Pepper-Emotsiyalaringizni O’qiy Oladigan Birinchi Shaxsiy Robot (Video)

Yaponiya mobil operatori SoftBank Mobile va robot-gumanoidlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Aldebaran Robotics SAS (Aldebaran) kompaniyasi hamkorlikda Pepper robotini taqdim etdilar. Ularning ma’lum qilishicha, bu emotsiyalarni qabul qiluvchi birinchi shaxsiy robotdir.
Pepper atrof-olamdagi voqelikni hamda atrof-muhitni seza oladi. U odamlar bilan o‘zaro munosabatda bo‘lish uchun barcha zarur vositalar hamda nutqni, imo-ishorani tanish va emotsiyalarni sezishi mumkin, shuningdek, nutqning ifodalanish darajasini hamda ifodaliligini tahlil eta oladi.
Ta’kidlanishicha, bu robot bilan o‘zaro hamkorlik munosabatlarini tabiiylashtiradi. Bundan tashqari, Pepper ko‘ngilxushlik qilish va kayfiyat ko‘tara olish qobiliyati evaziga hamsuhbatining ko‘nglini olish uchun u bilan hazillasha oladi, raqsga tushadi va boshqa qiziqchiliklar qilishga qodir. imageBu xususiyatlarning bir qismi Yoshimoto Robotics Laboratory bilan hamkorlikda yaratilgan. Ishlab chiqaruvchi robotning odamlar bilan o‘zaro aloqa qilishga qodirlik jarayonini o‘rganishni davom ettirmoqda.
Texnik ko‘rsatkichlari bo‘yicha shuni ma’lum qilish kerakki, robotning kattaligi 1210 x 425 x 485 mm. bo‘lib, og‘irligi 28 kg. Batareyasi sig‘imi 795 Vtch bo‘lib, taxminan 12 soat ishlay oladi. Robot borliq muhitda harakatlanish, atrof-olamni seza oladigan to‘rtta mikrofon, ikki kamera, 3D-datchik bilan ishlangan. Boshida uchta datchik va ikkitasi qo‘lida joylashgan, tanasiga tegilishini sezuvchi «his etuvchi», giroskop, sonar hamda lazerli va boshqa datchiklar bilan jihozlangan. Robotning qismlari yupqa sharnir bilan birlashtirilgan hamda umumiy soni 20ta sim bilan harakatga keltiriladi.
https://m.youtube.com/watch?v=osD6O4LAcpo Ko‘krak qismida diagonal bo‘yicha 10,1 duym o‘lchamga ega sensorli displey mustahkamlangan. Robotga kiritilgan kompyuter OS NAOqi boshqaruvida ishlaydi. Tarmoqqa ulash uchun Wi-Fi IEEE 802.11 a/b/g/n (2,4 GGts va 5 GGts) va Ethernet (10/100/1000 base T) mavjud. Bu robotga Internetdan turli axborotlarni olish va ma’lumotlar bazasida sinxronlashtirish imkonini beradi.
https://m.youtube.com/watch?v=O2pK8v9-zFg Ilovalar o‘rnatish ko‘zda tutilgan. Robotni dasturlashtirish uchun ishlab chiqaruvchi SDK bilan ta’minlashni mo‘ljallagan. Robot 3 km/soat tezlikda harakatlana va 1,5 sm balandlikdagi to‘siqdan o‘ta oladi. Pepper Yaponiyada 2015-yil fevral oyidan boshlab, $1940 boshlang‘ich bahoda, SoftBank Mobile kanali bo‘yicha tijoratga qo‘yiladi. Robot bilan birinchilar qatorida SoftBank firma do‘konlariga tashrif buyurganlar muloqot qila oladilar. Hozirgi vaqtda pobot ikki do‘konda taqdim etilgan bo‘lib, asta-sekin boshqalariga ham qo‘yiladi.
Manba: infocom.uz , japantimes.co.jp

Комментарии

Комментариев нет.