Onam aytar men bebosh

Yurganim yetar emish
Bir kelin yetmas ekan
Uylanish kerark emish
Xop mayli nima derdim
Qiz ko'rish juda zo'rda
Uylansam uylanibman
Yoshim yigirma to'rda
Bolam aytgin suyganing
Bormi yoki sevganing
Qulog'in tishlab yoki
Ko'z ostinga olganing
Ex sodda onaginam
Ishqdan dil kuyib qolgan
Men sevgan o'sha malak
Bevafo chiqib qolgan
Qo'ying bu esgi gapni
Boring gul qizlar ko'ring
Sochlari uzun uzun
Bahordek yuzlar ko'ring
Sizga yoqsa shu xissob
Tegmasa tegdiraman
Bir ko'ngil olish nima
Sevmasa sevdiraman
AZIZ YOQUB.

Комментарии

  • 11 мая 2017 21:31
    Ҳа рост гап жуда тўғри айниқса онанинг қалбидаги сўзни ёзибди шеърга қойил
    раҳмат уни ёзган одам Азизбекга
  • 20 сен 2017 09:31
    Gap yoo lekin werlargaa