2026-yilgacha istalgan kishi Marsga uchishi mumkin bo‘ladi

SpaceX kompaniyasi asoschisi va bosh direktori Elon Mask 2026-yilgacha insonlarni Marsga olib chiqishi haqida so‘zladi. Bunda NASA tashkiloti ishtirok etsa ham, etmasa ham loyiha amalga oshadi va 10–12 yil ichida istalgan kishi Marsga sayohat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Elon Mask insonlarni Marsga uchirish mumkin bo‘lgan ishligi, lekin u yerda shaharcha yaratish ishlari uchun juda katta vaqt talab etilishi haqida gapirib o‘tgan.
SpaceX kompaniyasi allaqachon Falcon Heavy raketasini tayyorlab ulgurgan. U sinov uchun zarur yuk bilan samoga uchiriladi. Loyiha keyingi yil amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Undan so‘ng esa Dragon V2 ustida ish boshlanadi. U yaqin kelajakda insonlarni Marsga olib chiquvchi raketa bo‘lib xizmat qiladi. Dragon V2 sinov tarzida uchiriladi, agar u sinovdan muvaffaqiyatli o‘ta olmasa Dragon V3 raketasi ustida ish boshlanadi va u albatta SpaceX’ning orzularini amalga oshiradi deyilmoqda.
Hozirda Marsga uchish istagida bo‘lganlar talaygina, ular ushbu loyihaning tezroq amalga oshirilishini kutmoqda. Sizchi, siz ham Marsga uchishni istaysizmi?

Комментарии

Комментариев нет.