Onasini qiynab qo’yishdan qo’rqqan shekilli, u vrachlar yordamisiz tug’ildi. Oradan bir kun o’tib, bu chaqaloq o’zini shahar chekkasidagi tashlandiq sovuq yerda ko’rdi.Onasi: -Bolajonim,oppog’im, o’g’lim. Dunyoga bevaqt keldingda. Hozir zamon judayam o’zgarib ketgan. Men sen bilan qayerga ham sig’ardim. Ota-onam ko’rsa seni ham menim ham o’ldirishadi. Mening esa hamma hayotim oldinda. Sen meni kechir. Sen faqatgina uxlaysan xolos. Shirin uyquga ketasan. Mendek gunohkor onangni kechir. Endi uxla.Chaqaloq: -Farishtam onam qayerga ketdi? Farishta: -Bilmadim, lekin sen o’ylama hozir qaytib keladi. Chaqaloq: -Farishtam senga nima bo’ldi? Nega ovozing bunaqa? Yig’layapsanmi? Oyijonimga tezroq ayt kelsin. Bu yer juda sovuq ekan sovqotib ketyapman. Farishta: -Yo’q toychoq, men yig’lamayapman senga shunaqa tuyulgan shekilli. Men hozir onagni olib kelaman. Sen faqat uxlab qolma, balandroq yig’la. Yig’la toychoq, yig’la. Chaqaloq: -Farishtam axir onajonim uxla dedilar. Uxlashim kerak. Bu orada esa shu joyga yaqinroqdagi uylarning birida navbatdagi janjal. -Azizam, xafa bo’lmagin axir tirnoqqa zor faqat biz emasku. Bu dunyoda qanchalab oilalar farzand asrab olib, baxtu kamolini ko’rmoqda. Biz ham asrab olamiz faqatgina baxtimga sog’ bo’lsang bo’ldi. - Azizim, keling, negadir tashqariga chiqqim kelyapti. Yuring. Meni kimdir chaqiryapti. - Senga nima bo’lyapti, soatga qara. Qayoqqa? -Tezroq, tezroq boraylik. Bilmadim qayoqqa lek yuragim guppilab uryapti, qayoqqadir borishim kerak. Meni tushuning. Yuring. -Faqat sen uchun, mayli yuraqol. Uydan yosh oila chiqib yo’lak bo’ylab tez yura boshlashdi. -Azizam negadir, sen o’zingni ovora qilyapsan, qayaqa ketyatganingni ham bilmayapsanu. -Azizim xuddi kimdir qo’limdan tortib ketayotgandek...... -Menga va’da ber ertaga hech ish qilmasdan uyda dam olasan. Tamom. Men vrachingga ham telefon qilib gaplashib qo’yaman. -Jiiiiim kimningdir yig’i ovozi eshitilyapti. -Ha o’sha tomondan chaqaloq ovozi eshitilyapti. Farishta: -Toychoq qani bor ovozing bilan baqir. Yig’la oppog’im yig’la. Chaqaloq: - Farishtam, qayoqqa ketib qolding. Men sovqotib ketdim. Judayam sovuq ekan. Seni rosa chaqirdim.Onamni topdingmi? Farishta: -Yig’la balandroq yig’la onang kelyapti. U judayam yaqin qoldi . Ayol: -Ey xudoyim bu chaqaloqku, kim qo’yib ketti ekan. Judayam muzlabdi. Tezroq uyga olib kiraylik. Tezroq. - Azizam ohlarimiz xudoga yetib boribdi. Chaqaloq: -Farishtam onamning ovozi o’zgaribdimi? Farishta: -Yo’q begunoh farishtaginam, bu sening haqiqiy onangning ovozi
░▒▓█ ❤ ♥ QALBIM FAQAT SENIKI ❤ ♥ █▒▓░
Farishtadek yana bir chaqaloq dunyo yuzini ko’rdi
Onasini qiynab qo’yishdan qo’rqqan shekilli,
u vrachlar yordamisiz tug’ildi.
Oradan bir kun o’tib, bu chaqaloq
o’zini shahar chekkasidagi tashlandiq sovuq yerda ko’rdi.Onasi: -Bolajonim,oppog’im, o’g’lim.
Dunyoga bevaqt keldingda. Hozir zamon judayam o’zgarib ketgan.
Men sen bilan qayerga ham sig’ardim.
Ota-onam ko’rsa seni ham menim ham o’ldirishadi.
Mening esa hamma hayotim oldinda.
Sen meni kechir. Sen faqatgina uxlaysan xolos.
Shirin uyquga ketasan.
Mendek gunohkor onangni kechir.
Endi uxla.Chaqaloq:
-Farishtam onam qayerga ketdi?
Farishta: -Bilmadim, lekin sen o’ylama hozir qaytib keladi.
Chaqaloq: -Farishtam senga nima bo’ldi?
Nega ovozing bunaqa? Yig’layapsanmi?
Oyijonimga tezroq ayt kelsin.
Bu yer juda sovuq ekan sovqotib ketyapman.
Farishta: -Yo’q toychoq, men yig’lamayapman
senga shunaqa tuyulgan shekilli.
Men hozir onagni olib kelaman.
Sen faqat uxlab qolma,
balandroq yig’la. Yig’la toychoq, yig’la.
Chaqaloq: -Farishtam axir onajonim uxla dedilar. Uxlashim kerak.
Bu orada esa shu joyga yaqinroqdagi
uylarning birida navbatdagi janjal.
-Azizam, xafa bo’lmagin axir tirnoqqa zor faqat biz emasku.
Bu dunyoda qanchalab oilalar farzand asrab olib, baxtu kamolini ko’rmoqda.
Biz ham asrab olamiz faqatgina baxtimga sog’ bo’lsang bo’ldi. - Azizim, keling, negadir tashqariga chiqqim kelyapti.
Yuring. Meni kimdir chaqiryapti.
- Senga nima bo’lyapti, soatga qara. Qayoqqa?
-Tezroq, tezroq boraylik.
Bilmadim qayoqqa lek yuragim guppilab uryapti,
qayoqqadir borishim kerak. Meni tushuning.
Yuring. -Faqat sen uchun, mayli yuraqol.
Uydan yosh oila chiqib yo’lak bo’ylab tez yura boshlashdi.
-Azizam negadir, sen o’zingni ovora qilyapsan,
qayaqa ketyatganingni ham bilmayapsanu.
-Azizim xuddi kimdir qo’limdan tortib ketayotgandek......
-Menga va’da ber ertaga hech ish qilmasdan uyda dam olasan. Tamom. Men vrachingga ham telefon qilib gaplashib qo’yaman.
-Jiiiiim kimningdir yig’i ovozi eshitilyapti.
-Ha o’sha tomondan chaqaloq ovozi eshitilyapti.
Farishta: -Toychoq qani bor ovozing bilan baqir.
Yig’la oppog’im yig’la. Chaqaloq:
- Farishtam, qayoqqa ketib qolding. Men sovqotib ketdim. Judayam sovuq ekan. Seni rosa chaqirdim.Onamni topdingmi?
Farishta: -Yig’la balandroq yig’la onang kelyapti.
U judayam yaqin qoldi
. Ayol: -Ey xudoyim bu chaqaloqku, kim qo’yib ketti ekan.
Judayam muzlabdi. Tezroq uyga olib kiraylik. Tezroq.
- Azizam ohlarimiz xudoga yetib boribdi.
Chaqaloq: -Farishtam onamning ovozi o’zgaribdimi?
Farishta: -Yo’q begunoh farishtaginam, bu sening haqiqiy onangning ovozi