Asal - asalari ishlab chiqaradigan
asosiy mahsulotdir. Ishchi arilar
tabiatdagi shiralarni yig‘ib kelib, qayta
ishlash yo‘li bilan asalga aylantiradi.
Bu jarayonda saxaroza o‘zgarishga
uchrab, fruktoza va glyukoza hosil
qiladi. Kimyo ilmiga oid adabiyotlarda
asal tarkibidagi bu ikki moddaning
nisbati qariyb tengligi aytilgan. Asal -
"jonivorlar vujudi tarkibidagi asosiy
moddalardan bo‘lmish ribozni o‘z
ichiga olgan yagona ozuqa moddasi,
mikrob tushmaydigan birdan bir
yegulik" ("Ilohiy mo‘'jizalar" kitobi).
Asal qariyb 100% organizmga so‘riladi
va uning 1 kilogramida 3200 kaloriya
quvvat bor. Asalda 300 dan ziyod
modda mavjudligi aniqlangan:
organik kislotalar, ularning tuzlari,
uglevodlar, vitaminlar, garmonlar,
fermentlar, efir yog‘i... "Asal
xosiyatlari" kitobida yozilishicha,
uning tarkibi 32% glyukoza, 2%
saxaroza, 36% fruktoza, 8% maltoza,
20% suv, 2% mineral tuzlardan
iborat. O‘zbekiston milliy
entsiklopediyasida asalda 80% dan
ko‘proq uglevodlar (glyukoza,
fruktoza) borligi aytilgan. M.
Abdulxaeva va O‘. Mardonovlarning
"Kimyo" kitobida ham "asalda bir
vaqtning o‘zida glyukoza va fruktoza
80%"ni tashkil etishi qayd etilgan.
Albatta, barcha asalning tarkibi bir xil
bo‘lmaydi. Turiga ko‘ra kimyoviy
tarkibi ham farqlanadi. Bu o‘rinda asal
qaysi o‘simlikdan olingani va o‘sha
o‘simlikning kimyoviy tarkibi ham
ahamiyatlidir. "Odamlar uchun shifo
bo‘lgan turli rangdagi sharbat" Qur'oni
karimning Naxl surasida asalga
shunday ta'rif beriladi. Asalning
shifobaxshligi qadim- qadimlardan
ham yaxshi ma'lum. Qadimgi Misr
tabobatida asal va mumdan shifo
uchun foydalanishning 500 dan ortiq
retsepti bo‘lganligi haqida bizgacha
ma'lumotlar yetib kelgan. Ibn Sino
asalning boshqa bir qator shifobaxsh
xosiyatlari bilan birga tinchlantiruvchi
xususiyatini alohida ta'kidlab o‘tgan.
O‘tgan asrning 60- yillaridan boshlab
tibbiyotda asal bilan davolash usullari
- apiterapiya shakllandi. Asalning
boshqa davo vositalardan asosiy farqi
shundaki, u kompleks ta'sir qiladi.
Me'yor unutilmasa, zarracha ham
salbiy ta'sir ko‘rsatmaydi. Kunlik
me'yor Toza asal allergiya
qo‘zg‘amaydi, organizmni yosh va
sog‘lom saqlaydi. Bizda asosan qishda
asal yeyiladi (issiqlik bo‘lgani uchun).
"Ilik uzilar payt" hisoblangan
ko‘klamda ham asal iste'mol qilish
organizmdagi vitaminlar tanqisligining
oldini oladi, immunitetni oshiradi.
Tibbiyotda 45 yoshdan o‘tgach, har
kuni asal iste'mol qilib turish tavsiya
etiladi. Shifobaxshlik jihatidan to‘q
rangli asal och rangli asaldan
afzalroqdir. Shuningdek, asal bilan
davolanishda qaysi o‘simlikdan
olingani va o‘sha o‘simlikning
shifobaxshlik xususiyatlari ham
inobatga olinsa, ko‘zlangan natijaga
yanada tezroq erishish mumkin. Eng
qizig‘i shundaki, asal ozishda ham,
semirishda ham birday yordam berar
ekan... Asalning shifobaxsh
xususiyatlari, albatta, shular bilan
tugamaydi. Bu borada hurmatli
o‘quvchilar bizdan ko‘ra ko‘proq
ma'lumotga ega bo‘lsalar ham kerak.
Chunki asal xalqimiz orasida davo
vositasi sifatida juda mashhur.
Shuning uchun bu haqda ortiqcha
to‘xtalmaymiz. Asal turlari
"...Tabiatdan olinish manbaiga ko‘ra
gul (nektar) asali va shira (o‘simlik
barglari va poyalaridan ajraladigan
shira) asaliga bo‘linadi" (O‘zME). Xalq
orasida esa asal asosan tog‘ asali va
cho‘l asaliga ajratilib farqlanadi.
Odatda tog‘ asali yuqori sifatli
hisoblanadi va narxi ham shunga
yarasha bo‘ladi; O‘zgan asali, Zomin
asali, Chimyon asali kabi joy nomlari
bilan ataladi. Cho‘l asali esa biroz
boshqacharoq tasniflanadi, ya'ni
odatda nimadan olingan bo‘lsa, o‘sha
o‘simlik oti bilan nomlanadi: paxta
asali, kungaboqar asali, beda asali
kabi. Dasht hududlaridan olingan
asallar ham aksar hollarda cho‘l asali
bilan bir guruhda sanaladi, narxi
orasida ham farq unchalik katta
bo‘lmaydi. Lekin sifati, ayniqsa,
shifobaxshligi borasida dashtdan
olingan asal juda tog‘ asaliday
bo‘lolmasa ham, undan qolishmaydi.
Xususan, kovul asali, oqquray asali
va boshqa dasht o‘simliklaridan
olinadigan asallar ham juda
shifobaxsh va xushta'mdir. Faqat
rangi och bo‘ladi va bir turli
o‘simliklardan olinganligi uchun
tarkibi tog‘ asalichalik boy bo‘lmaydi.
Tog‘ asali turfa xil dorivor giyohlar
gulidan yig‘ilganidan rangi to‘q
(ko‘pincha tillorang) bo‘ladi va alohida
xushbo‘y hid taratib turadi. Tarkibi
ham shunga yarasha boy, tabiiyki,
shifobaxshligi-da boshqalariga
qaraganda yuqoridir. Tabiatdan
olinish manbai turli-tuman bo‘lgani
sababli tog‘ asali odatda alohida
o‘simlik nomlari bilan sifatlanmaydi.
Umuman olganda, asal turlarining
yuqoridagi va boshqa manbalarda
berilgan tasniflari ham nisbiydir.
Chunki bir o‘simlik turli mintaqa (tog‘,
cho‘l, dasht)da o‘sishi ham mumkin.
Shuningdek, bir necha o‘simliklardan
olingan asallar tabiiy ravishda aralash
holda ham uchraydi
millionlab
insonlar bor! shular
orasida
o'zbeklar ham katta
qisimni
egallaydi, lekin faras qiling
bu
jamiyatda na qonun na
qoida
bor, sababi bu saytni
yaratganlar
aynan manashu
tartibsizlikdan
foydalanishmoqda,
yuqorida ham
takidlab o'tilganidek bu
sayttda
kim nima qilsa nima
hohlasa
qilyapti, xoxlasa qizlarni
oldida
og'zini ko'pirtirib qo'lini
charachatib so'kadi,
qaysidir yosh
qizlar "Klass"yig'ish uchun
kerak
bo'lsa ichki kiyimlarini
ham
yechib tashlamoqda, buni
ko'rgan jamoat yanada
qiziqib
boshqalarni taklif
qilmoqda, ular
orasida 12yoshli qiz, 30
yoshli
bo'lib kirsa, 45 yoshli
mo'ysafit
30 yoshli bo'lib kirib haligi
qizaloqni ovrash bilan
band, bu
sayt kimni uyiga qanday
noxushlik oli bkelyapti
kimgadir
falokat. kimnidir xotini
boshqasini eri bilan
bemalol
harqanday mavzuda
gaplashsa
boshqasini eri hech rashk
qilmay
uni xotini bilan
gaplashmoqda.
Bunga hamma o'z
bilganicha
qarab turipti! Bu
"botqoq"kundan kunga
kengayib
har soatda bir yoshni
ma'naviyati
va ma'rifatini domiga
tortmoqda.xo 'sh bunga
qarab
ZAMON RIVOJLANYAPTI,
INTERNET
HAR BIR XONADONGA KIRIB
BORYAPTI! deb chapak
chalib
qarab turibmiz. qarab
turaveraylik unda ko'ramiz
bugun
12 yoshli uka
singillarimizni
tortayotgan bo'lsa ertaga
6
yoshlilargaham navbat
yetadi,
ular turmushga chiqish
tugul hali
aqli yetmasdan turib
pornografiyadan habardor
bo'ladi, tili chiqmay so'ka
boshlaydi! hechqisi yo'q
unda
kuzatishni davom
etamiz,har
holda insofni faqat
o'zizmizga
bersa bo'ldi o'zgasi bilan
umuman ishimiz yo'q.
WUNING
U4UN YOZVOTGA XAR BIR
SO'ZIMIZI O'YLAB YOZAYLIK.
Ertaga
ko'chadaham xudoni
oldidaham
gapirgan gapimizga jovob
berishni o'ylaylik.Buni
o'qiganlar:iltimos kamida
5 ta
O'ZBEKni statsiga yozib
qoldiringlar. Hammaga
yetib
borsin.......