Bir kuni bir mamlakat podshohi yoniga bir

kishi kelib, davlatingizdagi barcha
insonlardan aqlliman, hammasini bilim
borasida yiqitaman, debbi. SHunda podshoh
vaziriga tezlikda eng bilimdon odamni
topishni buyuribdi. Shunda vazir ko'chaga
chiqib, eng aqllli odam izlashga tushibdi.
Yo'lda ketayotsa, Nasriddin Afandiga duch
kelibdi. Qarasa, ikki qo'lida ham ikkita
arqonning uchlari. Hayron bo'lib so'rabdi.
Afandi aytibdi:
- Bittasini tortsam, tokdagi uzumlarga hujum
qilgan qushlarni cho'chitadigan bankalar
jiringlaydi, birini tortsam beshikdagi bola
tebranadi, xotin boshqa ishlari bilan band-da.
Vazir juda hayratlanibdi, va Afandini
podshohning yoniga olib borishni ma'qul
ko'ribdi.
Saroyda Afandi bilan o'sha aqlli odam
o'rtasida bilim borasida kuch sinashish payti
kelibdi. U odam bir varaqqa katta qilib
dumaloq chizibdi, Afandi esa o'sha
dumaloqning o'rtasidan chiziq o'tkazibdi. U
odam esa bir tarafini qoraga bo'yabdi. Afandi
dumaloqning yonidan kichkinagina boshqa
dumaloq chizib, bir yonboshiga kalta-kalta
ipsimon chiziqlat chizibdi. Boyagi o'zini aqlli
hisoblagan odam hayratdan yoqa ushlab, tan
beribdi. Shunda shox undan so'rabdi:
- Sen nima chizding, nima uchun yutqizding?
U esa:
- Men dastlab Yer planetasini chizdim. U esa
ekvator chizig'ini chizdi. Men bir tarafi qora
bo'ladi, quyosh tegmaydi, deb qoraga
bo'yadim. Raqibim esa sharning ikkinchi
tarafiga tegmay, yonidan Quyoshni chizib
qo'ydi, - deb, uzr so'rab o'z davlatiga ketibdi.
Endi navbat Afandini so'roq qilishga kelibdi:
- Sen tushuntirib berchi, - so'rabdi podshoh.
- Xo'p bo'ladi shohim. Avval u non chizdi, men
yarmi menga dedim, u qora non yer ekan,
men oq nonni yoqtirganim uchun
bo'yamadim. Keyin men doim nonni piyoz
bilan yeyman-da, o'

Комментарии