Chimildiq (birinchi jinsiy aloqa)

Har bir ayol va erkakning hayotida yuz beradigan birinchi jisniy aloqa aynan chimildiq eshiklari ortida bo'lishini o'zbekchiligimiz, madaniyatimiz, urf-odatimiz va dinimiz taqazo etadi. Aslida chimilqiqqa kirish bahtiga erishganlar bor, erishmaganlar ham bor. Chimildiqdagi birinchi kechani imkon boricha ijobiy tomondan esda qolarlik qilib o'tkazish foydadan xoli bo'lmaydi.
Birinchidan, yangalar kutib o'tirgan bo'lishidan qat'iy nazar shoshilmang. Axir bu sizning hayotingiz, sizning turmush o'rtog'ingiz bilan birgalikda qo'yayotgan birinchi qadamlaringizdir. Oldingizda axir butun tun. Shoshib-pishib harakat qilishdan hech kim yutmaydi. To'y yumushlaridan charchagan yangalar mazza qilib uxlab oladi, xolos.
Ikkinchidan, chimildiqqa kirishingiz bilan aloqaga kirishmang. Erkak ham, ayol ham bunga ruhan tayyor bo'lishi kerak. O'zbekchilikdagi urf-odatlarga ko'ra ko'pincha bo'lajak er-xotin bir-biri bilan sovchilar yordamida tanishib turmush quradilar, bunda er-xotin bir-birini deyarli tanimagan bo'ladi. Shuning uchun chimildiq ichida bir-biringizga ruhan yaqinlashib, ana undan keyin jismoniy yaqinlashishni boshlasangiz bo'ladi.
Uchinchidan, ruhiy yaqinlashuv vujudga kelishi uchun, bir-biringiz bilan romantik mavzuda gaplashing. Ayol juda qo'rqayogan bo'lsa, erkak uni o'ziga ishontirish maqsadida ko'nglini ko'tarishi lozim. Erkak qattiq asabiylashayotgan bo'lsa, ayol unga mehribonroq bo'lib, tajanglik qilmasligi darkor.
To'rtinchidan, birinchi jinsiy aloqa keyingi aloqalar uchun muhim poydevordir. U qanchalik ruhan yoqimli o'tsa, shunchalik er-xotin orasidagi keyingi jinsiy munosabatlar yaxshi va ravon bo'ladi. Albatta, ayol uchun birinchi jinsiy aloqa jismonan yoqimli bo'lmasligi mumkin, lekin u aynan shu kuni birinchi bor erining mehrini, unga bo'lgan hurmatini, insonni qadrlay olish qobiliyatini va muhabbatini his eta oladi.
Beshinchidan, aloqaning maqsadi yangalarni xursand qilish emas, balki bir-biringizni xursand qilish ekanligi haqida unutmang.
Oltinchidan, chimildiq ilohiy bir joy bo'lgani uchun, unda har xil nojo'yi soz'lar ishlatish, haqorat va janjal chiqishidan ehtiyot bo'ling.
Yettinchidan, chimildiqqa birov kirishiga yo'l qo'ymang. Chimildiq faqat siz va turmush o'rtog'ingiz uchun yaratilgan joy.
Sakkizinchidan, qo'shilib bo'lgandan so'ng, albatta, bir-biringizga minnatdorchilik bildirish haqida unutmang. Ayol kishi uyalgani bilan, uning tabassumidan yoki keyinchalik eriga k'orsatayotgan mehridan minnatdorchiligini bilib olsa bo'ladi.
To'qqizinchidan, ayol uchun birinchi aloqa tajribasi uning keyinchalik aloqadan lazzatlana olish qobiliyatiga juda ta'sir qiladi. Ayolda qo'shilishga yoki turmush o'rtog'iga nisbatan nafrat uyg'nmasligi uchun erkak ma'sulitatlidir.
O'ninchidan, ota-onangiz duolari bilan sizga chimildiqqa kirish nasib aylagani uchun Hudoimga shkuronalar aytishni unutmang.

Chimildiq (birinchi jinsiy aloqa)
 - 518873908325

Комментарии

  • 8 сен 2013 11:47
    aytgan kitobiz özizda bölsa öwa betlardagi yozuvlarni yozing. Biz ham öqiylik
  • 8 сен 2013 11:50
    майли савоб учун ёзаман лекин озрок ёзаман хафа булмайсилар.
  • 8 сен 2013 11:52
    asalni ham ozi wirin, kutamiz.
  • 8 сен 2013 11:59
    töy kuni kelinni oyog'ini yuvib ösha suvni hovlini 4 burchagiga ostonaga sepiw kerak ekan uydan faqirlikni ketkazarkan, hudoni rahmati yog'ilar ekan. Oyni boshida örtasida va ohirida aloqa mumkin emaskan, aks holda farzand beharakat falaj tug'iliwi mumkin ekan. Peshindan keyin aloqa qilsa ösha paytda farzand bölsa g'ilay böliwi mumkin ekan.
  • 8 сен 2013 12:02
    aloqa paytida gaplawib bölmas ekan bola soqov böliwi mumkin ekan. Ayolni farjiga yani pastdagi a'zosiga qarab bölmas ekan,bu farzandni kör tug'iliwi havfi bor ekan.
  • 8 сен 2013 12:07
    va ramazon hayiti kechasi,qurbon hayiti kechasi,oftobni nurida,oyning shulasida,azon bilan takbir örtasida,oydan 2kun qolganda va safarga chiqadigan kechada mumkin emas ekan bular yomonlikka olib kelarkan.
  • 8 сен 2013 12:14
    Dushanba kuni aloqa qilsa öwa farzand hudo taoloni kitobini yod oladigan,seshanba kechasida bölgan farzand shahid darajasida vafot etarkan. Agar payshanba kuni oftob qiyom vaqtiga kelgandan keyin aloqa qilsa farzand to qariguncha shayton oldiga kelolmas ekan. Qolganiga uzr köp yozolmayman.
  • 8 сен 2013 12:21
    Койил маладес зор.
  • 8 сен 2013 13:16
    Албатта
  • 8 сен 2013 13:21
    nargiz apendan so'ra aytadi nimaligini
  • 8 сен 2013 13:23
    ха хадис, китобни номини бошида ёзгандим жуда фойдали китоб.
  • 8 сен 2013 13:51
    манимча катта масжидларда китоб дуконлари булади, уша жойлардан топиш мумкин. Ман хам бир танишимдан укигани олгандим.
  • 8 сен 2013 14:00
    ilohim sizlardan ham.
  • 8 сен 2013 14:02
    ilohim sizlardan ham.
  • 8 сен 2013 16:20
    wu yerdayam razbor, davay lichkada gaplawilar
  • 8 сен 2013 18:45
  • 8 сен 2013 23:10
    Ёзган маълумотларингиз  бидъат гаплар.
  • 9 сен 2013 08:58
    Ösha kitobda payg'ambarimiz s.a.v ning gaplari bor kim agar payg'ambarimizni sözlarini yolg'on desa kofir böladi deyilgan.
  • 9 сен 2013 15:08
    Бу маълумотлар менга таниш булганлиги учун шу фикрни айтдим. Тафсилотини айтсам сизга тушунарлирок, булади деган умиддаман. Хуллас бир неча йил олдин сиз ва менга ухшаган 2 киши шу мавзу буйича тортишибди бири келинни оёги ювилган сув хак,идаги гапни биринчидан ак,лга сигмайдиган ишлигини, иккинчидан буни тажрибада хам урфда хам учратмаганини айтибдри, бу маълумотни айтган одам эса сиз айтган китобни далил сифатида курсатибди. Хуллас иккаловлари биргаликда Шайх М.С.М.Ю. хазратларига савол йуллашибди. Шайхнинг жавоблари бундай маънода булди; у маълумотлар асоссиз эканлигини, Расулуллох айтдилар деган хамма гап хам ХАДИС булавермаслиги, келинни оёги ювилган сувни сепиш масаласи эса к,айсидир миллатни миллий(диниймас) урф одати эканлигини айтдилар. К,ушилиш вак,тлари хак,ида эса дийнимиз кунларни ажратиб белгиламаган (так,ик,ламаган хам). Жуфтлашиш Ибодатларга халал бермаса булди. Баъзи бир тавсиялар бор холос масалан хафтада 2марта жуфтлашишни таклиф к,илиш, шунга ухшаш. Лекин булар хам тажрибадан келиб чик,иб ёки тиббий, жисмоний тарафларни хисобга олиб айтилган тавсиялар холос.буйрук,мас. Бировни кофирга чик,аришга шошилмайлик.
  • 9 сен 2013 15:26
    mayli man sörab köraman hato bölsa uzr
  • 10 сен 2013 04:02
    Албатта хамма хам жамий хадисларни ук,иб, ёдлаб чик,иши к,ийин, лекин куп хадис ук,иб юрган одам янги бир ривоят ук,иса ёки эшитс у нарсани баъзи аломатларидан хадисми хадисмасми ажрата олади. Бу менинг мулохазам сиз нима дейсиз? P/S;бу гапларни юк,оридаги фикрларга алок,аси йок,.