Sevgi sochni silashlar emas.

Telefonda
so'zlashlar emas. Sansirashu sizlashlar emas. Kechirasiz,
sevgi bundaymas. Suykalashib suyishlar emas. Onash,
begim deyishlar emas. Faqat rashkda kuyishlar emas.
Kechirasiz, sevgi bundaymas. Qo'l ushlashib yurishlar
emas. Dahanaki urishlar emas. Har kun izhor qilishlar
emas. Kechirasiz, sevgi bundaymas. Yolg'on ishqni ishq
deya tanlab. Shu ishqqa ishonib yor saylab. Umrbod
yashamang attanglab. Kechirasiz, sevgi bundaymas. Siz
o'ylagan sevgimas opa. Siz o'ylagan-oddiy bir havas. Siz
o'ylagan sevgimas aka. Siz o'ylagan-insoniy bir nafs. Hozir
aytgan gaplarimni. Boshqa hech kim sizga aytmas. Lek
uyat bo'lsada aytaman. Hayot payshanbadan iborat
emas...!!

Комментарии

Комментариев нет.