Bilmaysanki, yuragim

og'rir,
Yurak og'rir seni o'ylasam.
Bilmaysanki, o'ylarim og'ir,
Xayol og'ir seni o'ylasam.
Bilmaysanki, menga muhabbat,
Eng ko'hna va eng shirin orzu.
Bu orzudan ezildim faqat,
Yuragimni qiymalaydi u.
Bilmaysanki, ko'nglim umidvor,
Nelarnidir istab yonadi.
Goho etar dardini oshkor,
Goho esa, "yo'q" deb tonadi.
Bilmaysanki, ahvolim zabun,
Yuragimga o't qalar hijron.
Farqlamasdan sira kunu tun,
Yuragimni qiymalar hijron...

Комментарии

Комментариев нет.