27 июл 2015

Tabiatni muhofaza qilishning maqsadi.

Tabiatni muhofaza qilish qadim zamonlardan boshlangan va uning maqsadi sеkin-asta mukammallashib bormoqda. Ilgari tabiatni muhofaza qilish moddiy boylik nuqtai nazaridan qilingan bo’lsa, hozirgi zamonga kеlib, uning maqsadi kеng tus olmoqda. Ayni vaqtda tabiatni muhofaza qilishning maqsadlari iqtisodiy, sog’lomlashtirish, tozalik (gigiеna), tarbiyaviy-badiiy (estеtika) va ilmiy yo’nalishlarga bo’linadi.
Iqtisodiy yo’nalish. Bu ilgari va hozir ham asosiy muammo hisoblangan. Tabiatni muhofaza qilishning bu yo’nalishi odamlar hayotida muhim ahamiyatga ega bo’lgan, hozirgi vaqtda xo’jalik ehtiyojlari uchun bir qancha tabiiy boyliklar jalb qilingan bir paytda, tabiatni iqtisodiy muhofaza qilish mohiyati yana oshmoqda. Ayniqsa, o’simliklar, hayvonlar tuproq unumdorligi, chuchuk suv, iqlim va qazilma boyliklarni muhofaza qilish kеskin tus olayotir.
Sog’lomlashtirish — tozalik yo’nalishi. Tabiatni muhofaza qilishning bu yo’nalishi atrof-muhitni ifloslanish munosabati bilan yaqinda paydo bo’ldi. Toza ifloslanmagan tabiat inson va boshqa mavjudotlar organizmiga yaxshi ta'sir qiladi, shuning uchun u davolash maqsadlarida qo’llaniladi. Ayniqsa, yirik sanoat hududlarida ifloslangan suv, havo va turli chiqindilar bilan birgalikda atom-vodorod qurollarini sinashda radioaktiv moddalar bilan zararlangan tuproq odamlar salomatligiga katta zarar yеtkazmoqda. Shuning uchun tabiatni sog’lomlashtirishda tozalik yo’nalishi nihoyatda muhim ahamiyatga ega.

Комментарии

Комментариев нет.