O'tib ketgan yillar ortidan, Mening shodon kulgim keladi Sen baxtlisan lekin aslida, Meni bir bor ko'rging keladi.

G'amga botib uni suyasan, Hatto buni u ham biladi. Azoblanib ming bor kuyasan Menu bir bor ko'rging keladi. Kechalari tushingga kirib, Kulib qarashlarim joning oladi. Sen mag'rursan lekin aslida, Tushingda ham ko'rging keladi. O'zgasini qo'lidan tutib, Azoblaring ichinga yutib "U baribir boshqachaydi" deb, Meni bir bor ko'rging keladi..

Комментарии

Комментариев нет.