Комментарии
- 19 июн 2015 20:19ﺭיי Srazi ﺭייraxmat
- 19 июн 2015 20:40ﺭיי Srazi ﺭייaxa xarakat qilaman. Lekin bu grupaga kam kiraman
- 19 июн 2015 22:00(((((()))))) (((((())))))Оо..фарин
Для того чтобы оставить комментарий, войдите или зарегистрируйтесь
♥ Кайгурма, Мен Сен билан...!!! ♥
:ﺭיי Srazi ﺭיי
Sözlarimga quloq sol.
Döst özingni qölga ol.
Nafsinga degin yöqol.
Ayolingni unutma.
Uying farishtasini.
Qalbing sof rishtasini.
Qöy makkor ishvasini.
Ayolingni unutma.
Uzoq yurtlarda yurib.
Ozroq qiynalib turib.
Shu nafsingni bir urib.
Ayolingni unutma.
Mushtoq kutgan közlarni.
Eng mexrli sözlarni.
Oydan tiniq yuzlarni.
Ayolingni unutma.
Bugun özga pariyni sochlarini taraysan.
Nomaxramni qöynida tunni tonga öraysan.
Ertaga farzandingni köziga qanday qaraysan.
Birodarim pokiza ayolingni unutma.
Erkak bölsang vafoli sandan baxt ham ketmaydi.
Nafsingni jilovlasang talofat ham yetmaydi.
Mingta topgan foxishang ayolinga yetmaydi.
Birodarim pokiza ayolingni unutma.
Uyda ayoling turib qizlar uchun ölasan.
Eng kamida negadir aka-singil bölasan.
Nima foyda shu ishdan qachon javob berasan.
Birodarim pokiza ayolingni unutma.
Ba'zan qolaman xayron.
Uylandingmi ey inson.
Ketsin qalbingdan shayton.
Ayolingni unutma.
Quyoshdan erta tugan
Yurmasdan ham yugurgan.
Har narsaga ulgurgan.
Ayolingni unutma.
Erkak bölsang ketma pas.
Foxishani zoti nas.
Özing öylab kör birpas.
Ayolingni unutma.