Onamizni biz o'ldirdik.

Onam o'ldi ko'zimiz yow go'yo ko'kdan ketti quyow
G'amimizga qilib talow
Onamizni biz o'ldirdik.
Chilvir bn bo'g'masak ham
Pichoq bn so'ymasak ham
Ado bo'ldi bizi tawviwlardan
Onamizni biz o'ldirdik.
Ichdi, chekdi nodon o'g'li
Er kuydirdi yurmay to'g'ri
Qonga to'ldi nafis ko'ngli
Onamizni biz o'ldirdik.
Erga tegib keldik qaytib
Xar g'alvani turdik aytib
Ichlariga yutib-yutib
Onamizni biz o'ldirdik.
Bolalari chiqdi xar xil
Biri dono biri joxil
Qilolmadi aslo axil
Onamizni biz o'ldirdik.
Kelinlari turdi qayrab
O'g'illari turdi siltab
Asablarin butab-butab
Onamizni biz o'ldirdik.
Yawadilar cho'kib-cho'kib
Yuraklarin chokin so'kib
Azroilga berdik tutib
Onamizni biz o'ldirdik.
Yurolmadik extiyotlab
Kamim ko'p deb
Kelaverdik dodlab
Wo'rlik chidolmasdan ketti portlab
Onamizni biz o'ldirdik.
Hoy uyida kami ko'p singil
Hoy uyida g'ami ko'p singlil
Yechildimi endi chigil
Onamizni biz o'ldirdik.
Hoy o'g'il emas kuydirgi
G'aming ajdar bo'lib yutdi
Yo'ling poylaydigan ketdi
Onamizni biz o'ldirdik.
Nima endi yig'i-sig'i
Qaytib kelarmidi endi
Sabab g'amlar ta'sir qildi
Onamizni biz o'ldirdik.
Ota-ona toki hayot
Quvontiring
Qiling izzat
Onajonim bu bir ibrat
Onamizni biz o'ldirdik.

Комментарии

  • 13 янв 2015 06:47
    Juda tasirli gap yuq onalarni asraylik azizlar jannat onalar oyogi ostidadur
  • 13 янв 2015 07:07
    jannatlardan o'zga tilak-tilakmas,
    gar onamsiz kirsam jannat kerakmasss
  • 13 янв 2015 07:44
    Onani asray biling onasi bor odamlar xeh qachon qarimaydi
  • 13 янв 2015 08:19
    uzoqda yursez onani qadri bilinarkan
  • 16 янв 2015 21:21
    Yaxwimisiz? charchamay Iwlayabsizmi?
  • 17 янв 2015 22:17
    Тугри езилган онам оламдан утканларида 20 еш эдим кулимда 5 ойли кизим бориди.ушанда жуда еш эдим бу дунеда онадака меxрибон дуст топилди.ман онаси борлага xавас киламан онелани асрела кейин кеч булади.
  • 22 янв 2015 19:44
    SubhanAllox. Sher muallifini Ota onasiga rahmat. Ajoyib tarifga til ojiz. xaqiyqiy dard bn tasirlanib yozilgan va xar bir oquvchi yuragiga tolaligicha yetkizib berilgan. Asl talant va maxorat bn yozilgan. Allox rozi bolsin !
  • 5 фев 2015 14:07
    рахмат.йозган.одамга.бу.шерн.укиб.йуракларм.ттрап.кет.худога.бехсоф.шукурлар.булсн.онажонмн.умрн.узок.клснлар.худойм
  • 5 фев 2015 14:08
    рахмат.йозган.одамга.бу.шерн.укиб.йуракларм.ттрап.кет.худога.бехсоф.шукурлар.булсн.онажонмн.умрн.узок.клснлар.худойм
  • Комментарий удалён.
  • 6 мар 2015 21:03
    Eshikka termulgancha ona ko'zlari,  
    Mayus yuzla boqadi,farzand yo'liga.  
    Betoqat umri ham,o'tgan onaning,  
    Yaqin kuni qolibdi,jon berishiga.  

    Derkan Olloh! bir pas kutaylik,  
    Hali kelib qolar,bezori bolam.  
    Sog'indim ko'rmasam bo'lmas bolamni,  
    Sabr qilgin ozgina qoldi Ollohim.  

    Ona zor-zor kutarmish,farzand soyasi,  
    Ko'rinmasmish eshik ochib,kelmasmish xech kim.  
    Tikilib-tikilib ko'zlari tolgan,  
    Onaning ko'zlari yumilay dermish.  

    Ona yaxshi bilarmish,keladi bolam,  
    Uxlamayman-uxlasam uyg'onish gumon.  
    Toliqqan yuragi qaltirar bir xol,  
    Ona qo'lga qalam olib,yozarmish bir xat.  

    "Qachonlardir men seni,kutgandim uzoq,  
    Hudo berdi bag'rimga,to'qqiz oy boqdim.  
    Dunyoga keldinggu mehribon bolam,  
    Seni tuqqan onangni,unutib ketting.  

    Qayerdasan-qaylardasan,bilsam qaniydi,  
    Mayli kelma bolajonim,o'zim borardim.  
    Seni bir bor bag'rimga,bossam roziman,  
    Armonim qolmasdi qaydasan bolam".!  

    Ko'nglim sezar kelayapti,bolam Ollohim,  
    Nega buncha shoshilmasang jonim olishga.  
    Hayot uchun ko'p bo'ldimi,bitta jon senga,  
    Shuncha sabr qildimku men,sabr qil sen ham.  

    Ana keldi-keldi axir,mehribon bolam,  
    Jonim bolam kelaqol,yuz-ko'zing o'pay.  
    Seni juda sog'indim,yolg'izim bolam,  
    Biroz yonimda qolgin,sen bilan bo'lay.  

    Farzand ko'zin yoshlabdi,kech qoldimmi onajon,  
    Kechiring men bag'ritosh,beshafqat bolangizni.  
    Qo'ldagi xatni olib,o'qib o'ksib yig'labdi,  
    Afsus ona ko'zin ochib,Ollohga jon beribdi.  

    Sendan roziman deya,ona jonin beribdi,  
    Ollohdan bolasini asrashini so'rabdi.  
    Farzandi yig'lar zor-zor,ayriliqqa dunyo tor,  
    Ey hudo onalarni,farzandiga qilma zor...  

    Umr o'tib boraverar ekan,yonimizdagi Ota-Onamiz Farishtalarimizni qadriga yetib qolaylik.! Toki ular bor ekan uyimizdan fayzu-baraka,xursandchiliklar arimasin.! Har qanday Ota-Ona Farzandining bir oz bo'lsada mehriga zor bo'ladi.Shu mehringizni mehribon Ota-Onangizdan ayamang.