OTA-ONA

Bozor uchar, savdo qildim kimga - bolam uchun, Barin muhayyo paydo qildim kimga -
bolam uchun. Hashamatli uylar qurdim kimga - bolam uchun Dabdabali to`ylar qildim
kimga - bolam uchun. Lekin nima qildim onam uchun dunyodagi eng yahshi odam
uchun.
Kimga dasturhon yozdim, - bolam uchun Ba`zida semirib ba`zida ozdim - bolam
uchun Aqldan ham ozayozdim - bolam uchun Kimlarga yalinmadiiim - bolam uchun
Lekin hech narsa ilinmadim onam uchun, dunyodagi eng yahshi odam uchun
Aylandim O`rgildim ado bo`ldim - bolam uchun Sog`lik degandan ham judo bo`ldim -
bolam uchun. Bolam shoh men gado bo`ldim - bolam uchun Danagidan mag`zi
shirinda ota ona uchun, Lekin nima qildim onam uchun dunyodagi eng yahshi odam
uchun.
O`zi kiymay kiydirgan ham onam edi, Yemay ichmay menga ilingan ham onam edi,
Omon bo`lsang bo`ldi bolam derdi Ayting men ham odammanmi endi Nima qildim bola
bi`lib onam uchun, dunyodagi eng yahshi odam uchun.
Jahlda ko`p baqirsam ham chidagan tog`im edi, Kayfda ko`p gapirsam yupatgan
bog`im edi. Yarim tunda yoki tongda kelsam hamisha uyg`og`im edi. Nima qildim
mushtipar onam uchun, duhnyodagi eng yahshi odam uchun.
Dasturxon yozdim o`lganda onam uchun. Meni otasiz katta qilgan baxtiqaro parvonam
uchun Tirikligida sarson qilib o`lganda ehson qildim.
Dasturhondagini kim yedi, - ochlarmi? yetim yesir beva bechoralarmi, g`arib
miskinlarmi? kim? To`qlar, hirsdan to`qlar, oshxo`rlar . oshimni yeb gap ham qib
ketishdi,- Bu onasi o`lganda yozdi dasturxon, qara dasturxonda qazi-qarta, magiz
bodom pista, Bu nomard onasini qilganmidi mehmon tiriklik chog`ida laoqal bir
marta?
Tirikligidaku qilmading shod o`lganidan keyin yig`lab nima qilasan ko`tarma faryod! Eh
ranging sarg`aytirib bo`lma misli xas, tiriklik chog`ida yo`qlab hurmatini joyiga qo`yish
kerak edi eh esi past.
Ursa urardi hudo buni ko`rsatmoqchi bo`lganida kuchin, yer ko`tarib yuribdida onasi
duo qilgani uchun. O`zingchi o`zing, o`zing nima qilding, nima qilding onang uchun,
dunyodagi eng yahshi odam uchun.

Комментарии

Комментариев нет.