DVD HAQIDA NIMALARNI BILASIZ?

DVD - (di vi di – inglizcha Digital Versatile Disk nomidan olingan, oldinlari Digital Video Disk deb ham atalgan) ma’lumot saqlash uchun oddiy disk shaklida yaratilgan, lekin unga qaraganda bir necha marotaba ko’p ma’lumot saqlay oladigan disk. DVD dastlab Digital Video Disk deb nomlangan, chunki ular oddiy video kasettalarning o’rnini bosishi kerak edi. Keyinchalik DVDlar har qanday ma’lumotni ham saqlash imkoniyatini bera olishi ma’lum bo’ldi va ular Digital Versatile Disk deb nomlana boshlandi. (Versatile – ko’p qirrali degan ma’noni bildiradi). Hozirgi kunda yuqoridagi ikkita kengaytma ham birday ishlatiladi, bu jihatdan yagona fikr yo’q. Shakl jihatdan DVD lar 12 cm diametr va 8 cm diametrga ega bo’lishadi (mini DVD). Ma’lumotlar tarkibiga ko’ra DVDlar quyidagi turlarga bo’linadi: * DVD Video - filmlarni yozish va ko’rish uchun qo’llaniladi * DVD Audio – yuqori sifatli audio ma’lumotlarni saqlash uchun * DVD Data – har qanday ma’lumotlarni saqlash uchun DVDlar bir yoki ikki taraflama ma’lumot yozish imkoniyatini beradigan tarzda tayyorlanadi. Shuningdek, har tarafda bir yoki ikki qatlam bo’lishi mumkin. Taraflari va qatlamlar soniga qarab DVDlar DVD-5, DVD-9, DVD-10, DVD-14, DVD-18 degan nomlarni olishgan. Bu yerda 5, 9, 10, 14, 18 degan sonlar diskda qancha Gb ma’lumot saqlanishi mumkinligini ko’rsatadi. DVDlarga ma’lumotlar sektorlar bo’ylab yoziladi, bir sektorga 2048 bayt ma’lumot yoziladi. Shuning uchun DVDlarning haqiqatdan qancha ma’lumot saqlay olishini bilish uchun sektorlar sonini 2048 ga ko’paytirish lozim. Masalan, ikki qatlamga ega DVD-R diskida 4 171 712 sektor bor va u 8 543 666 176 bayt (8,5 Gb) ma’lumot saqlay oladi. DVDlardan ma’lumot o’qish tezligi 1x=1,32 mb bilan o’lchanadi, bu oddiy disk (CD) ma’lumot o’qish tezligidan 9 karra yuqori.(Kompakt disklarda 1x=150 kb ga teng). Hozirgi zamonaviy DVD o’quvchi uskunalar DVDdagi ma’lumotlarni soniyasiga 16x (=21,12 mb) yoki 22x (= 29,04 mb) tezlikda o’qiy oladi. DVD turlari * DVD-R (DVD Recordable)- bir marta ma’lumot yozish uchun ishlatiladigan bir tomonli, bir qatlamli disk. Odatda 4,71 Gb ma’lumot yozish imkoniyatiga ega bo’ladi. Yozilgan ma’lumotni o’zgartirib bo’lmaydi. * DVD-R DL (DVD Recordable Dual Layer) – bir marta ma’lumot yozish uchun ishlatiladigan ikki qatlamga ega disk. Odatda 9,4 GB ma’lumot yozish imkoniyatiga ega bo’ladi. Yozilgan ma’lumotni o’zgartirib bo’lmaydi. * DVD-RW (DVD Rewritable) - ko’p marotaba (1000+) ma’lumot yozish uchun ishlatiladigan disk. Bu diskdagi yozilgan ma’lumotlar o’chirilishi, qayta yozilishi mumkin. * DVD+R (DVD Recordable) – bir marta ma’lumot yozish uchun ishlatiladigan bir tomonli, bir qatlamli disk. Odatda 4,71 Gb ma’lumot yozish imkoniyatiga ega bo’ladi. Yozilgan ma’lumotni o’zgartirib bo’lmaydi. * DVD+R DL (DVD Recordable Dual Layer) – bir marta ma’lumot yozish uchun ishlatiladigan ikki qatlamga ega disk. Odatda 8,5 GB ma’lumot yozish imkoniyatiga ega bo’ladi. Yozilgan ma’lumotni o’zgartirib bo’lmaydi. * DVD+RW (DVD Rewritable) – ko’p marotaba (1000+) ma’lumot yozish uchun ishlatiladigan disk. Bu diskdagi yozilgan ma’lumotlar o’chirilishi, qayta yozilishi mumkin. * DVD-D (DVD Desposable) – ichidagi ma’lumot ochilganidan keyin 48 soat o’tib, o’qilmay qoladigan video disk turi. * DVD-RAM (DVD Random Access Memory) – juda ishonchi ma’lumotni juda ko’p marotaba qayta yozish imkoniyatini beradigan disk. Odatda videokameralarda va ma’lumotlarni zaxiraga olishda ishlatiladi. Kam uchraydi va qimmat. Yuqoridagi DVD turlaridagi “+” va “-” belgilari texnik standart belgilari bo’lib, oddiy foydalanuvchi uchun unchalik ahamiyati yo’q. Zamonaviy DVD o’quvchi uskunalar har ikkala standarddagi disklarni o’qiy oladi va yoza oladi. DVD sotib olishda va ularga ma’lumot yozishda maslahatlar: * DVD sotib olayotganda ularning hech joyi qirilmaganligiga ishonch hosil qilish uchun, diskni yoruqqa tutib, yaxshilab tekshiring. * DVD sotib olayotganda asosiy e’tibor qilinadigan jihat bu ma’lumotni o’qish va yozish tezligidir(4x,8x…). * Risheng DVD disklaridagi “RW” degan kichkina yozuvga uchmang, aslida ularning “DVD+R” degan yozuvi qanday disk ekanligini bildiradi. * DVDga ma’lumot yozishda iloji boricha past tezlikdan foydalaning (2x, 4x) shunda ma’lumotlar yaxshi yoziladi va xatolik yuz bermaydi. * Agar DVD yozishda kompyuter qotib qolmasligi uchun yaxshi sifatli DVDlardan foydalaning. DVDlar haqida yozmoqchi bo’lganlarim shulardan iborat. DVD o’qish uskunasini ham sotib olish to’g'risida keyingi maqolalarimda alohida to’xtalib o’taman.

DVD HAQIDA NIMALARNI BILASIZ? - 812221734993

Комментарии

Комментариев нет.