Комментарии
- 28 июл 2015 18:10ЕLYОR МАМАSОLIVАJАYР ЕKАN ВU SHЕR
- 2 авг 2015 09:41ღღ FURQAT SHOKIROVღღajoyib va zor akan bu wer aka
- 7 авг 2015 07:00δฉχţเ )))klass
- 6 сен 2015 12:30Shahrizoda Murodovaijodizga omad juda yoqdi werlariz<3
- 2 окт 2015 05:24Шавкат ЗайниддиновКласс
- 20 дек 2015 16:01Abdujabbor Qo‘shmatovКоил Азизбек ижодизга омад шерлариз хаммаси мазмуни ватсапиз боса номеризни йозворин ! Шерларизга кизикдим леним мадизни берсин
- 20 дек 2015 16:07Abdujabbor Qo‘shmatovЛекин
Для того чтобы оставить комментарий, войдите или зарегистрируйтесь
AZIZBEK YOQUBOV (SHERIY TO'PLAMI)
Sovqotaman kuz yoqmaydi qish qaxraton,
Bahor taftin sezolmadim sendan keyin.
Tog'ga bordim bog'ga bordim gul axtarib,
Sening kabi gul topmadim sendan keyin.
Ishonmasdim sevgi buyuk tuyg'u ekan,
Tasir qildi yuragimga sendan keyin.
Yuragimda yashar faqat bitta nola,
O'zgasini suyarmikin sendan keyin.
Sen ketdingu qancha baxtli kunlar bo'ldi,
Lekin baxtlar tatimadi sendan keyin.
Vujudimni qinab ado qilgan dardim,
Oshsa oshdi arimadi sendan keyin.
O'zgarardi kundan kunga qaddi qomad,
Ichki dunyo o'zgarmadi sendan keyin.
O'zgarardi biz uchrashgan baland bino,
Ko'ngil uyim o'zgarmadi sendan keyin.
Yomg'ir yog'ib yuvib ketdi qancha izlar,
O'chib ketdi biz tushirgan sevgi so'zlar,
Sog'intirar o'shal damlar shirin onlar,
Xotiralar o'chib ketmas sendan keyin.
Taqdir ekan baxt nemati mendan yiroq,
Senku baxtli bo'lib ketding mendan keyin.
Majnun emas Farxod emas oddiy oshiq,
AZIZ shoir bo'lib ketdi sendan keyin.
AZIZ YOQUB