YOLG'ON

Bilganlaring xam,
Sezganlaring xam,
Sevganlaring xam,
Yolg`on.
Yolg`on, suyganing,
Ko`ngil qo`yganing,
Yonib kuyganing,
Yolg`on.
Dilim to`la qon,
Til to`la gumon,
Qara, to`rt tomon,
Yolg`on.
Mendek do`sting yo`q,
Bir chin so`zing yo`q,
Nega rosting yo`q,
Yolg`on.
Olamlaring xam,
Bu g`amlaring xam,
Qasamlaring xam,
Yolg`on.

Комментарии