Vox ajab xayronman dunyo

ishiga, bu ishlar xech tinchlik
bermas kishiga, istagim insonlar
kelsin xushiga, ZAMON
O'ZGARMOQDAMI, YOKI INSONMI?
yigitlar ayol nomi bilan sayt
ochsa, ayollar ayollik sharmidan
qochsa, qalblardan oqibat
tuyg'usi o'chsa, ZAMON
O'ZGARMOQDAMI, YOKI INSONMI?
qizlar bexayolarcha tushsa
suratga, xayron qolaman ular
topgan jur'atga, ularni ko'rib
ko'zlar to'lsa nafratga, ZAMON
O'ZGARMOQDAMI, YOKI INSONMI?
kimlarga qarab ular yo'qotdi
aqlin, o'ylab qolaman ba'zan
qiyomat yaqin, men xam avliyo
emas bilmadim tag'in, ZAMON
O'ZGARMOQDAMI, YOKI INSONMI?
internetni ishlaylik to'g'ri
yo'lida, qaror qilish xar kimni
o'zin qo'lida, bexayolikka joy
yo'q o'zbek elida, ZAMON
O'ZGARMOQDAMI, YOKI INSONMI?
qilayotgan ishimiz xosmas
insonga, o'zimizni oqlaymiz
to'nkab shaytonga, OLLOX o'zi
chorlar bizni iymonga, ZAMON
O'ZGARMOQDAMI, YOKI INSONMI?
aybni qilib ag'daramiz zamonga,
she'rni o'qib chiqarmang meni
yomonga, yaxshilar o'zgaraylik
yaxshi tomonga, zamon
o'zgarmasinu, biz o'zgaraylik!

Комментарии

  • 20 мая 2014 12:31
    Toģri aytasiz qilar ishni qib qoyib yo zamoga yo yoshlikga yoyib aybimizni yashirishga xarakat qilamiz.