Kichik dunyoyimiga siz mehmonlarim, Qadamingiz qutlug'lar kelsin! Bu baytlarda xar xil onlarim, Bitganlarim o'g'il-qiz bilsin! Qarzlar olib so'zni jilg'adan, Qadahlarga quyganim ko'ring. Kelganizda qalamim suray, Bo'lsa mayli savoliz so'ring. Xayron bo'lmang Ziyoda kim deb, Qosh uchirmang bir-biringizga, Oddiy qizman so'zga shaydamand, Sirlarim ulamoq o'z siringizga! O'z tilimga tutashgan xamoxang yo'lim, Qalamin qo'ymas hech quloqsiz qo'lim, Zulfiya bosgan ul yo'llarim so'lim, Deb safarga chiqqan oddiy bir qizman........!