SEVGI HAQIDA ERTAK.
Bor ekanu,yo'q ekan, Qadim,
qadim
zamonda, Foniy dunyo tomonda,
Go'zal tuyg'u bor ekan. Barcha inson
ko'nglida O'shal tuyg'u yasharkan
Yuraklar bir bog' kabi, Go'zallikdan
yashnarkan Yetti osmon ishvasin,
Bog'i eram mevasin, Tatib lazzat
olarkan, Davru davron surarkan,
Inson umri nur to'la, Ertak kabi
o'tarkan, Shirin o'yga ko'milib
Tuyg'ular ju'sh urarkan. Yuraklar
qanot yozib, Otashdek porlab yonib,
Rohatga to'ymas ekan, So'ngisi
kelmas ekan. Sevishganlar gulmisol,
Barpo etib ko'rkamlik' Chehralari
nurvisol Bahtli hayot kecharkan.
Kecha,kunduz,oy,yillar O'tib asta
oradan, Noshukurlik kelibdi, Insonga
dust bulibdi.
Rashk,gumon,fitna,bo'hton Qo'shilib
o'shal zamon, To'lib ,toshib ketibdi,
Misoli qora ummon. Osmonni bulut
bosib, Quyosh nurlarin to'sib,
Yuraklarda behislik, Qora zamon
kelibdi. Ko'ngillar toshday qotib,
Ishqin bo'htonga sotib, Sevgilar hor
bulibdi, Nurlar so'nib qolibdi. Bir
panada berkinib Durday ko'zyoshin
to'kib, Sevgi yig'lab turarkan,
Insonlarga aytarkan: "Ayting nedir
gunohim?, Tuyg'uingiz panohim,
Yuraklarni bog'layin, Yordam bergin
Allohim." Bir inson shunda unga:
Kunim almashib tunga, Zahmatlar
chekib doim, Aylanib qoldim qulga.
Seni deb yonib yashab, Hayotimdan
kechdim men, Barcha yumushim
tashlab, Majnun misol buldim men.
Ne topdim ayt o'rniga??? G'am
alam,ham nadomad, Chekganim bir
dard bo'ldi, Ko'rsatmading karomat.
Doim yurakda g'ashlik, "Sevgilim
qayda ekan?, Hozir kim bilan"degan?,
Hayolimda bir tashvish. Bas
charchadim bu darddan, Kechdim
men bunday bahtdan, Ko'zimdan
yuqol" debti G'azablanib alamdan.
Sevgi ko'z yoshin artib, Yana tilga
kiribdi, Hursinib asta sekin, Ushal
insonga debti: "Men misoli
guldirman, Ikkingiz ham keraksiz,
Biringiz suv bulsangiz, Ikkinchingiz
nurdeksiz... Nur bo'lmasa yaprog'im,
Jonsiz so'lib qoladi .... Suv bo'lmasa
ildizim, Tolib qurib qoladi... Bir
biringizdan gumon, Ildizimda qurt
kabi Gumonli bo'lsa sevgi Yurakda
ishq o'ladi. Seving, haydamang meni,
Men jannatdan kelganman,
Yuragingiz nur qilib Saodatga
chorlayman. Faqat inson kar kabi,
Unga parvo qilmabdi, Sevgi suzin
tinglamay, Yuragidan haydabti. Horu
zorlikga qolib, Tugunin orqa solib,
Keta turib insonga, Sevgi shunday
su'zlabdi: "Toshday qotdi
ko'nglingiz,Qonga to'lib ko'zingiz,
Gumon,bo'hton bir bo'ldi, Horlik
topdi sevgingiz.. Bir kun kelib
insonlar, Meni suvday istarlar,
Yolvorib kecha kunduz, Allohimdan
so'rarlar.. Barcha ko' ngil topganda,
Noshukirlik qildingiz, Tanlangan
yuraklarga, Kelar endi sevgingiz. Shul
so'zlarni aytib u, Behos g'oyib
bulibdi. Inson hayron bulmasdan
Yo'lin davom etibdi.. Ko'p zamonlar
o'tibdi, Inson sh'erlar to'qibdi, Sevgi
haqida hatto Hikoyalar bitibdi.. Lek
sevgi endi faqat , Tangrim so'zin
tinglarmish, Gar buyursa unga Haq
Yuraklarga kirarmish... Tangridan
so'rang,zero Yuragingiz yorishsin,
Ruhingiz porlab tanho Saodatga
erishsin... Kumushbibi qullari ,
Tebratmadi qalamni, Balki uning
yuragi, Kuyladi shul qissani...
Allohdan so'rasangiz U albatta beradi
Shubhasiz gar sevsangiz Sevgi albat
keladi...
Fikr bildiring do'stlar
Bor ekanu,yo'q ekan, Qadim,
qadim
zamonda, Foniy dunyo tomonda,
Go'zal tuyg'u bor ekan. Barcha inson
ko'nglida O'shal tuyg'u yasharkan
Yuraklar bir bog' kabi, Go'zallikdan
yashnarkan Yetti osmon ishvasin,
Bog'i eram mevasin, Tatib lazzat
olarkan, Davru davron surarkan,
Inson umri nur to'la, Ertak kabi
o'tarkan, Shirin o'yga ko'milib
Tuyg'ular ju'sh urarkan. Yuraklar
qanot yozib, Otashdek porlab yonib,
Rohatga to'ymas ekan, So'ngisi
kelmas ekan. Sevishganlar gulmisol,
Barpo etib ko'rkamlik' Chehralari
nurvisol Bahtli hayot kecharkan.
Kecha,kunduz,oy,yillar O'tib asta
oradan, Noshukurlik kelibdi, Insonga
dust bulibdi.
Rashk,gumon,fitna,bo'hton Qo'shilib
o'shal zamon, To'lib ,toshib ketibdi,
Misoli qora ummon. Osmonni bulut
bosib, Quyosh nurlarin to'sib,
Yuraklarda behislik, Qora zamon
kelibdi. Ko'ngillar toshday qotib,
Ishqin bo'htonga sotib, Sevgilar hor
bulibdi, Nurlar so'nib qolibdi. Bir
panada berkinib Durday ko'zyoshin
to'kib, Sevgi yig'lab turarkan,
Insonlarga aytarkan: "Ayting nedir
gunohim?, Tuyg'uingiz panohim,
Yuraklarni bog'layin, Yordam bergin
Allohim." Bir inson shunda unga:
Kunim almashib tunga, Zahmatlar
chekib doim, Aylanib qoldim qulga.
Seni deb yonib yashab, Hayotimdan
kechdim men, Barcha yumushim
tashlab, Majnun misol buldim men.
Ne topdim ayt o'rniga??? G'am
alam,ham nadomad, Chekganim bir
dard bo'ldi, Ko'rsatmading karomat.
Doim yurakda g'ashlik, "Sevgilim
qayda ekan?, Hozir kim bilan"degan?,
Hayolimda bir tashvish. Bas
charchadim bu darddan, Kechdim
men bunday bahtdan, Ko'zimdan
yuqol" debti G'azablanib alamdan.
Sevgi ko'z yoshin artib, Yana tilga
kiribdi, Hursinib asta sekin, Ushal
insonga debti: "Men misoli
guldirman, Ikkingiz ham keraksiz,
Biringiz suv bulsangiz, Ikkinchingiz
nurdeksiz... Nur bo'lmasa yaprog'im,
Jonsiz so'lib qoladi .... Suv bo'lmasa
ildizim, Tolib qurib qoladi... Bir
biringizdan gumon, Ildizimda qurt
kabi Gumonli bo'lsa sevgi Yurakda
ishq o'ladi. Seving, haydamang meni,
Men jannatdan kelganman,
Yuragingiz nur qilib Saodatga
chorlayman. Faqat inson kar kabi,
Unga parvo qilmabdi, Sevgi suzin
tinglamay, Yuragidan haydabti. Horu
zorlikga qolib, Tugunin orqa solib,
Keta turib insonga, Sevgi shunday
su'zlabdi: "Toshday qotdi
ko'nglingiz,Qonga to'lib ko'zingiz,
Gumon,bo'hton bir bo'ldi, Horlik
topdi sevgingiz.. Bir kun kelib
insonlar, Meni suvday istarlar,
Yolvorib kecha kunduz, Allohimdan
so'rarlar.. Barcha ko' ngil topganda,
Noshukirlik qildingiz, Tanlangan
yuraklarga, Kelar endi sevgingiz. Shul
so'zlarni aytib u, Behos g'oyib
bulibdi. Inson hayron bulmasdan
Yo'lin davom etibdi.. Ko'p zamonlar
o'tibdi, Inson sh'erlar to'qibdi, Sevgi
haqida hatto Hikoyalar bitibdi.. Lek
sevgi endi faqat , Tangrim so'zin
tinglarmish, Gar buyursa unga Haq
Yuraklarga kirarmish... Tangridan
so'rang,zero Yuragingiz yorishsin,
Ruhingiz porlab tanho Saodatga
erishsin... Kumushbibi qullari ,
Tebratmadi qalamni, Balki uning
yuragi, Kuyladi shul qissani...
Allohdan so'rasangiz U albatta beradi
Shubhasiz gar sevsangiz Sevgi albat
keladi...
Fikr bildiring do'stlar