Olimlar dengiz odamlarga baxt ulashishini isbotlashdi.
Italiyalik olimlar 10 yil davomida dengizning inson ruhiyatiga ta'sirini o'rganishdi va u odamdagi baxt gormoni darajasini oshirishini aniqlashdi. BizUolles Nikolsning«Moviy ong»kitobidan parcha keltirmoqdamiz. 1. Moviy rang xotirjamlik tuyg'usini baxsh etadi Moviy rang qon bosimini pasaytiradi va yurak urishini sekinlashtirishi sababli insondagi ruhiy zo'riqishni bartaraf etadi. Ehtimol aynan shuning uchun Er yuzi aholisining eng sevimli rangi moviy bo'lsa kerak. 2. Sohilda uzoq vaqt bo'lish miyani tinchlantiradi Ma'lum bo'lishicha, miyani tinchlantirish uchun dengiz manzarasiga tikilib turish kifoya ekan. Dengiz manzarasi miyaning ayrim bo'lakchalarining faollashishiga sababchi bo'lib, ruhiy muvozanatni tiklar va eng shirin xotiralarni uyg'otar ekan. 3. Suv charchagan miyani tozalaydi 1995 yilda Environmental Rsychology jurnalida chop etilishicha, talabalardan iborat ikkita guruhning fikrini bir joyga to'plashini o'rganish bo'yicha tadqiqot o'tkazilgan: birinchi guruhdengiz manzaralari, ikkinchi guruh esa shahar manzaralari tasviri tushirilgan xonada bo'lgan. Birinchi guruh ikkinchi guruhga nisbatan yuqori natijaga erishgan va tadqiqot paytida diqqatini yaxshiroq jamlay olgan. 4. Suv bilan muloqot baxt tuyg'usini beradi Baxtlilik darajasini o'lchaydigan Mappiness ilovasining natijalariga ko'ra, odamlar ochiq osmon ostida o'zlarini xotirjam, tanasi suvga tegib turganida esa baxtli his qilishar ekan. 5. Suv—inson tabiiy makonining bir qismi Biz hayotimiz ibtidosidanoq suv bilan bog'liqmiz. Inson tanasining 75 foizi suvdan iborat va ichki a'zolarimizning a'lo darajada faoliyat ko'rsatishi tanamizdagi suvga bog'liq.
TOP.NEWS ва кизикарли фактлар.
Olimlar dengiz odamlarga baxt ulashishini isbotlashdi.
Italiyalik olimlar 10 yil davomida dengizning inson ruhiyatiga ta'sirini o'rganishdi va u odamdagi baxt gormoni darajasini oshirishini aniqlashdi.
BizUolles Nikolsning«Moviy ong»kitobidan parcha keltirmoqdamiz.
1. Moviy rang xotirjamlik tuyg'usini baxsh etadi
Moviy rang qon bosimini pasaytiradi va yurak urishini sekinlashtirishi sababli insondagi ruhiy zo'riqishni bartaraf etadi. Ehtimol aynan shuning uchun Er yuzi aholisining eng sevimli rangi moviy bo'lsa kerak.
2. Sohilda uzoq vaqt bo'lish miyani tinchlantiradi
Ma'lum bo'lishicha, miyani tinchlantirish uchun dengiz manzarasiga tikilib turish kifoya ekan. Dengiz manzarasi miyaning ayrim bo'lakchalarining faollashishiga sababchi bo'lib, ruhiy muvozanatni tiklar va eng shirin xotiralarni uyg'otar ekan.
3. Suv charchagan miyani tozalaydi
1995 yilda Environmental Rsychology jurnalida chop etilishicha, talabalardan iborat ikkita guruhning fikrini bir joyga to'plashini o'rganish bo'yicha tadqiqot o'tkazilgan: birinchi guruhdengiz manzaralari, ikkinchi guruh esa shahar manzaralari tasviri tushirilgan xonada bo'lgan. Birinchi guruh ikkinchi guruhga nisbatan yuqori natijaga erishgan va tadqiqot paytida diqqatini yaxshiroq jamlay olgan.
4. Suv bilan muloqot baxt tuyg'usini beradi
Baxtlilik darajasini o'lchaydigan Mappiness ilovasining natijalariga ko'ra, odamlar ochiq osmon ostida o'zlarini xotirjam, tanasi suvga tegib turganida esa baxtli his qilishar ekan.
5. Suv—inson tabiiy makonining bir qismi
Biz hayotimiz ibtidosidanoq suv bilan bog'liqmiz. Inson tanasining 75 foizi suvdan iborat va ichki a'zolarimizning a'lo darajada faoliyat ko'rsatishi tanamizdagi suvga bog'liq.