Dili yo'qning puli

bor,
Puli yo'qning dili bor,
Bu dunyoda do'stlarim,
Har kimning o'z yo'li bor.
Oshiqqa may kerakdir, Hofizga
nay kerakdir,
Mayli yarim bo'lsa ham,
Osmonga oy kerakdir.
Dononing naqli bordir,
Oqilning aqli bordir,
Besabab otmaydilar, Toshning
ham narxi bordir.
Yozda ham qorni ko'rdim,
Masjidda dorni ko'rdim,
Sovuq demang tog'larni,
Ichida g'orni ko'rdim.
Bozorni shayton qurdi, Mozorni
iymon qurdi,
O'z qabrini qazganni,
Ayting do'stlar kim ko'rdi?

Комментарии

Комментариев нет.