Bolasini itga bergan ayol (Ta'sirli

she'r)
Ey, nodon, bu ishing nimasi,
Shaytonga sheriksan chamasi,
Javobsiz qolmaydi hammasi
Itlarga berdingmi bolangni?
Nahotki, zarracha oring yo‘q,
Nahotki, Xudoga zoring yo‘q,
Bolangdan o‘zga bir boring
yo‘q,
Itlarga berdingmi bolangni?
Sen odam emassan ey johil,
Mehringni ayagan sen baxil,
Qandayin tashlading oh axir,
Itlarga berdingmi bolangni?
Qara bola deya kuygan
nechalar,
Allohlan so‘raydi yig‘lab
kechalar,
Seni gunohingni Kim ham
kechirar,
Itlarga berdingmi bolangni?
Begona to‘shakda yotgansan,
Gunohdan sen bola topgansan,
Tug‘ubla axlatga otgansan,
Itlarga berdingmi bolangni?
Qorningda to‘qqiz oy ko‘tarib,
Tug‘dingku ey nodon qiynalib,
Qabrini qolmagin axtarib,
Itlarga berdingmi bolangni?
Ne deysan kiyomat bo‘lganda?
Yig‘larsan o‘liming kelganda,
Qaniydi yoningda yurganda,
Itlarga berdingmi bolangni?
Hayvonki asraydi bolasin,
Oqizmay ko‘zdagi jolasin,
Ilinar narsaning sarasin,
Itlarga berdingmi bolangni?
Oh, bolang bir bo‘lak go‘sht
bo‘ldi,
Yuraging bunchalar tosh bo‘ldi,
Ko‘zimdan tomgani yosh bo‘ldi,
Itlarga berdingmi bolangni?
Seni ham go‘shtingni nimtalab,
BU ITLAR YeSINLAR TALAB,
Suyaging sindirsin maydalab,
Itlarga berdingmi bolangni?

Комментарии