OZODBEK NAZARBEKOV Axmadovich 1974-yil mayda Andijon viloyati, Shahrixon tumanida tug'ilgan. 1994-yildan qo'shiqchilik san'ati bo'yicha o'z ijodiy faoliyatini boshlagan. 2002-yildan buyon “O'zbeknavo” estrada birlashmasida yakkaxon xonanda sifatida faoliyat yuritadi. Ozodbek Nazarbekov 1994-yildan Respublika miqyosidagi Davlat tadbirlarida: O'zbekiston Respublikasi, Navro'z umumxalq bayrami va Mustaqillik bayramlarida faol ishtirok etib kelmoqda. Respublikamizning barcha viloyatlarida o'zining yakkaxon konsert dasturlarini namoyish etgan. 2003-yil 22-iyunda Turkiston saroyida “Oydin kechalar” deb nomlangan yakkaxon konsert dasturini, 2005-yil 15-16-aprelda esa, Xalqlar do'stligi saroyida “Yuragimdan kuylaganim sen” deb nomlangan konsertini, 2006-yil 12-13-14-15-16-17-aprel kunlari “Sening darding…”, 2007-yil 7-apreldan 14-aprelga qadar “Diydor shirin”, 2008-yil aprelda “Jondan aziz”, 1-2-3-4 avgustda “Yaprog'imiz azim chinorning”, 2009-yil 4-apreldan 24-aprelga qadar “Mushtarak manzil”, 2010-yil 5-apreldan 23-aprelda “Qadamlar hikmati” deb nomlangan konsert dasturlarini o'z muxlislariga taqdim etdi. Xonandaning shu kungacha 11 ta audio, 8ta video kasseta va disk to'polamlari yozilib, sotuvga chiqarilgan. Ozodbek Nazarbekov 2003-2007 yillarda Mannon Uyg'ur nomidagi san'at oliygohining talabasi bo'ldi. Hozirgi kunda mazkur oliygohning magistratura bosqichida tahsil olmoqda. U 2007-yil Oliy mukofotlardan biri “O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist” unvoni bilan taqdirlandi. 2010-yilda elu-yurtning yuksak mukofoti “O'zbekiston xalq artisti” unvoniga sazovor bo'ldi. 2010-yil musiqa va tele video nominasiyasi “M&TVA 2010” taqdimotida “Yilning eng yaxshi erkak xonandasi” mukofotini qo'lga kiritdi. ALISHER FAYZ (Turdiyev Alisher Bahodirovich) 1984-yil 27-yanvarda Namangan viloyati, Chortoq shahrida tavallud topgan. — 1994-2001 yillar davomida “Glier” nomidagi musiqa maktabida dutor bas mutahassisligi bo'yicha taxsil olgan. Ozodbek Nazarbekov ijodiga bo'lgan qiziqish Alisherni bo'lajak ustozi yoniga yetaklab kelgan. — 2001-2005 yillarda O'zbekiston Davlat konservatoriyasida o'qish bilan bir qatorda ustozi ko'magida mustaqil ijod qila boshladi. — Alisherni ilk bor 2005-yil 15-16 may kunlari ustozi Ozodbek Nazarbekov Yuragimda kuylaganim sen” deb nomlangan koncert dasturida katta sahnaga olib chiqdi va shu dasturda u o'zining “Meni kechir” nomli taronasini ijro etgan. — 2007-yilda "Ko'ngil istab…" nomli ilk qo'shiqlar to'plamini Alisher Fayz taxallusi bilan muxlislarga taqdim etdi. — 2008-yil 21-22 may kunlari "Istiqlol" san'at saroyida "Umidim sendan…" nomli ilk yakkaxon konsert dasturi muxlislar olqishiga sazovor bo'ldi. — 2009-yilda "Nigohingga ol", 2010-yilda "Senga talpinib", 2011-yilda "Yaxshiyam siz bor", 2012-yilda "Sening bolangman!" nomli yakkaxon konsert dasturlarini muxlislarga taqdim etdi. — Alisher Fayz ikki farzandning otasi. O'g'li Xolidbek va qizi Zinnuraxon. — "Hayot – kichkina ko'rpachaga o'xshaydi, bir tomonini tortsang boshqa tomoni ochiladi…" deydi hayot to'g'risida. — 2012 yil 27 avgust kuni Alisher FAYZ O'zbekiston Respublikasi prezidenti farmoni bilan O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan artist unvoni ila taqdirlandi. Xonandalikdan tashqari iste'dodi: she'r yozadi, bastakor; Xobbisi: futbol to'plarini yig'ish; Yoqtirgan taomi: palovxonto'ra; Yoqtirgan rangi: barcha ranglar. Ayniqsa, oq va qizi; Sahnadagi odati: hayajonlanganidan qo'li bilan oyog'ini urib turadi; Shiori: "Ish boshqa, hayot boshqa". ASLIDDIN DO"STOV 1971-yil 20-oktyabr kuni Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida tug'ildi. Maktab yoshidan ustoz sana'tkorlar qo'shiqlarini hirgoyi qilib yurgan xonanda maktabdan so'ng Toshkent Davlat Madaniyat institutini tamomladi. Xonanda xozirgi kunga qadar 100 dan ortig qo'shiqlarni o'z ichiga jamlagan 5 ta albomini muhlislariga havola etdi. Mazkur albomlar "Qizil olma", "Yer kechirsin", "Nozima qiz", "So'zi shirin yorimdan", "G'animat" deb nomlanadi. "G'animat" va "Oshiqlar" qo'shiqlari xit darajasiga yetgan. BOTIR QODIROV 1981-yil 6-may kuni Andijonda san'atkorlar oilasida tavallud topdi. Uning onasi O'zbekistonda hizmat ko'rsatgan artist Zulxumor Qodirovadir. Botir Qodirov bolaligidan qo'shiq kuylashga ishtiyoqi baland bo'lgan. U maktabni tamomlagandan so'ng 2000-yil Andijon san'at kollejiga o'qishga kiradi. Kollejni tugatgandan so'ng esa Toshkent Davlat Madaniyat institutining an'anaviy xonandalik fakultetiga o'qishga kiradi. Ilk ijodini u 2005-yil "Seni o'ylayman" qo'shig'i bilan boshlaydi. Xit taronalari esa "Adashdim" va "Seni o'ylayman" qo'shiqlari bo'lgan. Hozirgi kungacha xonanda 60ga yaqin qo'shiqlarini, 10ga yaqin kliplarini va 4 albomlarini o'z muhlislariga xadya etgan. Hozirgi kunda xonanda oranjirovkachilar Nodir Umarov, Aziz Hasanov, Aziz Xolmurodov, shoirlardan esa M.Xotamova bilan ishlab kelmoqda. ILHOM FARMONOV 1978-yil 26-aprel kuni Toshkent shahrida san'atkor Shomurod Farmonov oilasida tavallud topdi. U yoshligida uyiga ko'pgina otasining san'atkor do'stlari kelib ketgan vaqtlari qo'shiq aytishga juda ham qiziqishi uyg'onib qolgan. Bolaligida Chilonzor tumanidagi 84–maktabga boradi. Maktabni tugatgandan so'ng A.Qodiriy nomidagi Madaniyat institutining xalq musiqa fakultetiga o'qishga kiradi. Ilhom Farmonov ilk ijodini 1986-yil "Eh orzular", "Tinchlik bo'lsin" qo'shiqlari bilan boshladi. Xonandaning "Qora ko'z", "Senmuding", "Dilbari jonon", "Sevganim sevgan" va barcha qo'shiqlari xit darajasiga yetgan desak ham adashmaymiz. Hozirgi kungacha xonandaning 200dan ortiq qo'shig'i 80dan ortiq kliplari va 10ta albomi o'z muhlislari yuragidan joy olgan desak mubolag'a bo'lmaydi. "Qora ko'z", "Onajoning rozi qil", "Binafsha", "Sinchalak", "Gulim" kabi albomlari shular jumlasidandir. Ilhom Farmonov kino san'atida ham o'zini sinab ko'rgan. U 2003-yilda suratga olingan Lutfulla Sa'dullayevning "Munis onam" filmida bosh rolni, ya'ni Iqbol obrazini qoyilmaqom qilib ijro etgan. Xonanda bir qator mukofotlarni ham qo'lga kiritgan. 1989-yil "Kamolot" diplomanti bo'lgan, 1997-yilda O'zbekiston Vatanim mening ko'rik tanlovida birinchi o'rin sohibi, 2000-yilda esa O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist nomiga sazovor bo'ldi. ANVAR G'ANIYEV 1966-yil 19-yanvar kuni Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida ziyolilar oilasida tavallud topdi. Maktab bilan bir vaqtning o'zida musiqa maktabining akkardion bo'limida tahsil oldi. Maktab tadbirlari va bayramlarda, shahar tadbirlarida qo'shiq ijro etib kelgan. Maktabni tugatgandan so'ng Anvar G'aniyev Toshkent Davlat Madaniyat institutiga o'qishga kiradi. Anvar G'anievning ilk bor O'zbekiston kanali orqali namoyish etilgan "Ko'ngil ko'chalari" filmida "Ko'nglim" nomli qo'shiqni ijro etdi va bu qo'shiq juda mashhur bo'lib xit taronaga aylandi desak adashmaymiz. Shundan so'ng "Jayron nega ko'zing to'la yosh" qo'shig'i ham xit taronaga aylandi. Xonanda hozirgi kunga qadar 300dan ortiq qo'shiqlarini, 20ga yaqin kliplarini va "Oh sevaman", "O'zim hofiz", "Dunyo" kabi albomlarini o'z muhlislariga taqdim eta oldi. Anvar G'aniyev qo'shiq kuylabgina qolmay, milliy seriallarimizda ham ishtirok etib kelmoqda. Rejissyorlar San'at Qayumovning "Nikoh uzugi", Zebo Navro'zovaning "Do'stimning to'yi", Feruza Egamberdiyevaning "Saboq" filmida xonanda o'zining soundtrek qo'shig'ini ijro etdi. Xonanda 2001-yilda O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist unvoniga sazovor bo'ldi. DILNOZA ISMIYAMINOVA 1983-yil 16-aprel kuni Toshkent viloyatining Yangiyo'l shahrida san'atkorlar oilasida tavallud topdi. Olmaliq shahridagi musiqa maktabini tugatgandan so'ng poytahtimizdagi Xamza nomidagi musiqa kollejini tugatdi. So'ng O'zbekiston Davlat Konservatoriyasini tamomlaydi. Xonandaning xit taronasi esa "Do'ppi tikdim" qo'shig'i bo'lgan. Hozirda xonandaning 5 ta albomi bor. Bular, "Do'ppi tikdim", "Ishqingizda", "Seni kuylayman xayot", "Sevmayman" va "Ota-onam baxtim mani" albomlaridir. Dilnoza Ismiyaminova ko'plab mukofotlarini qo'lga kiritgan. 1999-yil har yili hukumatimiz tomonidan o'tkaziladigan "O'zbekiston Vatanim mani" ko'rik tanlovida birinchi o'rinni egallagan. 2004-yilda esa O'zbekiston Davlat ko'krak nishoni belgisini, 2004-yil "Nihol" mukofotining sovrindori bo'lgan. 2009-yilda Dilnoza Ismiyaminova O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist unvoniga sazovor bo'ldi SEVINCH Mo'minova 1982-yil 30-iyunda Farg'onada San'atkorlar oilasida dunyoga kelgan. 5-6 yoshidanoq Sevinch qoshiq kuylab hammani lol qoldirardi. Maktabni tugatgandan so'ng xonanda poytaxtimizdagi Manon Uyg'ur nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat institutining rejissura fakultetini tamomladi. "To'lin oy" ilk qo'shig'ini Sevinch "Navro'z" bayramida kuylaydi. Xonanda ijod davomida 6 ta albom yaratdi. Bular, "To'lin oy", "Sog'indim", "Yuragim nolasi", "Yagonam", "Olib ket", "Sevasan meni" albomlaridir. Sevinch tez orada nafaqat O'zbekiston xududida, balki AQSh, Rossiya, Istambul, Ozarbayjon, Tojikiston, Qirg'iziston davlatlarida ham mashhurlikni qo'lga kiritdi. Faqat qo'shiq kuylabgina qolmasdan bir nechta filmlarda ham rol ijro etgan. Yusuf Roziqovning "Dilhiroj", Bahrom Yoqubovning "Baxt uchun million", "Tsunami", "Qish ertagi" filmlarda bosh rollar ijrochisi bo'lgan. GULSANAM MAMAZAITOVA 1981-yil 22-mart kuni Farg'ona shahrida san'atkorlar oilasida tug'ilgan. 1997-yilda Farg'ona shahridagi 1-o'rta maktabning 9-sinfini tamomlab Farg'ona Davlat San'at bilim yurtining "An'anaviy ijrochilik" bo'limiga o'qishga kirdi. 1999-yilda Yunus Rajabiy nomidagi Respublika maqomchilar ko'rik-tanlovida 2-o'rin, 2000-yilda Xorazmda bo'lib o'tgan 1-Respublika mumtoz musiqa festivali g'olibi bo'ldi. 2000-yilda bilim yurtini tamomlab O'zbekiston Davlat Konservatoriyasining "Sharq musiqasi" bo'limiga qabul qilindi. 2003-yilda "Aziz ona yurtim navolari" milliy estrada ko'rik tanlovida 1-o'rinni egalladi. Gulsanam Mamazoitova 2004-yilga kelib O'zbekiston Davlat Konservatoriyasining magistratura bosqichida o'z bilimlarini oshirishni davom ettirdi. Xuddi shu yili xonanda "Nihol" mukofoti bilan, 2006-yilda esa "O'zbekistonda hizmat ko'rsatgan artist" unvonlariga sazovor bo'ldi. HOSILA RAHIMOVA 1975-yil 22-aprel kuni Surxondaryo viloyatining Denov tumanida shifokorlar oilasida tavallud topdi. U oddiygina maktab bilan birga musiqa maktabining xonandachilik va maqom yo'nalishi bo'yicha tahsil olib, qo'shiq sirlarini bolaligidan o'rgana boshladi. Barcha maktab tadbirlarida ham ishtirok etib Respublika bosqichlarigacha g'olibliklarni qo'lga kiritardi. Maktabni tamomlagandan so'ng (1998-2002 yillar) A.Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat institutining an'anaviy ijrochilik fakultetini ham tamomlaydi. Ilk ijodini esa 2000-yil "Kelgin yor" qo'shig'i bilan boshlaydi. Keyingi "Jon-jon", "Biyigul", "Ko'pkari" qo'shiqlari esa xonandaning xit taronalariga aylanadi. Hozirgi kungacha 80dan ortiq qo'shiqlarini, 20dan ortiq kliplarini o'z muhlislariga havola etdi. Bundan tashqari Hosila Rahimova o'zining 5ta albomini ham muhlislarga havola etgan. 2003-yil "Sizdan kechib bo'lmaydi", 2004-yil "Sog'indim", 2006-yil "Tog' qizi", 2008-yil "Yurtimning bahori senmisan" va 2010-yil "Har o'landa yurt madhi" nomli musiqiy dasturlar ana shular jumlasiga kiradi. Hosila Rahimova bir qancha chet el davlatlarida, Shimoliy Koreya, Malayziya, Germaniya, Turkiya va Rossiya davlatlarida o'z konsert dasturlari bilan ishtirok etib, O'zbekiston bayrog'ini ko'klarga ko'targan. Xonanda bir qancha mukofotlarga ham sazovor bo'lgan. 1998-yilda "O'zbekiston Vatanim mani" ko'rik tanlovida 3-o'rin sohibi bo'lgan. 2003-yil "Shuhrat" medali hamda 2008-yilda O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist unvonlariga sazovor bo'lgan. Hosila Rahimovani nafaqat O'zbekistonda balki chet davlatlarida ham san'atini xurmat qilishib, qo'shiqlarini tinglashadi. Shimoliy Koreya, Malayziya, Germaniya, Turkiya va Rossiya davlatlarida o'zining gastrol konsertlarini namoyish etgan. ZIYODA Qobilova 1989-yil 7-yanvar kuni Toshkentda tug-ildi. Bolaligidan Ziyoda Yulduz Usmonovaning qo-shiqlarini kuylab yurardi. Maktabdan so-ng xonanda Xamza nomidagi musiqa kollejini, so-ng O'zbekiston Davlat San'at institutiga o'qishga kiradi. Ziyodaning xit taronasi "Xay Layli" qo'shig'i bo'lgan. So'ng "Sevmaganman", "Tinch qo'y" qo'shiqlari ham xit bo'lgan. Hozirgi kungacha xonandaning 3 albomi bor. Bular, "Super kelinchak", "Dilda baxt to'la" va "Yuragimsan" nomli albomlardir. Xozirgi kungacha xonandaning 30 ga yaqin kliplari bor va 60 dan ortiq qo'shiqlarni ijro etdi. Ziyoda bir nechta mukofotlarni qo'lga kiritdi. 2007-yil M&TVA AWARDS taqdimotida "Yilning eng yaxshi ayol qo'shiqchisi" nominatsiyasi, 2008-yil "Nihol" mukofoti sovrindori bo'lgan. Xonanda bir qancha estrada xonandalari Oybek Alimov, "Bojalar" guruhi, Sirojiddin Xojiyev, "Fazo" guruhi, "Radius-21", Davron Ergashev, Otabek Mutalxo'jaev, Alisher Uzoqov va Samandar Xamroqulovlar bilan ham duet kuylagan. Bundan tashqari Ziyoda o'zbek milliy kinofilmlarida ham suratga tushgan. Bular: Jasur Shametovning "Uchrashuv", Jahongir Poziljonovning "Boyvachcha", "Nortoy", "Bekorchilar", Javlon Shodmonovning "Enagalar" va "Kichkina xo'jayin”" filmlaridir. Xozir esa yulduzimiz yangi izlanishda. MADINA MUMTOZ. O'zbek Milliy teatrining aktrisasi, O'zbekistonda hizmat ko'rsatgan artist Ra'no Yarashevaning farzandi Madina Mumtoz 1990-yil 10-oktabr kuni Toshkent shahrida tavallud topdi. 2 yoshligidanoq qo'shiq aytib katta teatr sahnasida rollar ham ijro etib kelgan. Madina "Semurg'", "Sehrli tambur", "Zolushka" bolalar spektakllarida bosh rollarni ijro etgan. 8 yoshidan u "Tantana" bolalar ashula va raqs dastasi ishtirokchisi. S.Rahimov tumanidagi 2-musiqa maktabni, so'ng O'zbekiston Davlat Konservatoriyasi huzuridagi iqtidorli bolalar akademik litseyini tamomladi. Hozirda O'zbekiston Davlat Konservatoriyasi talabasi. Xonandaning xit taronasi "Qo'shchinor" va Diyor Mahkamov bilan kuylagan "Balli" duetidir. 15 dan ortiq qo'shiqlari va "Baxtli yo'l" albomini o'z muhlislariga havola etgan. Abduvohid G'anievning "O'zimdan-o'zimgacha", Bahodir Qosimovning "Yuzma-yuz" filmlarida bosh rollarni ijro etgan. Madina Mumtoz 2010-yilda "Nihol" mukofoti sovrindori bo'ldi. MAVLUDA ASALXO'JAYEVA 1963-yil 15-oktabr kuni Qirg'iziston Respublikasining Jalolobod shahrida tug'ildi. Maktabdan so'ng xonanda O'zbekistonga kelib Toshkent Davlat San'at institutiga o'qishga kirdi. Mavluda Asalxo'jaevaning ilk xitlari "Moxigul", "Kelmadi", "Yig'lama" taronalaridir. Xonanda 300 dan ortiq qo'shiqlarini va 14 ta albomlarini o'z muhlislariga havola etib ulgurgan. Ayniqsa "Meni sev", "Xiyonat", "Atir gul", "Sho'x bola" albomlari xozirgacha xit albomlardan hisoblanadi. Mavluda Asalxo'jaevaning qo'shiqlarini nafaqat O'zbekistonda balki qardosh respublika va chet el davlatlarida ham sevib tinglashadi. Germaniya, Rossiya, AQSh, Isroil, Xitoyning Urumchi shaharlarida ham katta konsert dasturlarini namoyish etib kelgan. LOLA AHMEDOVA 1983-yil 2-iyulda Samarqand viloyatining Denov tumanida san-atkorlar oilasida tavallud topdi. Maktab tadbirlarida qo-shiq kuylab yurgan Lola maktabdan bitirib madaniyat kollejini, so'ng O'zbekiston Davlat konservatoriyasini tamomladi. 100 dan ortiq qo'shiqlarni ijro etgan Lola 4 ta albomini ham o'z muhlislariga havola eta oldi, bular "Yolg'izginam", "Devona", "Begim", "Biznikidir dunyolar". 2004-yilda bo'lib o'tgan "Aziz ona yurtim navolari" ko'rik tanlovida birinchi o'rinni egalladi. 2006-yil esa "Nihol" mukofoti sovrindori bo'lgan Lola 2010'yil O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist unvoniga sazovor bo'ldi. Qo'shiq kuylash bilangina cheklanib qolmagan Lola 2004-yil rejissyor Axad Farmonovning "Muhabbatimsan" filmida bosh rolni, Ra'no obrazini ijro etdi. MANZURA...1978-yilda, rassom Muborak oilasida jajji Manzura dunyoga keladi. Kichkina xonasini katta xayot yo'lida unga elkadosh bo'lgan opasi bilan bo'lishgan Manzura 5 yoshlik paytidanoq, bog'chadoshlarini o'zining noyob ovozi bilan hayron qoldirardi. Qizidagi qobiliyatni sezgan ijodkor ota, do'sti Karim Xoji bilan maslahatlashib, uni Uspenskiy nomidagi musiqa maktabiga beradi. U yerda olingan bilim va tajriba Manzurani vokal ustasi sifatida shakllantiradi. Yosh bo'lishiga qaramay Manzura, "Karubina" ariyasini "Neymer" orkestri jo'rligida kuylaydi. Katta diapazon bilan hammani hayratga solgan Manzura o'zida yangi kuch sezgach, faqat oldinga intilish zarurligini tushunib yetadi. 1996-yilda Manzura opasi Nigina va dugonasi Nargiza bilan "Sebonu" guruhini tuzadi. Iqtidorli xonanda Ravshan Zokirov boshchiligida trio 2 ta qo'shiq yozib, "Ofarin-96" ko'rik tanlovida 2-o'rinni egalladi. Kutilmagan burilish har uch ijodkorni ham quvontirdi. Natijada solist Manzura shu yili Uspenskiy nomidagi musiqa maktabini tugatib, Toshkent Davlat Konservatoriyasida o'qishni davom ettiradi. U paytga kelib guruhdagi Nargiza o'zini san'atshunoslikka bag'ishlaydi. Omadli trio esa sekingina "Osiyo" duetiga aylandi. 1997-yilda, guruhga "Bisko-biznes" firmasi katta yordam beradi. Muhiddin Qamariddinov boshchiligida ular o'zlarining birinchi "Yolg'izim" nomli albomlarini chiqaradilar. Shu yilning o'zida ular shu qo'shiqqa klip ham olib, tezda muhlis ortirrib, tanila boshlaydilar. Ikki xit "Yolg'izim" va "Men seni sevaman" juda ommalashdi. 2000-yil guruh tarkibida yana bir o'zgarish. Duet sologa aylanadi. Nigina o'zini dizaynerlik sohasida sinash maqsadida guruhni tark etadi. Shunda Manzura prodyuser Rustam Sa'diyev boshchiligida yakkaxon faoliyatini boshlaydi. Yangi prodyuser bilan hamkorlik, xonandaning ijodiga ijobiy ta'sir etib, omadli keladi. Manzura 2000-yilda rejissyor Madina Mo'minovaning "Tohir va Zuhra" musiqiy filmida boshqa kino yulduzlar bilan suratga tushishga taklif etiladi. Yakkaxon faoliyatini omadli boshlagan Manzura, mehnatining samarasini 2002-yilda ko'radi. Aniqrog'i, aynan shu yili u Prezidentimiz tomonidan ta'sis etilgan "Nihol" davlat mukofoti bilan taqdirlanadi. Xalq e'tiboriga tushib, mukofot egasiga aylangan har bir san'atkor, o'ziga yuklatilgan ma'suliyatini his qilib, yanada ko'proq ijod qilishga bel bog'laydi. Manzura aynan shu yili "Muhabbat sinovlari-1" filmida suratga tushishga va kartinadagi hamma soundtreklarni kuylashga muvaffaq bo'ladi. Rejissyor Rustam Sa'diyevning filmida yangragan har bir soundtrek qisqa vaqt ichida ommalashdi. 2004-yilda xalq talabiga binoan, "Muhabbat sinovlari-2" katta ekranga chiqadi. Ushbu film uchun ham saundtreklarni Manzura kuylaydi. 2004-yilning yana bir esda qolarli voqeasi: Manzura o'zining kutilgan birinchi "Bevafo" nomli yakkaxon konsertini "Turkiston" saroyining yozgi binosida o'tkazadi. Yil so'ngida esa uning shu nomli ilk albomi ham sotuvga chiqadi. 2005-yilda "Nahotki sen" filmi tomoshabinlarga taqdim etiladi. O'sha paytga kelib soundtreklar malikasiga aylangan Manzura yangi filmdagi barcha qo'shiqlarni kuylab, ommalashtiradi. Keyin esa "Nahotki sen" nomli navbatdagi to'plam ham qisqa vaqt ichida o'z muhlislarini topadi. 2006-yilda Manzura "Yilning eng yaxshi imidji" nomonatsiyasida "Tarona" mukofotini qo'lga kiritadi. 2007-yilda esa butkul yo'nalishini o'zgartira boshlaydi. Har qanday tajriba san'atkorning ijodiga yangi nafas olib kiradi. Manzura ijodiga, repertuariga kiritgan o'zgartirishlari talabchan muhlislar tomonidan yaxshi qarshilandi. Xonanda optimistik ruhiyatda, yangi qarashlar bilan "Tushlarimga kir" albomini yozib tugatadi. Mazkur to'plamdan uning xit qo'shiqlari, jumladan, "Panoh" filmiga ishlangan "Afsusdaman" soundtreki ham o'rin egallaydi. 2007-yilda Manzurani yangi katta kino kutib turgandi. Endi uni bosh qahramon sifatida texnologik film "Sevginator"ga taklif etishadi. 3 yil davomida O'zbekistonda hizmat ko'rsatgan san'at arbobi Munavvara Abdullaevadan aktyorlik mahoratidan saboq olgan Manzura ikkita obraz: robot va o'qituvchi qiz (Maftuna)ni mahoratli va ishonarli talqin etadi. Rejissyorning qo'ygan talablarini qiyinchilik bilan bo'lsada uddalagan xonanda qo'liga mikrofon olib qo'shiq kuylashdan tashqari, yaxshigina aktrisa ekanligini ham isbotladi. Tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olingan kartina, "Ijodiy parvoz" kinofestivalida gran-prini qo'lga kiritadi. 2009-yilda Manzura "Majnun va Layli" nomli albomini chiqaradi. Shu yilning o'zida izlanuvchan ijodkor "MTV&AWARDS" milliy taqdimotida yilning eng yaxshi ayol xonandasi nominatsiyasida g'olib bo'ladi. Bundan tashqari uning "Majnun va Layli" nomli kompozotsiyasi "Tarona" taqdimotida "Yil qo'shig'i" deb e'tirof etiladi. 2010-yilda "Sevginator-2" filmi katta ekranga chiqadi. Unda ham bosh qahramonni Manzura talqin etadi. Soundtreklarni ham o'zi kuylaydi. Shuningdek, 2010-yilda rejissyor Rustam Sa'dievning "Men bu men" filmi ham tomoshabinlar hukmiga havola etiladi. Manzura O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Rayhon bilan birga mazkur kartina uchun soundtrek kuylaydi. Bu ikki ijodkorning birinchi dueti edi. MUNISA RIZAYEVA 1986-yil 21-oktabrda Toshkent shahrida tavallud topdi. Ota-onasinig chet-eldagi hizmati sababli Munisa 5 yoshidan Angliyada yashadi. Maktabni ham Munisa Angliyaning Kastrten maktabida o'qidi. Maktabdan so'ng esa Angliya vokal texnik universitetiga "Estrada-vokal" yo'nalishi bo'yicha tahsil oldi. 6 yoshida qo'shiq kuylashni boshlagan. U Angliyadan Toshkentga kegan paytlari "Sezam", "Alladin" va "Tomosha" bolalar qo'shiq va raqs dastasi ishtirokchisi bo'lgan. Toshkentga butunlay qaytganidan so'ng xonanda "Tarona-2004"da ishtirok etib "Nega-nega" qo'shig'ini kuyladi. 2002-2003-2004 yillarda esa "Umid yulduzlari" ko'rik tanlovida ketma-ket birinchilikni qo'lga kiritib kelgan. Xozirgi kungacha esa xonanda 30dan ortiq qo'shiqlarini o'z muhlislariga taqdim etgan. Bundan tashqari Munisa aktrisalik borasida ham o'zini bir necha filmlarda bosh qahramon obrazida talqin etgan. Oybek va Nigora. Nigora Ismailova 1988-yil 12-sentabrda Toshkent shahrida tavallud topdi. Nigora bolaligidan qo'shiq aytishga juda qiziqqani uchun ham u 5–sinfda o'qib yurgan vaqtlarida, "Tantana" qo'shiq va raqs dastasiga qatnashib yurgan. Oybek Alimov esa 1987-yil 8-oktabrda Toshkent shahrida tavallud topdi. Bolalikdan qo'shiq aytishga qiziqqan Oybek ham Xamza nomidagi musiqa kollejini bitirgan. Oybek va Nigora duet tuzilish tarixiga kelsak, ikki talaba "Akfa-Media" tomonidan o'tkazilgan qo'shiqchilik tanlovi g'olibi bo'lishgan va 2005-yilda bu guruh tuzildi. Oybek va Nigora "Sen uchun", "Yorimsan" xit taronalari bilan tanildilar. Hozirda ularning ikkita "Sen uchun" va "Sog'indingmi man qurg'urni" albomlari hamda 50 dan ortiq qo'shiqlari muhlislarga taqdim etilgan. Oybek va Nigora 2008-yil "Nihol" mukofoti sovrindorlari bo'lganlar. Bundan tashqari "Navro'z" va "Mustaqillik" bayramlari tadbirlarida doim ishtirok etib kelmoqdalar. Xonandalar nafaqat qo'shiq kuylashadi, balki kinofilmlarda bosh rollarni ham ijro etib kelmoqdalar. Jahongir Poziljonovning rejissyorligidagi "Amakivachchalar", "Boyvachcha", Javlon Shodmonovning "O'xshatmasdan uchratmas", rejissyor Jahongir Axmedovning "Oling quda bering quda" filmlari shular jumlasidandir. Sayyora Qoziyeva 1962-yil 25-iyul O-zbekiston Respublikasi, Surxandaryo viloyati, Boysun tumanida tavallud topdi. 6-sinfdan boshlab qo'shiq kuylab Boysun tumanidagi avvalgi "Shalola", hozirgi "Boysun" xalq ansamblida 1995-yilgacha faoliyat yuritdi. 1995-yuldan boshlab Toshkenda "O'zbeknavo" birlashmasida faoliyat yuritib kelmoqdama. • 1990 yili O'zbekiston "Kamolot" yoshlari mukofoti laureati; • 1992 yil "O'zbekistonda Xizmat ko'rsatgan artist" unvoniga sazavor bo'lgan. Sayyora Qoziyeva o'zbek folklor qo'shiqlarini zamonaviy Estrada janriga solib kuylab kelmoqda. Ijodi davomida o'zbek, tojik, eron, afg'on, turk, ozarbayjon, arab, rus, qozoq tillarida qo'shiqlar kuylab kelmoqda. Shu kungacha 30 dan ortiq musiqiy albom, 40 dan ortiq klip, 400 dan ortiq qo'shiqlar kuyladi. Xonanada o'z san'atini bir qator horijiy yurtlarda ham namoyish qilib kelmoqda. Jumladan Buyuk Britaniya, Fransiya, Hindiston, Turkiya, Afg'oniston kabi davlatlarda gastrol safarlarida bo'ldi.
BUYUKLAR YO'LI
:AZAMAT ABDURAHIMOVICH
SAN'ATKORLAR BIAGRAFIYASI..................................................
OZODBEK NAZARBEKOV Axmadovich 1974-yil mayda Andijon viloyati, Shahrixon tumanida tug'ilgan. 1994-yildan qo'shiqchilik san'ati bo'yicha o'z ijodiy faoliyatini boshlagan. 2002-yildan buyon “O'zbeknavo” estrada birlashmasida yakkaxon xonanda sifatida faoliyat yuritadi. Ozodbek Nazarbekov 1994-yildan Respublika miqyosidagi Davlat tadbirlarida: O'zbekiston Respublikasi, Navro'z umumxalq bayrami va Mustaqillik bayramlarida faol ishtirok etib kelmoqda. Respublikamizning barcha viloyatlarida o'zining yakkaxon konsert dasturlarini namoyish etgan. 2003-yil 22-iyunda Turkiston saroyida “Oydin kechalar” deb nomlangan yakkaxon konsert dasturini, 2005-yil 15-16-aprelda esa, Xalqlar do'stligi saroyida “Yuragimdan kuylaganim sen” deb nomlangan konsertini, 2006-yil 12-13-14-15-16-17-aprel kunlari “Sening darding…”, 2007-yil 7-apreldan 14-aprelga qadar “Diydor shirin”, 2008-yil aprelda “Jondan aziz”, 1-2-3-4 avgustda “Yaprog'imiz azim chinorning”, 2009-yil 4-apreldan 24-aprelga qadar “Mushtarak manzil”, 2010-yil 5-apreldan 23-aprelda “Qadamlar hikmati” deb nomlangan konsert dasturlarini o'z muxlislariga taqdim etdi. Xonandaning shu kungacha 11 ta audio, 8ta video kasseta va disk to'polamlari yozilib, sotuvga chiqarilgan. Ozodbek Nazarbekov 2003-2007 yillarda Mannon Uyg'ur nomidagi san'at oliygohining talabasi bo'ldi. Hozirgi kunda mazkur oliygohning magistratura bosqichida tahsil olmoqda. U 2007-yil Oliy mukofotlardan biri “O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist” unvoni bilan taqdirlandi. 2010-yilda elu-yurtning yuksak mukofoti “O'zbekiston xalq artisti” unvoniga sazovor bo'ldi. 2010-yil musiqa va tele video nominasiyasi “M&TVA 2010” taqdimotida “Yilning eng yaxshi erkak xonandasi” mukofotini qo'lga kiritdi.
ALISHER FAYZ (Turdiyev Alisher Bahodirovich) 1984-yil 27-yanvarda Namangan viloyati, Chortoq shahrida tavallud topgan.
— 1994-2001 yillar davomida “Glier” nomidagi musiqa maktabida dutor bas mutahassisligi bo'yicha taxsil olgan. Ozodbek Nazarbekov ijodiga bo'lgan qiziqish Alisherni bo'lajak ustozi yoniga yetaklab kelgan.
— 2001-2005 yillarda O'zbekiston Davlat konservatoriyasida o'qish bilan bir qatorda ustozi ko'magida mustaqil ijod qila boshladi.
— Alisherni ilk bor 2005-yil 15-16 may kunlari ustozi Ozodbek Nazarbekov Yuragimda kuylaganim sen” deb nomlangan koncert dasturida katta sahnaga olib chiqdi va shu dasturda u o'zining “Meni kechir” nomli taronasini ijro etgan.
— 2007-yilda "Ko'ngil istab…" nomli ilk qo'shiqlar to'plamini Alisher Fayz taxallusi bilan muxlislarga taqdim etdi.
— 2008-yil 21-22 may kunlari "Istiqlol" san'at saroyida "Umidim sendan…" nomli ilk yakkaxon konsert dasturi muxlislar olqishiga sazovor bo'ldi.
— 2009-yilda "Nigohingga ol", 2010-yilda "Senga talpinib", 2011-yilda "Yaxshiyam siz bor", 2012-yilda "Sening bolangman!" nomli yakkaxon konsert dasturlarini muxlislarga taqdim etdi.
— Alisher Fayz ikki farzandning otasi. O'g'li Xolidbek va qizi Zinnuraxon.
— "Hayot – kichkina ko'rpachaga o'xshaydi, bir tomonini tortsang boshqa tomoni ochiladi…" deydi hayot to'g'risida.
— 2012 yil 27 avgust kuni Alisher FAYZ O'zbekiston Respublikasi prezidenti farmoni bilan O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan artist unvoni ila taqdirlandi.
Xonandalikdan tashqari iste'dodi: she'r yozadi, bastakor;
Xobbisi: futbol to'plarini yig'ish;
Yoqtirgan taomi: palovxonto'ra;
Yoqtirgan rangi: barcha ranglar. Ayniqsa, oq va qizi;
Sahnadagi odati: hayajonlanganidan qo'li bilan oyog'ini urib turadi;
Shiori: "Ish boshqa, hayot boshqa".
ASLIDDIN DO"STOV 1971-yil 20-oktyabr kuni Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida tug'ildi. Maktab yoshidan ustoz sana'tkorlar qo'shiqlarini hirgoyi qilib yurgan xonanda maktabdan so'ng Toshkent Davlat Madaniyat institutini tamomladi. Xonanda xozirgi kunga qadar 100 dan ortig qo'shiqlarni o'z ichiga jamlagan 5 ta albomini muhlislariga havola etdi. Mazkur albomlar "Qizil olma", "Yer kechirsin", "Nozima qiz", "So'zi shirin yorimdan", "G'animat" deb nomlanadi. "G'animat" va "Oshiqlar" qo'shiqlari xit darajasiga yetgan.
BOTIR QODIROV 1981-yil 6-may kuni Andijonda san'atkorlar oilasida tavallud topdi. Uning onasi O'zbekistonda hizmat ko'rsatgan artist Zulxumor Qodirovadir. Botir Qodirov bolaligidan qo'shiq kuylashga ishtiyoqi baland bo'lgan. U maktabni tamomlagandan so'ng 2000-yil Andijon san'at kollejiga o'qishga kiradi. Kollejni tugatgandan so'ng esa Toshkent Davlat Madaniyat institutining an'anaviy xonandalik fakultetiga o'qishga kiradi. Ilk ijodini u 2005-yil "Seni o'ylayman" qo'shig'i bilan boshlaydi. Xit taronalari esa "Adashdim" va "Seni o'ylayman" qo'shiqlari bo'lgan. Hozirgi kungacha xonanda 60ga yaqin qo'shiqlarini, 10ga yaqin kliplarini va 4 albomlarini o'z muhlislariga xadya etgan. Hozirgi kunda xonanda oranjirovkachilar Nodir Umarov, Aziz Hasanov, Aziz Xolmurodov, shoirlardan esa M.Xotamova bilan ishlab kelmoqda.
ILHOM FARMONOV 1978-yil 26-aprel kuni Toshkent shahrida san'atkor Shomurod Farmonov oilasida tavallud topdi. U yoshligida uyiga ko'pgina otasining san'atkor do'stlari kelib ketgan vaqtlari qo'shiq aytishga juda ham qiziqishi uyg'onib qolgan. Bolaligida Chilonzor tumanidagi 84–maktabga boradi. Maktabni tugatgandan so'ng A.Qodiriy nomidagi Madaniyat institutining xalq musiqa fakultetiga o'qishga kiradi. Ilhom Farmonov ilk ijodini 1986-yil "Eh orzular", "Tinchlik bo'lsin" qo'shiqlari bilan boshladi. Xonandaning "Qora ko'z", "Senmuding", "Dilbari jonon", "Sevganim sevgan" va barcha qo'shiqlari xit darajasiga yetgan desak ham adashmaymiz. Hozirgi kungacha xonandaning 200dan ortiq qo'shig'i 80dan ortiq kliplari va 10ta albomi o'z muhlislari yuragidan joy olgan desak mubolag'a bo'lmaydi. "Qora ko'z", "Onajoning rozi qil", "Binafsha", "Sinchalak", "Gulim" kabi albomlari shular jumlasidandir. Ilhom Farmonov kino san'atida ham o'zini sinab ko'rgan. U 2003-yilda suratga olingan Lutfulla Sa'dullayevning "Munis onam" filmida bosh rolni, ya'ni Iqbol obrazini qoyilmaqom qilib ijro etgan. Xonanda bir qator mukofotlarni ham qo'lga kiritgan. 1989-yil "Kamolot" diplomanti bo'lgan, 1997-yilda O'zbekiston Vatanim mening ko'rik tanlovida birinchi o'rin sohibi, 2000-yilda esa O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist nomiga sazovor bo'ldi.
ANVAR G'ANIYEV 1966-yil 19-yanvar kuni Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida ziyolilar oilasida tavallud topdi. Maktab bilan bir vaqtning o'zida musiqa maktabining akkardion bo'limida tahsil oldi. Maktab tadbirlari va bayramlarda, shahar tadbirlarida qo'shiq ijro etib kelgan. Maktabni tugatgandan so'ng Anvar G'aniyev Toshkent Davlat Madaniyat institutiga o'qishga kiradi. Anvar G'anievning ilk bor O'zbekiston kanali orqali namoyish etilgan "Ko'ngil ko'chalari" filmida "Ko'nglim" nomli qo'shiqni ijro etdi va bu qo'shiq juda mashhur bo'lib xit taronaga aylandi desak adashmaymiz. Shundan so'ng "Jayron nega ko'zing to'la yosh" qo'shig'i ham xit taronaga aylandi. Xonanda hozirgi kunga qadar 300dan ortiq qo'shiqlarini, 20ga yaqin kliplarini va "Oh sevaman", "O'zim hofiz", "Dunyo" kabi albomlarini o'z muhlislariga taqdim eta oldi. Anvar G'aniyev qo'shiq kuylabgina qolmay, milliy seriallarimizda ham ishtirok etib kelmoqda. Rejissyorlar San'at Qayumovning "Nikoh uzugi", Zebo Navro'zovaning "Do'stimning to'yi", Feruza Egamberdiyevaning "Saboq" filmida xonanda o'zining soundtrek qo'shig'ini ijro etdi. Xonanda 2001-yilda O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist unvoniga sazovor bo'ldi.
DILNOZA ISMIYAMINOVA 1983-yil 16-aprel kuni Toshkent viloyatining Yangiyo'l shahrida san'atkorlar oilasida tavallud topdi. Olmaliq shahridagi musiqa maktabini tugatgandan so'ng poytahtimizdagi Xamza nomidagi musiqa kollejini tugatdi. So'ng O'zbekiston Davlat Konservatoriyasini tamomlaydi. Xonandaning xit taronasi esa "Do'ppi tikdim" qo'shig'i bo'lgan. Hozirda xonandaning 5 ta albomi bor. Bular, "Do'ppi tikdim", "Ishqingizda", "Seni kuylayman xayot", "Sevmayman" va "Ota-onam baxtim mani" albomlaridir. Dilnoza Ismiyaminova ko'plab mukofotlarini qo'lga kiritgan. 1999-yil har yili hukumatimiz tomonidan o'tkaziladigan "O'zbekiston Vatanim mani" ko'rik tanlovida birinchi o'rinni egallagan. 2004-yilda esa O'zbekiston Davlat ko'krak nishoni belgisini, 2004-yil "Nihol" mukofotining sovrindori bo'lgan. 2009-yilda Dilnoza Ismiyaminova O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist unvoniga sazovor bo'ldi
SEVINCH Mo'minova 1982-yil 30-iyunda Farg'onada San'atkorlar oilasida dunyoga kelgan. 5-6 yoshidanoq Sevinch qoshiq kuylab hammani lol qoldirardi. Maktabni tugatgandan so'ng xonanda poytaxtimizdagi Manon Uyg'ur nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat institutining rejissura fakultetini tamomladi. "To'lin oy" ilk qo'shig'ini Sevinch "Navro'z" bayramida kuylaydi. Xonanda ijod davomida 6 ta albom yaratdi. Bular, "To'lin oy", "Sog'indim", "Yuragim nolasi", "Yagonam", "Olib ket", "Sevasan meni" albomlaridir. Sevinch tez orada nafaqat O'zbekiston xududida, balki AQSh, Rossiya, Istambul, Ozarbayjon, Tojikiston, Qirg'iziston davlatlarida ham mashhurlikni qo'lga kiritdi. Faqat qo'shiq kuylabgina qolmasdan bir nechta filmlarda ham rol ijro etgan. Yusuf Roziqovning "Dilhiroj", Bahrom Yoqubovning "Baxt uchun million", "Tsunami", "Qish ertagi" filmlarda bosh rollar ijrochisi bo'lgan.
GULSANAM MAMAZAITOVA 1981-yil 22-mart kuni Farg'ona shahrida san'atkorlar oilasida tug'ilgan. 1997-yilda Farg'ona shahridagi 1-o'rta maktabning 9-sinfini tamomlab Farg'ona Davlat San'at bilim yurtining "An'anaviy ijrochilik" bo'limiga o'qishga kirdi. 1999-yilda Yunus Rajabiy nomidagi Respublika maqomchilar ko'rik-tanlovida 2-o'rin, 2000-yilda Xorazmda bo'lib o'tgan 1-Respublika mumtoz musiqa festivali g'olibi bo'ldi. 2000-yilda bilim yurtini tamomlab O'zbekiston Davlat Konservatoriyasining "Sharq musiqasi" bo'limiga qabul qilindi. 2003-yilda "Aziz ona yurtim navolari" milliy estrada ko'rik tanlovida 1-o'rinni egalladi. Gulsanam Mamazoitova 2004-yilga kelib O'zbekiston Davlat Konservatoriyasining magistratura bosqichida o'z bilimlarini oshirishni davom ettirdi. Xuddi shu yili xonanda "Nihol" mukofoti bilan, 2006-yilda esa "O'zbekistonda hizmat ko'rsatgan artist" unvonlariga sazovor bo'ldi.
HOSILA RAHIMOVA 1975-yil 22-aprel kuni Surxondaryo viloyatining Denov tumanida shifokorlar oilasida tavallud topdi. U oddiygina maktab bilan birga musiqa maktabining xonandachilik va maqom yo'nalishi bo'yicha tahsil olib, qo'shiq sirlarini bolaligidan o'rgana boshladi. Barcha maktab tadbirlarida ham ishtirok etib Respublika bosqichlarigacha g'olibliklarni qo'lga kiritardi. Maktabni tamomlagandan so'ng (1998-2002 yillar) A.Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat institutining an'anaviy ijrochilik fakultetini ham tamomlaydi. Ilk ijodini esa 2000-yil "Kelgin yor" qo'shig'i bilan boshlaydi. Keyingi "Jon-jon", "Biyigul", "Ko'pkari" qo'shiqlari esa xonandaning xit taronalariga aylanadi. Hozirgi kungacha 80dan ortiq qo'shiqlarini, 20dan ortiq kliplarini o'z muhlislariga havola etdi. Bundan tashqari Hosila Rahimova o'zining 5ta albomini ham muhlislarga havola etgan. 2003-yil "Sizdan kechib bo'lmaydi", 2004-yil "Sog'indim", 2006-yil "Tog' qizi", 2008-yil "Yurtimning bahori senmisan" va 2010-yil "Har o'landa yurt madhi" nomli musiqiy dasturlar ana shular jumlasiga kiradi. Hosila Rahimova bir qancha chet el davlatlarida, Shimoliy Koreya, Malayziya, Germaniya, Turkiya va Rossiya davlatlarida o'z konsert dasturlari bilan ishtirok etib, O'zbekiston bayrog'ini ko'klarga ko'targan. Xonanda bir qancha mukofotlarga ham sazovor bo'lgan. 1998-yilda "O'zbekiston Vatanim mani" ko'rik tanlovida 3-o'rin sohibi bo'lgan. 2003-yil "Shuhrat" medali hamda 2008-yilda O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist unvonlariga sazovor bo'lgan. Hosila Rahimovani nafaqat O'zbekistonda balki chet davlatlarida ham san'atini xurmat qilishib, qo'shiqlarini tinglashadi. Shimoliy Koreya, Malayziya, Germaniya, Turkiya va Rossiya davlatlarida o'zining gastrol konsertlarini namoyish etgan.
ZIYODA Qobilova 1989-yil 7-yanvar kuni Toshkentda tug-ildi. Bolaligidan Ziyoda Yulduz Usmonovaning qo-shiqlarini kuylab yurardi. Maktabdan so-ng xonanda Xamza nomidagi musiqa kollejini, so-ng O'zbekiston Davlat San'at institutiga o'qishga kiradi. Ziyodaning xit taronasi "Xay Layli" qo'shig'i bo'lgan. So'ng "Sevmaganman", "Tinch qo'y" qo'shiqlari ham xit bo'lgan. Hozirgi kungacha xonandaning 3 albomi bor. Bular, "Super kelinchak", "Dilda baxt to'la" va "Yuragimsan" nomli albomlardir. Xozirgi kungacha xonandaning 30 ga yaqin kliplari bor va 60 dan ortiq qo'shiqlarni ijro etdi. Ziyoda bir nechta mukofotlarni qo'lga kiritdi. 2007-yil M&TVA AWARDS taqdimotida "Yilning eng yaxshi ayol qo'shiqchisi" nominatsiyasi, 2008-yil "Nihol" mukofoti sovrindori bo'lgan. Xonanda bir qancha estrada xonandalari Oybek Alimov, "Bojalar" guruhi, Sirojiddin Xojiyev, "Fazo" guruhi, "Radius-21", Davron Ergashev, Otabek Mutalxo'jaev, Alisher Uzoqov va Samandar Xamroqulovlar bilan ham duet kuylagan. Bundan tashqari Ziyoda o'zbek milliy kinofilmlarida ham suratga tushgan. Bular: Jasur Shametovning "Uchrashuv", Jahongir Poziljonovning "Boyvachcha", "Nortoy", "Bekorchilar", Javlon Shodmonovning "Enagalar" va "Kichkina xo'jayin”" filmlaridir. Xozir esa yulduzimiz yangi izlanishda.
MADINA MUMTOZ. O'zbek Milliy teatrining aktrisasi, O'zbekistonda hizmat ko'rsatgan artist Ra'no Yarashevaning farzandi Madina Mumtoz 1990-yil 10-oktabr kuni Toshkent shahrida tavallud topdi. 2 yoshligidanoq qo'shiq aytib katta teatr sahnasida rollar ham ijro etib kelgan. Madina "Semurg'", "Sehrli tambur", "Zolushka" bolalar spektakllarida bosh rollarni ijro etgan. 8 yoshidan u "Tantana" bolalar ashula va raqs dastasi ishtirokchisi. S.Rahimov tumanidagi 2-musiqa maktabni, so'ng O'zbekiston Davlat Konservatoriyasi huzuridagi iqtidorli bolalar akademik litseyini tamomladi. Hozirda O'zbekiston Davlat Konservatoriyasi talabasi. Xonandaning xit taronasi "Qo'shchinor" va Diyor Mahkamov bilan kuylagan "Balli" duetidir. 15 dan ortiq qo'shiqlari va "Baxtli yo'l" albomini o'z muhlislariga havola etgan. Abduvohid G'anievning "O'zimdan-o'zimgacha", Bahodir Qosimovning "Yuzma-yuz" filmlarida bosh rollarni
ijro etgan. Madina Mumtoz 2010-yilda "Nihol" mukofoti sovrindori bo'ldi.
MAVLUDA ASALXO'JAYEVA 1963-yil 15-oktabr kuni Qirg'iziston Respublikasining Jalolobod shahrida tug'ildi. Maktabdan so'ng xonanda O'zbekistonga kelib Toshkent Davlat San'at institutiga o'qishga kirdi. Mavluda Asalxo'jaevaning ilk xitlari "Moxigul", "Kelmadi", "Yig'lama" taronalaridir. Xonanda 300 dan ortiq qo'shiqlarini va 14 ta albomlarini o'z muhlislariga havola etib ulgurgan. Ayniqsa "Meni sev", "Xiyonat", "Atir gul", "Sho'x bola" albomlari xozirgacha xit albomlardan hisoblanadi. Mavluda Asalxo'jaevaning qo'shiqlarini nafaqat O'zbekistonda balki qardosh respublika va chet el davlatlarida ham sevib tinglashadi. Germaniya, Rossiya, AQSh, Isroil, Xitoyning Urumchi shaharlarida ham katta konsert dasturlarini namoyish etib kelgan.
LOLA AHMEDOVA 1983-yil 2-iyulda Samarqand viloyatining Denov tumanida san-atkorlar oilasida tavallud topdi. Maktab tadbirlarida qo-shiq kuylab yurgan Lola maktabdan bitirib madaniyat kollejini, so'ng O'zbekiston Davlat konservatoriyasini tamomladi. 100 dan ortiq qo'shiqlarni ijro etgan Lola 4 ta albomini ham o'z muhlislariga havola eta oldi, bular "Yolg'izginam", "Devona", "Begim", "Biznikidir dunyolar". 2004-yilda bo'lib o'tgan "Aziz ona yurtim navolari" ko'rik tanlovida birinchi o'rinni egalladi. 2006-yil esa "Nihol" mukofoti sovrindori bo'lgan Lola 2010'yil O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist unvoniga sazovor bo'ldi. Qo'shiq kuylash bilangina cheklanib qolmagan Lola 2004-yil rejissyor Axad Farmonovning "Muhabbatimsan" filmida bosh rolni, Ra'no obrazini ijro etdi.
MANZURA...1978-yilda, rassom Muborak oilasida jajji Manzura dunyoga keladi. Kichkina xonasini katta xayot yo'lida unga elkadosh bo'lgan opasi bilan bo'lishgan Manzura 5 yoshlik paytidanoq, bog'chadoshlarini o'zining noyob ovozi bilan hayron qoldirardi. Qizidagi qobiliyatni sezgan ijodkor ota, do'sti Karim Xoji bilan maslahatlashib, uni Uspenskiy nomidagi musiqa maktabiga beradi. U yerda olingan bilim va tajriba Manzurani vokal ustasi sifatida shakllantiradi. Yosh bo'lishiga qaramay Manzura, "Karubina" ariyasini "Neymer" orkestri jo'rligida kuylaydi. Katta diapazon bilan hammani hayratga solgan Manzura o'zida yangi kuch sezgach, faqat oldinga intilish zarurligini tushunib yetadi.
1996-yilda Manzura opasi Nigina va dugonasi Nargiza bilan "Sebonu" guruhini tuzadi. Iqtidorli xonanda Ravshan Zokirov boshchiligida trio 2 ta qo'shiq yozib, "Ofarin-96" ko'rik tanlovida 2-o'rinni egalladi. Kutilmagan burilish har uch ijodkorni ham quvontirdi. Natijada solist Manzura shu yili Uspenskiy nomidagi musiqa maktabini tugatib, Toshkent Davlat Konservatoriyasida o'qishni davom ettiradi. U paytga kelib guruhdagi Nargiza o'zini san'atshunoslikka bag'ishlaydi. Omadli trio esa sekingina "Osiyo" duetiga aylandi.
1997-yilda, guruhga "Bisko-biznes" firmasi katta yordam beradi. Muhiddin Qamariddinov boshchiligida ular o'zlarining birinchi "Yolg'izim" nomli albomlarini chiqaradilar. Shu yilning o'zida ular shu qo'shiqqa klip ham olib, tezda muhlis ortirrib, tanila boshlaydilar. Ikki xit "Yolg'izim" va "Men seni sevaman" juda ommalashdi.
2000-yil guruh tarkibida yana bir o'zgarish. Duet sologa aylanadi. Nigina o'zini dizaynerlik sohasida sinash maqsadida guruhni tark etadi. Shunda Manzura prodyuser Rustam Sa'diyev boshchiligida yakkaxon faoliyatini boshlaydi. Yangi prodyuser bilan hamkorlik, xonandaning ijodiga ijobiy ta'sir etib, omadli keladi. Manzura 2000-yilda rejissyor Madina Mo'minovaning "Tohir va Zuhra" musiqiy filmida boshqa kino yulduzlar bilan suratga tushishga taklif etiladi. Yakkaxon faoliyatini omadli boshlagan Manzura, mehnatining samarasini 2002-yilda ko'radi. Aniqrog'i, aynan shu yili u Prezidentimiz tomonidan ta'sis etilgan "Nihol" davlat mukofoti bilan taqdirlanadi. Xalq e'tiboriga tushib, mukofot egasiga aylangan har bir san'atkor, o'ziga yuklatilgan ma'suliyatini his qilib, yanada ko'proq ijod qilishga bel bog'laydi. Manzura aynan shu yili "Muhabbat sinovlari-1" filmida suratga tushishga va kartinadagi hamma soundtreklarni kuylashga muvaffaq bo'ladi. Rejissyor Rustam Sa'diyevning filmida yangragan har bir soundtrek qisqa vaqt ichida ommalashdi.
2004-yilda xalq talabiga binoan, "Muhabbat sinovlari-2" katta ekranga chiqadi. Ushbu film uchun ham saundtreklarni Manzura kuylaydi. 2004-yilning yana bir esda qolarli voqeasi: Manzura o'zining kutilgan birinchi "Bevafo" nomli yakkaxon konsertini "Turkiston" saroyining yozgi binosida o'tkazadi. Yil so'ngida esa uning shu nomli ilk albomi ham sotuvga chiqadi. 2005-yilda "Nahotki sen" filmi tomoshabinlarga taqdim etiladi. O'sha paytga kelib soundtreklar malikasiga aylangan Manzura yangi filmdagi barcha qo'shiqlarni kuylab, ommalashtiradi. Keyin esa "Nahotki sen" nomli navbatdagi to'plam ham qisqa vaqt ichida o'z muhlislarini topadi. 2006-yilda Manzura "Yilning eng yaxshi imidji" nomonatsiyasida "Tarona" mukofotini qo'lga kiritadi. 2007-yilda esa butkul yo'nalishini o'zgartira boshlaydi. Har qanday tajriba san'atkorning ijodiga yangi nafas olib kiradi. Manzura ijodiga, repertuariga kiritgan o'zgartirishlari talabchan muhlislar tomonidan yaxshi qarshilandi. Xonanda optimistik ruhiyatda, yangi qarashlar bilan "Tushlarimga kir" albomini yozib tugatadi. Mazkur to'plamdan uning xit qo'shiqlari, jumladan, "Panoh" filmiga ishlangan "Afsusdaman" soundtreki ham o'rin egallaydi. 2007-yilda Manzurani yangi katta kino kutib turgandi. Endi uni bosh qahramon sifatida texnologik film "Sevginator"ga taklif etishadi. 3 yil davomida O'zbekistonda hizmat ko'rsatgan san'at arbobi Munavvara Abdullaevadan aktyorlik mahoratidan saboq olgan Manzura ikkita obraz: robot va o'qituvchi qiz (Maftuna)ni mahoratli va ishonarli talqin etadi. Rejissyorning qo'ygan talablarini qiyinchilik bilan bo'lsada uddalagan xonanda qo'liga mikrofon olib qo'shiq kuylashdan tashqari, yaxshigina aktrisa ekanligini ham isbotladi. Tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olingan kartina, "Ijodiy parvoz" kinofestivalida gran-prini qo'lga kiritadi. 2009-yilda Manzura "Majnun va Layli" nomli albomini chiqaradi. Shu yilning o'zida izlanuvchan ijodkor "MTV&AWARDS" milliy taqdimotida yilning eng yaxshi ayol xonandasi nominatsiyasida g'olib bo'ladi. Bundan tashqari uning "Majnun va Layli" nomli kompozotsiyasi "Tarona" taqdimotida "Yil qo'shig'i" deb e'tirof etiladi. 2010-yilda "Sevginator-2" filmi katta ekranga chiqadi. Unda ham bosh qahramonni Manzura talqin etadi. Soundtreklarni ham o'zi kuylaydi. Shuningdek, 2010-yilda rejissyor Rustam Sa'dievning "Men bu men" filmi ham tomoshabinlar hukmiga havola etiladi. Manzura O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Rayhon bilan birga mazkur kartina uchun soundtrek kuylaydi. Bu ikki ijodkorning birinchi dueti edi.
MUNISA RIZAYEVA 1986-yil 21-oktabrda Toshkent shahrida tavallud topdi. Ota-onasinig chet-eldagi hizmati sababli Munisa 5 yoshidan Angliyada yashadi. Maktabni ham Munisa Angliyaning Kastrten maktabida o'qidi. Maktabdan so'ng esa Angliya vokal texnik universitetiga "Estrada-vokal" yo'nalishi bo'yicha tahsil oldi. 6 yoshida qo'shiq kuylashni boshlagan. U Angliyadan Toshkentga kegan paytlari "Sezam", "Alladin" va "Tomosha" bolalar qo'shiq va raqs dastasi ishtirokchisi bo'lgan. Toshkentga butunlay qaytganidan so'ng xonanda "Tarona-2004"da ishtirok etib "Nega-nega" qo'shig'ini kuyladi. 2002-2003-2004 yillarda esa "Umid yulduzlari" ko'rik tanlovida ketma-ket birinchilikni qo'lga kiritib kelgan. Xozirgi kungacha esa xonanda 30dan ortiq qo'shiqlarini o'z muhlislariga taqdim etgan. Bundan tashqari Munisa aktrisalik borasida ham o'zini bir necha filmlarda bosh qahramon obrazida talqin etgan.
Oybek va Nigora. Nigora Ismailova 1988-yil 12-sentabrda Toshkent shahrida tavallud topdi. Nigora bolaligidan qo'shiq aytishga juda qiziqqani uchun ham u 5–sinfda o'qib yurgan vaqtlarida, "Tantana" qo'shiq va raqs dastasiga qatnashib yurgan. Oybek Alimov esa 1987-yil 8-oktabrda Toshkent shahrida tavallud topdi. Bolalikdan qo'shiq aytishga qiziqqan Oybek ham Xamza nomidagi musiqa kollejini bitirgan. Oybek va Nigora duet tuzilish tarixiga kelsak, ikki talaba "Akfa-Media" tomonidan o'tkazilgan qo'shiqchilik tanlovi g'olibi bo'lishgan va 2005-yilda bu guruh tuzildi. Oybek va Nigora "Sen uchun", "Yorimsan" xit taronalari bilan tanildilar. Hozirda ularning ikkita "Sen uchun" va "Sog'indingmi man qurg'urni" albomlari hamda 50 dan ortiq qo'shiqlari muhlislarga taqdim etilgan. Oybek va Nigora 2008-yil "Nihol" mukofoti sovrindorlari bo'lganlar. Bundan tashqari "Navro'z" va "Mustaqillik" bayramlari tadbirlarida doim ishtirok etib kelmoqdalar. Xonandalar nafaqat qo'shiq kuylashadi, balki kinofilmlarda bosh rollarni ham ijro etib kelmoqdalar. Jahongir Poziljonovning rejissyorligidagi "Amakivachchalar", "Boyvachcha", Javlon Shodmonovning "O'xshatmasdan uchratmas", rejissyor Jahongir Axmedovning "Oling quda bering quda" filmlari shular jumlasidandir.
Sayyora Qoziyeva 1962-yil 25-iyul O-zbekiston Respublikasi, Surxandaryo viloyati, Boysun tumanida tavallud topdi. 6-sinfdan boshlab qo'shiq kuylab Boysun tumanidagi avvalgi "Shalola", hozirgi "Boysun" xalq ansamblida 1995-yilgacha faoliyat yuritdi. 1995-yuldan boshlab Toshkenda "O'zbeknavo" birlashmasida faoliyat yuritib kelmoqdama.
• 1990 yili O'zbekiston "Kamolot" yoshlari mukofoti laureati;
• 1992 yil "O'zbekistonda Xizmat ko'rsatgan artist" unvoniga sazavor bo'lgan.
Sayyora Qoziyeva o'zbek folklor qo'shiqlarini zamonaviy Estrada janriga solib kuylab kelmoqda. Ijodi davomida o'zbek, tojik, eron, afg'on, turk, ozarbayjon, arab, rus, qozoq tillarida qo'shiqlar kuylab kelmoqda. Shu kungacha 30 dan ortiq musiqiy albom, 40 dan ortiq klip, 400 dan ortiq qo'shiqlar kuyladi. Xonanada o'z san'atini bir qator horijiy yurtlarda ham namoyish qilib kelmoqda. Jumladan Buyuk Britaniya, Fransiya, Hindiston, Turkiya, Afg'oniston kabi davlatlarda gastrol safarlarida bo'ldi.