yoqmay qoldi.
Bir guruh mahalliy aholi hojatxona kabinalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri maysazorga o‘rnatilganidan norozi bo‘lgan. Fuqarolarning qayd etishicha, hojatxonadan sassiq hidlar chiqar va bu ko‘pchilikka yoqmas ekan.
"Tushlik vaqtida 20-30 nafargacha muhojir navbatda turadi. Tasavvur qilyapsizmi, markaziy ko‘chalardan birida qanday yoqimsiz hid bor", - deya shikoyat qilgan shaharliklardan biri.
O‘z navbatida, uchastkada ta’mirlash ishlarini olib borayotgan korxona vakillari ularning harakatlarida qonunbuzarlik yo‘qligini aytmoqda.

Migrant ham odam yoxud Yekaterinburgda hojatxona mojarosi - 985729847407

Комментарии

Комментариев нет.