-Dunyodagi eng katta sut emizuvchi hayvon ko`k kitdir.

Uning og`irligi 150 tonna, uzunligi 30 m. Bir kecha kunduzda 2-4 tonna oziq yeydi. Eng qizig`i ko`k kitning tishlari bo`lmaydi, u faqat planktonlar bilan oziqlanadi.
-Dunyodagi eng katta gul Raffleziya Arnoldi bo`lib, u gulni Sumatra orolida Raffleziya va Arnoldi birinchi bo`lib ucharatgan va o`zlarining nomini bergan. Gulning diametri – 1 m.
-Dunyodagi eng katta quruqlikdagi hayvon fildir. Xartumlilar turkumiga kiruvchi bu hayvon 4-5 tonna yuk bosadi.
-Dunyodagi eng katta sut emizuvchi hayvon ko`k kitdir. Uning og`irligi 150 tonna, uzunligi 30 m. Bir kecha kunduzda 2-4 tonna oziq yeydi. Eng qizig`i ko`k kitning tishlari bo`lmaydi, u faqat planktonlar bilan oziqlanadi.
-Dunyodagi eng katta yong`oq hosil qiluvchi daraxt Seyshel orolida o`suvchi seyshel palmasi bo`lib, 13-25 kg tosh bosadigan yong`oqlarni hosil qiladi.
-Dunyodagi eng kichkina gul volffiya bo`lib, gulining diametri 1 mm, ya’ni taxminan to`g`nog`ichning uchiday keladi.
-Dunyodagi eng katta qush Afrika tuyaqushi bo`lib, bo`yi 3 m, og`irligi 100 kg ni, tuxumi esa 1409 gr ni tashkil qildi. Tuyaqush uzun va baquvvat oyoqlari yordamida soatiga 60-70 km tezlik bilan yugura oladi.
-Dunyodagi eng katta toshbaqa dengiz toshbaqasi bo`lib, uning og`irligi 300 kgni tashkil qiladi.
-Dunyodagi eng katta ikki pallali molluska dengizlarda yashaydigan tridakna deb nomlangan molluska bo`lib, vazni 250 kg ga yetishi aniqlangan.
-Dunyodagi eng katta akula kitsimon akula bo`lib, uzunligi 12-20 metrni, og`irligi 15-20 tonnani tashkil qiladi.
-Dunyodagi eng kichik akula tikanli akula bo`lib, uzunligi 40-45 smni tashkil qiladi.
-Dunyodagi eng ko`p elektr tokini ishlab chiqaradigan hayvonlar tropik dengizlarda uchraydigan kichikroq skatlar bo`lib, 70 Vt kuchlanishli elektr zaryadi hosil qiladigan a`zosi bor.

-Dunyodagi eng katta sut emizuvchi hayvon ko`k kitdir. - 590303013056

Комментарии

Комментариев нет.